Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-may,
PQ-2981-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi PQ-2981-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy gʻoya targʻiboti va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 2006-yil 25-avgustdagi PQ-451-son qarorida:
2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
ilovadagi “QR Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha yordamchilari (14)” bloki chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyati hokimligi tuzilmasini yanada takomillashtirish va uning faoliyat samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 2006-yil 21-dekabrdagi PQ-536-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 2008-yil 3-oktabrdagi PQ-970-son qarori.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuzilmasini takomillashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2011-yil 3-yanvardagi PQ-1456-son qarori.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm viloyati hokimligi boshqaruv apparatining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2012-yil 25-yanvardagi PQ-1691-son qarori.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Andijon viloyati hokimligi boshqaruv apparatining tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2013-yil 3-maydagi PQ-1962-son qarori.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparatining tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2014-yil 18-dekabrdagi PQ-2274-son qarori.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qashqadaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2015-yil 11-dekabrdagi PQ-2448-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 385-modda)