19.05.2017 yildagi 299-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari uchun xizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlash va ta’mirlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Joylardagi ijro hokimiyati organlari va davlat organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari uchun xizmat uy-joylari qurish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2693-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari uchun xizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlab turish va ta’mirlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizom talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlasinlar, bunda quyidagilarga alohida e’tibor bersinlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat uy-joylarining qat’iy hisobini olib borish va ularni oqilona taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat uy-joylari massivlari hududlarini zarur tarzda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat uy-joylaridan maqsadli foydalanilishini, shuningdek ularning yaxlitligini va saqlanishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat uy-joylarini belgilangan muddatlarda ta’mirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatiladigan uy-joy-kommunal xizmatlar haqini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bosh prokuratura va Milliy xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Joylardagi ijro hokimiyati organlari va davlat organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari uchun xizmat uy-joylari qurish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2693-qaroriga muvofiq qurilayotgan xizmat uy-joylarini taqsimlash, ulardan foydalanish, saqlash va ta’mirlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risida idoraviy nizomlarni o‘n kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 19-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
299-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-maydagi 299-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari uchun xizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlab turish va ta’mirlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Joylardagi ijro hokimiyati organlari va davlat organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari uchun xizmat uy-joylari qurish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2693-son qaroriga muvofiq joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari (keyingi o‘rinlarda rahbarlar deb ataladi) uchun ushbu qaror doirasida qurilayotgan (keyingi o‘rinlarda — xizmat uy-joylari) xizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlab turish va ta’mirlashni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom talablarini bajarish xizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlab turish va ta’mirlash bo‘yicha barcha ishtirokchilar uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xizmat uy-joylarini qurish, obodonlashtirish, taqsimlash, ko‘chirib kiritish, foydalanish, saqlab turish va ta’mirlashni tashkil etish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xizmat uy-joylarini qurish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ xizmat uy-joylari, shuningdek suv ta’minoti, kanalizatsiya tarmoqlari va ularga olib boradigan avtomobil yo‘llarini qurish buyurtmachisi, “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ esa — bosh loyiha tashkiloti hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat uy-joylari, shuningdek suv ta’minoti, kanalizatsiya tarmoqlari va ularga olib boradigan avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha bosh pudrat tashkilotlari pudrat tashkilotlarining eng yaxshi takliflarini tanlash asosida, tender savdolari o‘tkazilmasdan aniqlanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AK va “O‘zbektelekom” AK tegishli ravishda xizmat uy-joylarining elektr, gaz ta’minoti va aloqa tarmoqlarini qurish bo‘yicha buyurtmachilar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xizmat uy-joylarini qurish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Joylardagi ijro hokimiyati organlari va davlat organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari uchun xizmat uy-joylari qurish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2693-son qarori bilan belgilangan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xizmat uy-joylarining tashqi suv ta’minoti, kanalizatsiya, elektr va gaz ta’minoti, aloqa tarmoqlari va avtomobil yo‘llari tegishli ravishda markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AK va “O‘zbektelekom” AKning o‘z mablag‘lari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan barpo etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xizmat uy-joylarini qurish uchun quyidagi namunaviy loyihalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0,06 gektar yer uchastkasida joylashadigan bir qavatli besh xonali uy-joylar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari rahbarlari uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0,04 gektar yer uchastkasida joylashadigan va hovlisida qo‘shimcha binolari bo‘lgan ikki qavatli to‘rt xonali uy-joylar — tuman (shahar) hokimliklari rahbarlari uchun.