Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
Rossiya Federatsiyasi bilan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalarda, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, turizm va ekologiya, shuningdek, oʻzaro qiziqish uygʻotayotgan boshqa yoʻnalishlarda hududlararo ikki tomonlama manfaatdor hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida hududlararo hamkorlikka koʻmaklashish toʻgʻrisidagi 2017-yil 5-aprel kuni Moskva shahrida imzolangan Bitim tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilgani toʻgʻrisida Rossiya tomoniga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 7-iyun,
PQ-3045-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 461-modda)