Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.04.2013 30.06.2000 yildagi 250-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.04.2013
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VALYuTA BOZORINI YaNADA ERKINLAShTIRISh VA VALYuTA ALMAShTIRISh OPERATSIYALARINI KENGAYTIRIShGA DOIR ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-martdagi 91-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 30-yanvardagi PQ-1914-son qarori)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Valyuta bozorini erkinlashtirish, valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirish va milliy valyutaning ichki konvertatsiyasini bosqichma-bosqich ta’minlash, naqd xorijiy valyutaning respublika hududida muomalada bo‘lishi to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-oktabrdagi 434-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 19-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 34-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 1-2-son, 5-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
almashtirish shoxobchalari faoliyati tegishli detektorlar, testerlar, xorijiy valyutalarning haqiqiyligini aniqlash uchun boshqa zarur zamonaviy asbob-uskunalar mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
almashtirish shoxobchalarida xorijiy valyuta cheklanmagan miqdorda xarid qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
almashtirish shoxobchalari tomonidan sotib olingan naqd xorijiy valyutadan uni keyinchalik almashtirish shoxobchalari orqali sotish uchungina foydalanilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta almashtirish operatsiyalari vakolatli banklar tomonidan o‘z mablag‘lari (ilgari almashtirish shoxobchalari orqali sotib olingan mablag‘lar ham shu jumlaga kiradi) va jalb qilingan mablag‘lar hisobiga, shu jumladan, mijozlarning valyuta tushumi majburiy sotilgandan keyin qoladigan mablag‘larini xarid qilish hisobiga, shuningdek, banklararo valyuta bozorida xarid qilingan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tijorat banklariga xorijiy valyutani xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib erkin kurs bo‘yicha xarid qilish va sotish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Almashtirish shoxobchalarida naqd xorijiy valyutani xarid qilish va sotish kurslari o‘rtasidagi farqning eng ko‘p chegarasi 5 foizgacha miqdorda belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli banklarning almashtirish shoxobchalarida naqd xorijiy valyuta O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga pasport (O‘zbekiston Respublikasida yashash ruxsatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari uchun — harbiy bilet yoki shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma) ko‘rsatilganda va xorijiy davlatning kirish vizasi, aviatsiya yoki temir yo‘l chiptalari mavjud bo‘lgan taqdirda sotiladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-iyundagi 263-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 12-son, 78-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norezidentlarga so‘mlar xorijiy valyutaga ular tomonidan almashtirish shoxobchasining tasdiqlovchi ma’lumotnomasi yoki bankomat cheki, shuningdek, so‘mdagi mablag‘lar qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro joriy operatsiyalar amalga oshirilishi natijasida qonuniy yo‘l bilan olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar taqdim etilgan taqdirda ilgari so‘mga almashtirilgan xorijiy valyuta miqdorida almashtiriladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-oktabrdagi 434-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar — rezidentlar tomonidan 5000 AQSh dollariga teng miqdordan oshuvchi naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Almashtirish shoxobchasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida almashtirish shoxobchalarida valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladigan xorijiy valyutalar ro‘yxatini xalqaro valyuta bozorlaridagi konvertatsiyalanishdan va kurslarning barqarorligidan kelib chiqib belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda markaziy apparat tuzilmasida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklif ustidan monitoring bo‘yicha maxsus ishchi guruh tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 kun mobaynida 1-ilovada ko‘rsatib o‘tilgan vakolatli banklarning almashtirish shoxobchalari xodimlarini valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini bilish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish, keyinchalik ularga attestatsiya guvohnomalari berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli banklarning valyuta resurslari ko‘payishiga qarab naqd xorijiy valyutani xarid qilish va sotish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan banklar tarmog‘ini kengaytirish yuzasidan takliflar kiritish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi vakolatli banklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishtirokida almashtirish shoxobchalari zarur darajada ishlashini, ular valyutalarning haqiqiyligini aniqlash uchun zarur zamonaviy asbob-uskunalar, sanash-hisoblash texnikasi, qo‘riqlash va yong‘in signalizatsiyasi, telefon aloqasi bilan jihozlanishini, malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd xorijiy valyuta noqonuniy aylanishi va qalbaki banknotlar muomalada bo‘lishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat soliq qo‘mitasiga tegishli axborotni o‘z vaqtida taqdim qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, vakolatli banklarning rahbarlari almashtirish shoxobchalarida operatsiyalar to‘g‘ri o‘tkazilishi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi respublika hududida naqd xorijiy valyutaning noqonuniy aylanishiga barham berish, qalbaki banknotlarni aniqlash, aybdor shaxslarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy javobgarlikka tortish chora-tadbirlarini kuchaytirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga 3 va 3a* (maxfiy)-ilovalarga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3a-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, vazirliklar va idoralar Adliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda o‘z normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 30-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