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman va shaharlar hokimliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Qurilish va uy-joy-kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda buyurtmachiga xizmat uy-joylarini qurish uchun xizmat uy-joylarini oluvchilar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, qo‘shimcha inshootlar bo‘lmagan va muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan to‘liq ta’minlangan yer uchastkalari ajratiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi “Qishloq qurilish invest” IK va “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda qurilish-montaj ishlari va loyiha yechimlarining sifatli bajarilishi, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish, texnik va mualliflik nazoratini ta’minlaydi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari xizmat uy-joylari, shuningdek ularning muhandislik-transport kommunikatsiyalari qurilishi uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini tizimli asosda tekshiradi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xizmat uy-joylari massivlari hududlarini obodonlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xizmat uy-joylari massivlari hududlarini obodonlashtirish ishlari obodonlashtirish maqsadlari uchun mahalliy budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat uy-joylari massivlari hududlarini obodonlashtirishda yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablag‘laridan ham foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat uy-joylari massivlari hududlarini obodonlashtirish ishlari, shuningdek vakolatli organlari va hududiy tashkilotlar ko‘magida hasharlar o‘tkazish orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tuman (shahar)lar hokimliklarining obodonlashtirish boshqarmalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat uy-joylari massivlari hududlarida tegishli tartibni va mazkur Nizom va qonunchilikning boshqa hujjatlari talablarining qat’iy bajarilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat uy-joylari massivlari hududlaridagi barcha turdagi yashil ekinlarni sug‘orish, parvarish qilish hamda ularni yangilashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat uy-joylari massivlari hududlarining toza saqlanishini ta’minlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ixtisoslashtirilgan sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xizmat uy-joylari massivlari hududlaridan maishiy chiqindilar uchun konteynerli axlat to‘plash punktlarini hamda ularning o‘z vaqtida olib ketilishini belgilangan tartibda tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Xizmat uy-joylarini foydalanishga topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylari qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda foydalanish uchun qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylarini foydalanishga qabul qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari qarorlari bilan ishchi va davlat komissiyalari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyalar tarkibi shaharsozlik normalari va Qurilishi yakunlangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish” SHNK 3.01.04-04 qoidalariga muvofiq tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylarini qabul qilishda aniqlangan kamchiliklar bosh pudratchi tashkilot tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan bartaraf etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qabul komissiyasi a’zolari qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylarini qabul qilishda texnik shartlar, loyiha-smeta hujjatlari, shuningdek shaharsozlik norma va qoidalaridan chetga chiqishlarni aniqlashgan taqdirda qabul qilish hujjati aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng, belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylarini qabul qilish ishlari nihoyasiga yetkazilgach, qabul komissiyasi raisi tuman (shahar) hokimiga komissiyaning qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasini ushbu hujjatni tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun ko‘rib chiqishga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tuman (shahar) hokimi komissiyaning qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylarini foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasini tasdiqlash haqida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tuman (shahar) hokimining qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylarini foydalanishga qabul qilish to‘g‘risida komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali tomonidan ushbu uylarga egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatiga olish uchun asos hisoblanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 689-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Xizmat uy-joylarini jihozlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Xizmat uy-joylari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mebel, maishiy texnika va boshqa xo‘jalik jihozlarining minimal ro‘yxatiga (keyingi o‘rinlarda minimal ro‘yxat deb ataladi) muvofiq jihozlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Xizmat uy-joylarini jihozlash uchun mebel, maishiy texnika va boshqa xo‘jalik jihozlari joylardagi ijro hokimiyati organlari tomonidan mahalliy budjet va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobidan minimal ro‘yxat asosida sotib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Zarurat bo‘lganda minimal ro‘yxatga kiritilmagan mebel, maishiy texnika va boshqa xo‘jalik jihozlari xizmat uy-joylarida yashaydigan rahbarlar va ularning oila a’zolari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan xarid qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Xizmat uy-joylarini taqsimlash va egalariga topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Joylardagi ijro hokimiyati organlari va davlat organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari uchun xizmat uy-joylari qurish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2693-son qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari lavozimiga ko‘ra xizmat uy-joylarini olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Xizmat uy-joylari joylardagi ijro hokimiyatining tegishli organlari birinchi rahbarlarining qarori bilan taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Qabul qilingan qaror asosida xizmat uy-joylari balans ta’minotchisi rahbarlarga xizmat uy-joyi uchun order beradi va bu order shartnoma bo‘yicha beg‘araz foydalanish uchun taqdim etilgan xizmat uy-joyiga joylashishda asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Order faqat haqiqatan bo‘sh turgan xizmat uy-joyi uchun berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orderni olishda barcha oila a’zolarining pasportlari (tug‘ilgani haqida guvohnoma) yoki ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatlari taqdim etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Order bevosita xizmat uy-joy beriladigan rahbarga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joyni beg‘araz foydalanish uchun berish va berilgan xizmat uy-joyiga ko‘chib kirish to‘g‘risida shartnoma tuzilgandan so‘ng order balans ta’minotchisiga qat’iy hisobda turadigan hujjat sifatida saqlash uchun topshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Xizmat uy-joyi beriladigan rahbar balans ta’minotchisi bilan uy-joyni beg‘araz foydalanish uchun taqdim etish to‘g‘risida shartnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomada tomonlarning huquqlari, majburiyat va javobgarligi, shuningdek xizmat uy-joyini berish, saqlab turish, foydalanish, ta’mirlash, ko‘chib kirish va qaytarish tartibi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Xizmat uy-joylari joylardagi ijro hokimiyatining tegishli organlariga biriktiriladi va ular bo‘linmaydi, almashtirilmaydi va xususiylashtirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Xizmat uy-joylaridan belgilangan maqsaddan tashqari foydalanish yoki ularni ijaraga berish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Xizmat uy-joylaridan foydalanish, ularni saqlash va ta’mirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Xizmat uy-joylaridan foydalanadigan rahbarlar va ularning oila a’zolari ushbu uylarni tegishli holatda saqlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat uy-joylarining yaxshi holatda saqlanishi uchun mas’uliyat rahbar va uning oila a’zolari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Xizmat uy-joylaridan ushbu uylarda yashaydigan rahbarlar va ularning oila a’zolari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan foydalaniladi, saqlanadi va ta’mirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Xizmat uy-joylarini faqat belgilangan muddatlarda, ayrim holatlarda belgilangan muddatgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan kelishgan holda mukammal ta’mirlashga yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Xizmat uy-joylari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari mahalliy budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mukammal ta’mirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari xizmat uy-joylarini mukammal ta’mirlash ishlari buyurtmachilari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlardan “O‘zsuvta’minot” AJ, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” va “O‘zbektelekom” AK tashkilotlari tomonidan foydalaniladi va saqlanadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Xizmat uy-joylarida yashaydigan rahbarlar kommunal xizmatlar bilan barcha kommunal xizmatlar turlarini jismoniy shaxslar (aholi) uchun belgilangan tariflar bo‘yicha ko‘rsatish haqida shartnomalar tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar xizmat uy-joylarida yashayotgan rahbarlar va ularning oila a’zolari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan, belgilangan tartibda to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rahbarlar yoki ularning oila a’zolari uy-joy-kommunal xizmatlar haqini vijdonan va o‘z vaqtida to‘lashi va qarz hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Joylardagi ijro hokimiyati organlari xizmat uy-joylarida yashaydigan rahbarlardan uy-joy-kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni belgilangan tartibda ish haqidan ushlab qolish shaklida qabul qilishi va keyinchalik bu mablag‘larni kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar hisob-raqamiga ularning yozma arizasiga binoan o‘tkazishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Xizmat uy-joylaridan ko‘chirib chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Xizmat uy-joylarini rahbarlar va ularning oila a’zolari rahbar egallab turgan lavozimdan bo‘shagach bo‘shatishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Uy-joyni beg‘araz foydalanish uchun berish to‘g‘risidagi shartnomani bekor qilish va xizmat uy-joyidan rahbar va uning oila a’zolarini ko‘chirib chiqarish tartibi shartnoma bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Xizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlash va ta’mirlashni tashkil etishda paydo bo‘ladigan kelishmovchilik va bahslar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Mazkur Nizomning bajarilishini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari hamda boshqa davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari uchun xizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlash va ta’mirlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari uchun xizmat uy-joylarini qurish, obodonlashtirish, taqsimlash, ko‘chirib kiritish, foydalanish, saqlash va ta’mirlashni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Ishlarning asosiy turlari

