18.05.2017 yildagi PQ-2972-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida” PF-5044-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash va “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “O‘zbekgidroenergo” AJ ustav kapitalini belgilangan tartibda shakllantirish va ta’sis hujjatlarini tasdiqlashni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zbekgidroenergo” AJ emission qimmatbaho qog‘ozlarini chiqarishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yig‘imi va qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqishga to‘lanadigan yig‘imidan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “O‘zbekgidroenergo” AJga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda respublikamizda va xorijda, shu jumladan, xorijning yetakchi injiniring, konsalting va qurilish kompaniyalari bilan hamkorlikda konsorsiumlar va ixtisoslashgan shu’ba korxonalar tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi gidroelektrostansiyalar qurish va faoliyat ko‘rsatayotganlarini modernizatsiya qilishda qatnashishga xorij mutaxassislarini doimiy va vaqtinchalik asosda jalb etish, ularning faoliyatiga to‘lanadigan haqni milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga o‘tkazgan holda chet el valyutasida to‘lashga ruxsat berilsin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekgidroenergo” AJning investitsiya loyihalari bo‘yicha loyiha oldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha “Gidroloyiha” AJ bosh loyiha tashkiloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlari va donor-mamlakatlar tartiblariga muvofiq amalga oshirilayotgan loyihalar bundan mustasno bo‘lgan holda, “O‘zbekgidroenergo” AJ obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish bo‘yicha “To‘polangsuvGESqurilish” MCHJga bosh pudrat tashkiloti vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Gidroloyiha” AJga “O‘zbekgidroenergo” AJ bilan kelishgan holda, investitsiya loyihalari doirasida loyiha oldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga, ishlarini muvofiqlashtirishni amalga oshirgan holda, gidroenergetika obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish doirasida pudratchilar sifatida eng yaxshi mahalliy va xorijiy ixtisoslashtirilgan loyiha hamda injiniring kompaniyalarini, shuningdek, yetakchi mutaxassis va ekspertlarni jalb etish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “O‘zbekgidroenergo” AJga gidroenergetika sohasida idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashda hamda ularni respublikamizning oliy ta’lim muassasalarida va kasb-hunar kollejlarida tayyorlashni tashkil qilish bo‘yicha mas’ul organ vazifasi yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda yangilangan “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasb Klassifikatori” asosida gidroenergetika sohasida malakali kadrlarni tayyorlashda oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, yo‘nalishlari, kasb va ixtisosliklari bo‘yicha ro‘yxati, ularni amalga oshiradigan oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarini aniqlash, ular bo‘yicha ta’lim standartlarini, o‘quv rejalari va dasturlarini zamonaviy talablar va xalqaro tajribani inobatga olgan holda, gidroelektrostansiyalar, gidrotexnik va boshqa gidroenergetika bilan bog‘liq korxonalar va tashkilotlarda o‘qitish, amaliyot o‘tashi va tajriba orttirishi majburiyatini hisobga olgan holda, qaytadan tanqidiy ko‘rib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili ixtisoslashgan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari qabul kvotasini shakllantirishda 2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturini hisobga olgan holda, gidroenergetika sohasini malakali kadrlarga bo‘lgan real ehtiyoji inobatga olinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini gidroenergetika sohasidagi korxona va tashkilotlarga ishga joylashtirishni nazorat qilishning ta’sirchan mexanizmini va rahbarlarning, avvalambor o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbarlarining mas’uliyatini kuchaytirishni ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “O‘zbekgidroenergo” AJ Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 22-uy manziliga joylashtirilsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-oktabrdagi PQ-3310-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2017-y., 07/17/3310/0065-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zbekgidroenergo” AJni belgilangan tartibda zarur bo‘lgan telekommunikatsiya va telefon aloqasi, shu jumladan, hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarordan kelib chiqqan holda, muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 18-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2972-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 22-son, 418-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2017-y., 07/17/3310/0065-son; 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)