250-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 467-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2000-y., 11-son, 173-modda; )
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Almashtirish shoxobchasi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vakolatli banklar muassasalari valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirish uchun almashtirish shoxobchalari ochadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Almashtirish shoxobchalarining joylashish o‘rni va ularning ish tartibi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Almashtirish shoxobchalari faoliyatiga faqat ushbu Nizomda belgilangan talablarga albatta rioya etilgan, shu jumladan almashtirish shoxobchalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakolatli banklar joylashgan joydagi hududiy Bosh boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida, shuningdek boshqa banklar binolarida vakolatli banklarning almashtirish shoxobchalari ochishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Almashtirish shoxobchasini ro‘yxatdan o‘tkazishda buzilishlar aniqlangan taqdirda Markaziy bankning hududiy boshqarmasi vakolatli bankka ro‘yxatdan o‘tkazishning asosli rad etilganligi to‘g‘risidagi xabarni uning sabablarini ko‘rsatgan holda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlayotgan almashtirish shoxobchasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bekor qilingan taqdirda vakolatli bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli bildirishnomasi olingan kuni o‘zining almashtirish shoxobchasini yopishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Almashtirish shoxobchalari ishini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Almashtirish shoxobchasi mijozlarning tanishishi uchun qulay bo‘lgan joyga qo‘yilgan stend bilan jihozlangan bo‘lishi kerak, stendda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
almashtirish shoxobchasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va ish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd xorijiy valyutaning xorijiy valyutadagi sotib olish va sotish kurslari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur almashtirish shoxobchasi tomonidan bajariladigan valyuta almashtirish operatsiyalarining turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy valyutadagi pul belgilarining haqiqiyligini va to‘lovga yaroqliligini aniqlash qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Almashtirish shoxobchasida operatsiyalarni amalga oshirish chog‘ida ayni bir vaqtda ikki nafar xodim – nazoratchi va kassir ishlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim hollarda, vakolatli bank muassasasi rahbarining farmoyishiga binoan, almashtirish shoxobchasida vaqtinchalik ishlash uchun vakolatli banklar muassasalarining eng tajribali, maxsus yo‘l-yo‘riqlar berilgan kassirlari jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank muassasasi almashtirish shoxobchalari xodimlarini boyliklarni saqlash, qabul qilib olish, berish, ishlash, qayta hisoblab chiqish, tashish yo‘riqnomalari va qoidalari; valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirish va hisobga olish tartibi; almashtirish shoxobchalari xodimlarining valyuta almashtirish operatsiyalari belgilangan tartibini buzganlik uchun javobgarligi to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlari qoidalari bilan tanishtirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vakolatli banklar muassasalari, faoliyat ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra, almashtirish shoxobchasi binosini qo‘riqlashni, zarur darajada jihozlashni ta’minlaydilar, almashtirish shoxobchasi boshqa xizmatlardan ajratilgan, po‘lat sandiqlar (seyflar), telefon aloqasi, qo‘riqchilar va yong‘indan saqlash signalizatsiyasi, valyutaning haqiqiyligini aniqlash uchun detektor yoki tester bilan va boshqa zamonaviy jihozlar bilan, tegishli dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan schyot-hisoblash va kompyuter texnikasi bilan, shuningdek barcha zarur yo‘riqnoma, nazorat va ma’lumotnoma materiallari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yo‘riqnoma, nazorat va ma’lumotnoma materiallari almashtirish shoxobchalari xodimlariga almashtirish shoxobchalariga rahbarlik qilish zimmasiga yuklangan shaxsda saqlanadigan maxsus daftarga imzo qo‘ydirgan holda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Almashtirish shoxobchasida tegishli shaxslarni almashtirish shoxobchasi kassiri yoki nazoratchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida bank bo‘yicha buyruqdan ko‘chirma bo‘lishi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan bank bo‘yicha buyruqdan ko‘chirma bank muassasasi rahbari tomonidan imzolangan va bankning yumaloq muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassir va nazoratchi bilan mehnat shartnomasi tuzishda bank muassasasi rahbarlari ularni ilgarigi ish joyidan, doimiy yashash joyidan, shuningdek ichki ishlar bo‘limidan ma’lumotnomalar olish yo‘li bilan puxta tekshiradilar. Zarurat bo‘lganda, ishga qabul qilish sinov