Tadbirlar

Muddatlar

Mas’ul bajaruvchilar

I bosqich

Qurish

1. Xizmat uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2693-son qarorida belgilangan manbalar hisobidan moliyalashtirish nazarda tutilganini hisobga olgan holda, buyurtmachi, bosh loyihachi va pudratchi tashkilot o‘rtasida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va xizmat uy-joylarni qurish uchun shartnomalar tuzish.

3. Namunaviy loyihalarni joy bilan bog‘lash va xizmat uy-joylarini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

4. Xizmat uy-joylarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida pudratchi bosh tashkilotlarni tender savdolari o‘tkazmasdan belgilash hisobga olingan holda qurish.

5. Tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmani markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AK va “O‘zbektelekom” AKning o‘z mablag‘lari, shuningdek Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan barpo etish.

Xizmat uy-joylarini qurish parametrlari aniqlangandan so‘ng




Shartnoma tuzilgach va binolarni loyihalashtirishga topshirgandan so‘ng


Kalendar jadval bo‘yicha



Kalendar jadval bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari,

“Qishloq qurilish invest” IK,

“Qishloq qurilish loyiha” MCHJ,

“O‘ztransgaz” AK,

“O‘zbekenergo” AJ,

“O‘zbektelekom” AK,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor idora va tashkilotlar

II bosqich

Obodonlashtirish

1. Xizmat uy-joylarining bosh rejalarini hisobga olib, ularni obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Massivlarni mahalliy budjetlar hisobidan obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun mablag‘ ajratish.

3. Landshaft dizayni, yo‘laklar, yoritish, yashil ekinlarni sug‘orish va o‘tkazish tizimlari tuzilishini hisobga olib, massivlarni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.

4. Massivlarni obodonlashtirish uchun zarur holatlarda:

yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablag‘laridan foydalanish;

vakolatli organlar va hududiy tashkilotlar ko‘magida hasharlar tashkil etish.

5. Tumanlar (shahar) hokimliklarining obodonlashtirish boshqarmalari:

xizmat uy-joylari massivlari hududlarida tegishli tartibni va mazkur Nizom va qonunchilikning boshqa hujjatlari talablarining qat’iy bajarilishini;

xizmat uy-joylari massivlari hududlaridagi barcha turdagi yashil ekinlarni sug‘orish, parvarish qilishni ta’minlaydi.

6. Ixtisoslashtirilgan sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xizmat uy-joylari massivlari hududlarida maishiy chiqindilar uchun konteynerli axlat to‘plash punktlarini hamda ularning o‘z vaqtida olib ketilishini belgilangan tartibda tashkil qiladi.

Massivlar bosh rejalari tasdiqlangandan so‘ng

Loyiha-smeta hujjatlari ishla chiqilgandan so‘ng

Kalendar jadval bo‘yicha


Zarurat bo‘lganda




Foydalanish davrida




Foydalanish davrida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari,

Moliya vazirligi,

obodonlashtirish boshqarmasi,

ixtisoslashtirilgan sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari, manfaatdor idora va tashkilotlar

III bosqich

Foydalanishga topshirish

1. Qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylarini qabul qilish komissiyasini tashkil etish.

2. Qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylarini qabul qilish komi?siyasining dalolatnomasini asmiylashtirish va tasdiqlash.

3. Hokimlarning qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylarini foydalanishga qabul qilish to‘g‘risida qarorlar chiqarish

4. Xizmat uy-joylari kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish.

Qurilish nihoyasiga yetguniga qadar

Qurilish nihoyasiga yetgach


Qabul qilish dalolatnomasi tasdiqlangandan so‘ng

Hokimlar qarorlari qabul qilingach

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari,

“Qishloq qurilish invest” XK,

manfaatdor idora va tashkilotlar

IV bosqich

Jihozlash

1. Xizmat uy-joylarini minimal ro‘yxatni hisobga olgan holda jihozlash uchun mebel, maishiy texnika va boshqa xo‘jalik buyumlariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.

2. Xizmat uy-joylarini minimal ro‘yxat bo‘yicha jihozlash uchun mebel, maishiy texnika va boshqa xo‘jalik buyumlarini sotib olish.

