06.06.2017 yildagi F-4957-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoyishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015 — 2019-yillarda Markaziy Osiyo davlatlari uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotik moddalar va jinoyat boshqarmasi Dasturlarini amalga oshirish doirasida taqdim etilayotgan uskunalar, texnika va transport vositalaridan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015 — 2019-yillarda Markaziy Osiyo davlatlari uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotik moddalar va jinoyat boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — BMT GJB dasturi) Dasturlarini amalga oshirish doirasida taqdim etilayotgan uskunalar, texnika va transport vositalaridan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, BMTning GJB Dasturi 1-dasturi (keyingi oʻrinlarda — dastur) “Idoralararo mobil guruhlarni tashkil etish yoʻli orqali Oʻzbekistonda afgʻon giyohvand moddalari kontrabandasiga qarshi kurashish” komponenti maqsadlariga muvofiq va amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markaziga tezkor boshqaruv huquqida xizmatda foydalanish uchun ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha uskunalar, texnika va transport vositalari begʻaraz topshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi loyiha doirasida taqdim etilayotgan uskunalar, texnika va transport vositalaridan samarali va maqsadli foydalanish yuzasidan, Oʻzbekiston tomonidan masʼul ijrochi organlari etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi loyiha doirasida taqdim etilgan uskunalar, texnika va transport vositalarini belgilangan tartibda qabul qilishni va undan samarali va maqsadli foydalanishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Loyihani amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uskunalar, texnika va transport vositalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijda va yurtimizda ishlab chiqarilgan transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga toʻlanadigan yigʻimlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uskunalar, texnika va transport vositalarini majburiy sertifikatlash jarayonlaridan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 6-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
F-4957-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyundagi F-4957-son farmoyishiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markaziga tezkor boshqaruv huquqida xizmatda foydalanish uchun begʻaraz topshiriladigan uskunalar, texnika va transport vositalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Nomlanishi

Miqdori

Oʻlchov birligi

TIF TN

boʻyicha kodi

Milliy xavfsizlik xizmati

1.

Narkotikaga oid jinoyatlarni tergov qilish uchun mikroavtobus (CCV500/SPAR Spartan) yoki Yaponiyada ishlab chiqarilgan analogi

1

dona

8702 90 119 0

2.

Harakatlanish qiyin boʻlgan yoʻllardan yura oladiganavtomobil(“Toyota Land Cruiser Prado”)

2

dona

8703 24 109 0

3.

Yengil avtomobil (Chevrolet Gentra)*

6

dona

8703 22 109 9

4.

Yengilavtomobil (Chevrolet Nexia) yoki uning analogi*

6

dona

8703 23 191 0

5.

Qoʻl detektori (VaporTracer)

2

dona

9027 30 000 0

6.

Portativ identifikator (NazMatID 360)

1

dona

9027 30 000 0

7.

Portlash xavfi boʻlgan buyumlarni tezkor evakuatsiya qilish uchun konteyner (05 k modeli — 500 gramm trotil ekvivalentida)

1

dona

7310 10 000 0

8.

Portlash xavfi boʻlgan buyumlarni tezkor evakuatsiya qilish uchun konteyner (10 k modeli — 1 kgtrotil ekvivalentida)

1

dona

7310 10 000 0

9.

Portlash xavfi boʻlgan buyumlarni tezkor evakuatsiya qilish uchun konteyner (20k modeli — 2 kg trotil ekvivalentida)

1

dona

7310 10 000 0

10.

Portlash xavfi boʻlgan buyumlarni tezkor evakuatsiya qilish uchun konteyner (50k modeli— 5 kg trotil ekvivalentida)

1

dona

7310 10 000 0

11.

Narkotiklarga ekspress — test

500

dona

3822 00 000 0

12.

Narkotiklarga qadogʻida 10 ta test tasmachalari boʻlgan (NIK) — Test “A” (opiy) ekspress — testi

400

dona

3822 00 000 0

13.

Narkotiklarga qadogʻida 10 ta test tasmachalari boʻlgan (NIK) — Test “E” (marixuana) ekspress — testi

400

dona

3822 00 000 0

14.

Narkotiklarga qadogʻida 10 ta test tasmachalari boʻlgan (NIK) — Test “K” (opiat) ekspress — testi

400

dona

3822 00 000 0

15.

Narkotiklarga qadogʻida 10 ta test tasmachalari boʻlgan (NIK) — Test “L” (jigarrang geroin) ekspress — testi

400

dona

3822 00 000 0

16.

Lazer masofa oʻlchagichi (Nikon LRF Aculon)

6

dona

9015 10 100 0

17.

Uzatgichli va signal qabul qiluvchi moslamali simsiz mini yashirin kamera

10

dona

8525 80 190 0

18.

Yoʻnaltirilgan harakat mikrofoni

20

dona

8518 10 950 0

19.

Poligraf (Lafayette LX4000)

4

dona

8543 70 900 0

20.

Suv usti va suv ostida foydalanish uchun qoʻl metall izlagichi (JW Fishers Pulse6X)

2

dona

8543 70 900 0

21.

Portativ videoendoskop (XL VU)

4

dona

9013 80 900 0

Ichki ishlar vazirligi

22.

Yengil avtomobil (Chevrolet Gentra)*

2

dona

8703 22 109 9

23.

Yengilavtomobil (Chevrolet Nexia) yoki uning analogi*

6

dona

8703 23 191 0

Davlat bojxona qoʻmitasi

24.

Yengil avtomobil (Chevrolet Gentra)*

2

dona

8703 22 109 9

25.

Yengil avtomobil (Chevrolet Nexia) yoki uning analogi*

4

dona

8703 23 191 0

26.

Bronejilet

30

dona

7326 90 930 0

27.

Metall buyumlarni tekshirish uchun qoʻl metall izlagichi

50

dona

8543 70 900 0

28.

Tekshirish endoskopi

50

dona

9013 80 900 0

Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot — tahlil markazi

29.

Yengilavtomobil (Chevrolet Gentra)*

2

dona

8703 22 109 9

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadigan tovarlar bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilmaydi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 463-modda)