muddati bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Almashtirish shoxobchasi kassiri va nazoratchisi valyuta almashtirish operatsiyasining ishonchli bajarilishi, hisobotlarning to‘g‘riligi, sumkadagi boyliklarning to‘liqligi uchun ushbu Nizomga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Fuqarolik hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kassir va nazoratchi almashtirish shoxobchasida ishlab turgan vaqtida egallab turgan lavozimi ko‘rsatilgan xizmat guvohnomalarini doimo o‘zi bilan olib yurishi kerak. Almashtirish shoxobchasining har bir xodimiga familiyasi ko‘rsatilgan shtamp biriktirib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Almashtirish shoxobchasi binosiga begona shaxslarning kirishi taqiqlanadi. Almashtirish shoxobchalari xodimlarining o‘zlariga yuklangan ishni bajarishni boshqa shaxslarga ishonib topshirishi qat’iyan taqiqlanadi. Yaqin qarindoshlarning almashtirish shoxobchasining kassiri va nazoratchisi bo‘lib birgalikda ishlashi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Almashtirish shoxobchasida ishdan tashqari vaqtda naqd xorijiy valyuta, blankalar, shtamplar, shuningdek naqd “so‘m”larni saqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirishda qat’iy hisobda turadigan blankalardan foydalaniladi. Qat’iy hisobda turadigan blankalar vakolatli bank buyurtmanomasiga binoan “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi va zarur himoya darajalariga ega bo‘ladi. Har bir blanka aynan bir xil tartib raqamiga ega bo‘lgan ikki nusxadan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qat’iy hisobda turadigan blankalarni valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirmasdan rasmiylashtirish va berish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vakolatli banklar muassasalari har qaysi almashtirish shoxobchasiga bank tomonidan belgilangan kun yoki vaqt mobaynida almashtirish shoxobchasi ishini ta’minlaydigan miqdorda so‘mlardagi va xorijiy valyutadagi avans limitini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Almashtirish shoxobchasiga milliy valyutani, xorijiy valyutani, boshqa boyliklarni ish boshlanishiga yetkazib berish va ish kuni mobaynida ular bilan ta’minlab turish inkassator tomonidan amalga oshiriladi. Inkassatorlar tomonidan yetkazib berilgan sumka kassir tomonidan nazoratchi ishtirokida qabul qilib olinadi, bunda sumkaning sozligi va plombaning butunligi puxta tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar almashtirish shoxobchasi ishi moddiy boyliklarning katta aylanmasi bilan bog‘liq bo‘lsa, keyingi kun uchun boyliklarni va qat’iy hisobda turadigan blankalarni olish va tayyorlab qo‘yish kassir tomonidan bir kun oldin amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Almashtirish shoxobchasida quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd xorijiy valyutani naqd so‘mga sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy valyutadagi yo‘l cheklarini naqd so‘mga sotib olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norezidentlar tomonidan almashtirish punktining ma’lumotnomasi yoki bankomat cheki taqdim etilgan taqdirda, shuningdek so‘m mablag‘lari qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro joriy operatsiyalar amalga oshirilishi natijasida qonuniy yo‘l bilan olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar taqdim etilgan taqdirda ularga xorijiy valyutani (yo‘l cheklarini) ilgari almashtirilgan summa doirasida so‘mga xorijiy valyuta va yo‘l cheklarini sotish;
(12-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-oktabrdagi 434-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga naqd so‘mga sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomalariga muvofiq, vakolatli banklar rahbarlarining almashtirish shoxobchalari ochish to‘g‘risidagi buyruqlarida nazarda tutilgan boshqa operatsiyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vakolatli banklar naqd xorijiy valyutani o‘z almashtirish shoxobchalari orqali xarid qilish va sotish operatsiyalarini amalga oshirish uchun tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Naqd xorijiy valyuta O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlaridan cheklashlarsiz sotib olinadi. Sotib olingan xorijiy valyuta birjadan tashqari valyuta bozorida majburiy sotilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy valyutani emitent mamlakatda qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan banknotlar qiymati va emissiya yillari bo‘yicha xarid qilish va sotib olishda biror-bir cheklashlar joriy etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatlarning shikastlangan pul belgilari (haqiqiyligi shubha uyg‘otadigan pul belgilari, yarim tomoni yo‘q banknotlar) mijoz hisobiga emitent bankka ekspertizaga jo‘natish uchun vakolatli bank muassasalari tomonidan inkassoga qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vakolatli banklarning almashtirish shoxobchalarida naqd xorijiy valyuta O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga pasport (O‘zbekiston Respublikasida yashash ruxsatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari uchun — harbiy bilet yoki shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma) ko‘rsatilganda va xorijiy davlatning kirish vizasi, aviatsiya yoki temir yo‘l chiptalari mavjud bo‘lgan taqdirda sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malayziya, Tailand, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va MDH mamlakatlariga jo‘nab ketayotgan shaxslardan naqd so‘mlarni xorijiy valyutaga almashtirishda xorijiy davlatning kirish vizasi mavjudligi talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Almashtirish chog‘ida aviatsiya yoki temir yo‘l chiptalari