3. Zarur hollarda minimal ro‘yxatga kiritilmagan mebel, maishiy texnika va boshqa xo‘jalik buyumlari xizmat uy-joylarida yashaydigan rahbarlar va ularning oila a’zolari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan xarid qilinadi.

Qurilish nihoyasiga yetgach


Qurilish nihoyasiga yetgach


Zarurat bo‘lganda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari,

manfaatdor idora va tashkilotlar

Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning oila a’zolari

V bosqich

Taqsimlash va ko‘chirib kiritish

1. Xizmat uy-joylarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2693-son qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq taqsimlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish.

2. Qabul qilingan qaror asosida xizmat uy-joyi uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va order berish.

3. Rahbarlar va xizmat uy-joylari balans ta’minotchisi o‘rtasida yollash shartnomasini tuzish.

4. Xizmat uy-joylariga joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning oila a’zolarini joylashtirish.

Xizmat uy-joylari foydalanishga topshirilgach


Taqsimlagandan so‘ng



Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng

Shartnoma tuzilgach

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari,

manfaatdor idora va tashkilotlar

VI bosqich

Foydalanish, saqlash va ta’mirlash

1. Xizmat uy-joylarida yashaydigan rahbarlar va ularning oila a’zolari xizmat uy-joylari holatini tegishli ravishda saqlaydi.

2. Xizmat uy-joylaridan ushbu uylarda yashaydigan rahbarlar va ularning oila a’zolari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan foydalaniladi, saqlanadi va ta’mirlanadi.

3. Xizmat uy-joylarini faqat belgilangan muddatlarda, ayrim hollarda belgilangan muddatgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan kelishgan holda mukammal ta’mirlashga yo‘l qo‘yiladi.

4. Xizmat uy-joylari mahalliy budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mukammal ta’mirlanadi.

Xizmat uy-joylaridan foydalanish davrida



Belgilangan muddatlarda



Belgilangan tartibda

Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning oila a’zolari


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari,

“Yagona buyurtmachi xizmati” XK

VII bosqich

Kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar

1. Xizmat uy-joylarida yashaydigan rahbarlar kommunal xizmatlar bilan barcha kommunal xizmatlar turlarini jismoniy shaxslar (aholi) uchun belgilangan tariflar bo‘yicha ko‘rsatish haqida shartnomalar tuza?i.

2. Ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar xizmat uy-joylarida yashayotgan rahbarlar va ularning oila a’zolari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

Xizmat uy-joylaridan foydalanish davrida


Xizmat uy-joylaridan foydalanish davrida

Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning oila a’zolari

VIII bosqich

Ko‘chirib chiqarish

1. Rahbar va uning oila a’zolari xizmat uy-joyini bo‘shatgani to‘g‘risidagi zarur hujjatlarni rasmiylashtirish.

2. Egallab turgan lavozimidan bo‘shagan rahbardan xizmat uy-joyini qabul qilib olish.

3. Ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun hisob-kitoblarni taqqoslash va qarzlarni to‘lash.

Lavozimdan bo‘shaganda

Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning oila a’zolari

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari uchun xizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlash va ta’mirlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat uy-joylarini jihozlash uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mebel, maishiy texnika va boshqa xo‘jalik buyumlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
minimal ro‘yxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Buyumlar nomi

O‘lchov birligi

Soni

bir qavatli besh xonali uy uchun

ikki qavatli to‘rt xonali uy uchun

1.

Muzlatgich

ta

1

1

2.

Televizor

ta

1

1

3.

Ikki kishilik krovat

ta

1

1

4.

Bir kishilik karavot

ta

3

2

5.

Oshxona mebeli

to‘plam

1

1

6.

Mehmonxona uchun stol ( 6 stul va idish-tovoqlar shkafi bilan)

to‘plam

1

1

7.

Mehmonxona uchun yumshoq mebel (divan va ikkita kreslo)

to‘plam

1

1

8.

Kiyim shkafi

ta

2

2

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 21-son, 394-modda, 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)