O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-may,
314-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-maydagi 314-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada yetishtirilgan pilladan foydalanish mexanizmini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 4-martdagi 77-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ipakchilik sanoati korxonalarining” so‘zlari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 4-bandning birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 5-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ipakchilik sanoati korxonalariga” so‘zlari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash va ipakchilik mahsulotlari yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 15-martdagi 96-son qarorida:
a) 3-bandda:
birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 8-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 9-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining pilla tayyorlash va “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ipak yigirish korxonalariga” so‘zlari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi pillachilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-apreldagi 118-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari” so‘zlari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi “2002-yildan boshlab har yili O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga” so‘zlari “har yili “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son qaroriga 2-ilovaning 31-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 51-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilik sohasi korxonalarining moliyaviy faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 9-sentabrdagi 390-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 82-modda):
a) 3-bandda:
birinchi xatboshidagi “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarini” so‘zlari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “2003-yildan boshlab, tegishli ravishda “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi korxonalariga” so‘zlari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandda:
birinchi xatboshidagi “2004-yil hosilidan boshlab” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi korxonalari” so‘zlari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi korxonalarining” so‘zlari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tugatilgan “Qarshi 16-son avtobus saroyi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mulkiy kompleksi negizida xom ipakni qayta ishlaydigan zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 5-noyabrdagi 315-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 45-son, 513-modda):
a) birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 21-son, 399-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son)