18.05.2017 yildagi PQ-2972-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.06.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida” PF-5044-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash va “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekgidroenergo” AJning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv xodimlari cheklangan soni 58 nafardan iborat ijro apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekgidroenergo” AJning Kuzatuv kengashi bilan kelishilgan holda, “Oʻzbekgidroenergo” AJ raisiga xodimlarning belgilangan shtat soni doirasida “Oʻzbekgidroenergo” AJ ijro apparati tuzilmasiga, zarur hollarda oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlar jamiyatining umumiy majlisida saylangan “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlari, lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar hamda tegishli ravishda vazir va vazir oʻrinbosarlari maqomiga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekgidroenergo” AJning moliyalashtirish manbalari etib, xoʻjalik faoliyatidan tushadigan daromadlar, aksiyalar dividendlari hamda xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitali ishtirokidan tushadigan daromadlari, xalqaro moliya institutlarining grantlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekgidroenergo” AJ tarkibida Kuzatuv kengashi 3-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi “Oʻzbekgidroenergo” AJ ustav kapitalini belgilangan tartibda shakllantirish va taʼsis hujjatlarini tasdiqlashni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekgidroenergo” AJ emission qimmatbaho qogʻozlarini chiqarishni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yigʻimi va qimmatbaho qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqishga toʻlanadigan yigʻimidan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekgidroenergo” AJga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda respublikamizda va xorijda, shu jumladan, xorijning yetakchi injiniring, konsalting va qurilish kompaniyalari bilan hamkorlikda konsorsiumlar va ixtisoslashgan shuʼba korxonalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi gidroelektrostansiyalar qurish va faoliyat koʻrsatayotganlarini modernizatsiya qilishda qatnashishga xorij mutaxassislarini doimiy va vaqtinchalik asosda jalb etish, ularning faoliyatiga toʻlanadigan haqni shartnoma asosida erkin konvertatsiya qilingan valyutada toʻlashga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekgidroenergo” AJning investitsiya loyihalari boʻyicha loyiha oldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha “Gidroloyiha” AJ bosh loyiha tashkiloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlari va donor-mamlakatlar tartiblariga muvofiq amalga oshirilayotgan loyihalar bundan mustasno boʻlgan holda, “Oʻzbekgidroenergo” AJ obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish boʻyicha “ToʻpolangsuvGESqurilish” MCHJga bosh pudrat tashkiloti vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Gidroloyiha” AJga “Oʻzbekgidroenergo” AJ bilan kelishgan holda, investitsiya loyihalari doirasida loyiha oldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga, ishlarini muvofiqlashtirishni amalga oshirgan holda, gidroenergetika obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish doirasida pudratchilar sifatida eng yaxshi mahalliy va xorijiy ixtisoslashtirilgan loyiha hamda injiniring kompaniyalarini, shuningdek, yetakchi mutaxassis va ekspertlarni jalb etish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzbekgidroenergo” AJga gidroenergetika sohasida idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlashda hamda ularni respublikamizning oliy taʼlim muassasalarida va kasb-hunar kollejlarida tayyorlashni tashkil qilish boʻyicha masʼul organ vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda yangilangan “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasb Klassifikatori” asosida gidroenergetika sohasida malakali kadrlarni tayyorlashda oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, yoʻnalishlari, kasb va ixtisosliklari boʻyicha roʻyxati, ularni amalga oshiradigan oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlarini aniqlash, ular boʻyicha taʼlim standartlarini, oʻquv rejalari va dasturlarini zamonaviy talablar va xalqaro tajribani inobatga olgan holda, gidroelektrostansiyalar, gidrotexnik va boshqa gidroenergetika bilan bogʻliq korxonalar va tashkilotlarda oʻqitish, amaliyot oʻtashi va tajriba orttirishi majburiyatini hisobga olgan holda, qaytadan tanqidiy koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili ixtisoslashgan oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari qabul kvotasini shakllantirishda 2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturini hisobga olgan holda, gidroenergetika sohasini malakali kadrlarga boʻlgan real ehtiyoji inobatga olinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini gidroenergetika sohasidagi korxona va tashkilotlarga ishga joylashtirishni nazorat qilishning taʼsirchan mexanizmini va rahbarlarning, avvalambor oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari rahbarlarining masʼuliyatini kuchaytirishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzbekgidroenergo” AJ Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 22-uyning 5-qavatli maʼmuriy binosiga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekgidroenergoqurilish” AJ aksiyadorlarining “Oʻzbekgidroenergoqurilish” AJga tegishli koʻrsatilgan 5-qavatli maʼmuriy binoni “Oʻzbekgidroenergo” AJning ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida nominal miqdorda topshirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi “Oʻzbekgidroenergoqurilish” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Toshkent shahri hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda boʻshayotgan xonalar ijarachilari bilan shartnoma munosabatlarini qonunchilik tartibida hal etgan holda 5-qavatli maʼmuriy binoni “Oʻzbekgidroenergo” AJga topshirish bilan bogʻliq boʻlgan barcha kompleks masalalarni hal etishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzbekgidroenergo” AJni belgilangan tartibda zarur boʻlgan telekommunikatsiya va telefon aloqasi, shu jumladan, hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarordan kelib chiqqan holda, muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 18-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2972-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PQ-2972-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekgidroenergo” AJ tashkiliy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi

Ilmiy-texnik kengash

Kuzatuv kengashi

Boshqaruv

Ishlab chiqaruvchi korxonalar

Pudrat va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar

“Oʻrtachirchiq GESlar kaskadiUK (Chorvoq GES, Xjakent GES, azalkent GES)

Gidroproyekt” AJ

“Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” UK(Quyi Boʻzsuv GES — 14, Quyi Boʻzsuv GES—18, Quyi Boʻzsuv GES—19, Quyi Boʻzsuv GES — 22, Quyi Boʻzsuv GES — 23)

“Oʻzbekgidroenergoqurilish” AJ

Chirchiq GESlar kaskadi” UK (Tovoqsoy GES-8,

Chirchiq GES-7, Oq-Qovoq GES-1)

ChorboGESqurilish” SHK

Farhod GES” UK

Maxsusgidroenergomontaj” SHK

Tuyamoʻyin GES” UK

Kodiriya GESlar kaskadi” UK (Oq-Qovoq GES-2, Qibray GES, Kodiriya GES, Salar GES)

Gidromaxsusqurilish” AJ

“Andijon GES-1” UK

Suvsanoatmash” AJ

“Andijon GES-2” UK

Toshkent GESlar kaskadi” UK (Bzsuv GES,
Shayx
ontohur GES, Boʻrijar GES, Oqtepa GES)

Yangi gidro elektr stansiyalarini qurish direksiyasi

“Ohangaron KGES” UK

Tpolangsuv GESqurilish” MCHJ*

Samarqand GESlar kaskadi” filiali

(GES Xishrav, Irtishar GES, Taligulyan GES-1, Taligulyan GES-2)

“Toʻpolang KGES” UK

Shahrixon GESlar kaskadi” filiali
(Sha
hrixon GES-5A, Shahrixon GES-6 A, GES JFK-1, GES JFK-2)

“Hisor KGES” UK

“Dargʻom kanalidagi Urgut KGES” UK

“Ertashsoy daryosidagi KGES” UK

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Pudrat shartnomalari asosida hamkorlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PQ-2972-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekgidroenergo” AJ markaziy apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi

Taftish komissiyasi

Kuzatuv kengashi

Ichki audit xizmati

2

Boshqaruv raisi

Raisning birinchi oʻrinbosari

Rais oʻrinbosari

Rais oʻrinbosari

Yuridik boʻlim

2

Gidro elektr stansiyalarni ekspluatatsiya qilish boshqarmasi

1

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va istiqbolli rivojlanish boshqarmasi

5

Iqtisodiy tahlil, rejalashtirish va korporativ munosabatlar boshqarmasi

4

Xodimlarni boshqarish va rejim boʻlimi

4

Gidro elektr stansiyalar uskunalarini ekspluatatsiya
qilish va taʼmirlash boʻlimi

6

Gidrotexnik inshootlarni nazorat qilish boʻlimi

3

Kapital qurilish boshqarmasi

4

Moliya, buxgalteriya hisobiva hisoboti boshqarmasi

5

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimi

2

Dispetcherlik xizmati
boshqarmasi *

9

Devonxona

1

Pudrat va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar

Tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimi

2

Ishlab chiqaruvchi korxonalar

Nazorat boʻlimi

2

Ofis-menejer

2

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlarining cheklangan miqdori — 58 birlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Faoliyatini “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining Milliy dispetcherlik markazi topshiriqlariga asosan amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PQ-2972-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekgidroenergo” AJning Kuzatuv kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

A.S. Sultanov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi, Kuzatuv kengashi raisi

A.Ya. Xaydarov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

D.D. Asamov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari

lavozim boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari

R.A. Gulyamov

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

R.G. Muborakshin

“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Kuzatuv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 22-son, 418-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2017-y., 07/17/3310/0065-son; 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)