sotilgan valyuta miqdori ko‘rsatilgan holda almashtirish shoxobchasining shtampi bilan tasdiqlanadi. Ushbu chiptalar almashtirish shoxobchasining sotilgan xorijiy valyuta chiptalarda ko‘rsatilgan miqdorda qaytadan almashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda qayta topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aviatsiya yoki temir yo‘l chiptalarida almashtirish shoxobchalarining almashtirganlik to‘g‘risidagi shtamplari mavjud bo‘lgan taqdirda respublika tashqarisiga chiqib ketayotgan shaxslarga so‘mlarni xorijiy valyutaga almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-iyundagi 263-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 12-son, 78-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Norezidentlarga so‘mlarni xorijiy valyutaga almashtirish ular tomonidan almashtirish shoxobchasining tasdiqlovchi ma’lumotnomasi yoki bankomat cheki, shuningdek, so‘mdagi mablag‘lar qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro joriy operatsiyalar amalga oshirilishi natijasida qonuniy yo‘l bilan olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar taqdim etilgan taqdirda ilgari valyuta so‘mga almashtirilgan miqdor doirasida amalga oshiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-oktabrdagi 434-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Quyidagilar qat’iy taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) milliy valyutani xorijiy valyutaga sirtdan almashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) naqd xorijiy valyutani xorijiy valyuta xarid qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning tegishli nusxasi berilmagan holda xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ma’lumotlarni sotib olingan valyuta reyestriga va sotilgan valyuta jurnaliga kiritmasdan valyutani xarid qilish va sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) almashtirish shoxobchasi binosida xorijiy valyuta va so‘mlardagi shaxsiy jamg‘armalarning bo‘lishi (eng kam oylik ish haqining yarmidan ortiq miqdorda), shuningdek shaxsiy pullarni kassada almashtirish shoxobchasi boyliklari bilan birgalikda saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) valyuta almashtirish operatsiyalari amalda sodir etilmasdan ma’lumotnomalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Almashtirish shoxobchalari xodimlari xorijiy valyutani sotishda har kuni kunning hujjatlariga almashtirish chog‘ida berilgan ma’lumotlarning ikkinchi nusxalarini, almashtirganlik to‘g‘risida almashtirish shoxobchalarining shtamplari bosilgan aviatsiya yoki temir yo‘l chiptalarining nusxalarini, shuningdek, almashtirish uchun asos hisoblangan boshqa hujjatlarni tikib qo‘yadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Naqd xorijiy valyutani (xorijiy valyutadagi yo‘l cheklarini) naqd so‘mlarga xarid qilish va sotish vakolatli banklar tomonidan xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib erkin kurs bo‘yicha amalga oshiriladi.
(19-bandining birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-iyundagi 282-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 12-son, 95-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy valyutani almashtirishning belgilangan kurslari vakolatli bank rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanishi kerak. Naqd xorijiy valyutani xarid qilish va sotishning belgilangan kurslari to‘g‘risidagi axborotning almashtirish shoxobchasiga berilishi vakolatli bankda kursni belgilash hamda ma’lumotlarni berish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan holda alohida jurnalda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Naqd xorijiy valyutani sotish bo‘yicha operatsiyalar alohida jurnalda hisobga olinadi, ushbu jurnalda xorijiy valyuta sotilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflari, uning pasportiga doir ma’lumotlar (seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilganligi), sotilgan naqd valyutaning nomi va miqdori, sotish sanasi ko‘rsatiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan jurnal tartib raqami qo‘yilgan, ip o‘tkazib tikilgan, bank muassasasining muhri bilan tasdiqlangan va bank rahbari tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Operatsiya kuni tamom bo‘lgach boyliklarning amalda mavjudligi va ularning har bir turi bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyalar hisobga olingan holda kun boshidagi boyliklar qoldig‘iga muvofiqligi hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boyliklar va almashtirish shoxobchasining o‘tkazilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi hisoboti inkassatorlar tomonidan bank muassasasiga o‘sha kunning o‘zida yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan hujjatlar bosh buxgalter yoki valyuta operatsiyalari bo‘limi boshlig‘i tomonidan hisobot to‘g‘ri to‘ldirilganligi, boyliklar to‘liq topshirilganligi, qat’iy hisobot beriladigan blankalardan foydalanish to‘g‘riligi yuzasidan tekshiriladi va kun hujjatlariga solib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Hisobot va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Vakolatli banklar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga belgilangan almashtirish kurslarini va ularning o‘zgarishini ma’lum qiladilar, shuningdek belgilangan muddatlarda va shakllarda valyuta almashtirish operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlar va hisobotlarni taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
almashtirish shoxobchalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ular ishini tashkil etish va ularni yopish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
almashtirish shoxobchasi nazoratchisi va kassirining lavozim majburiyatlarini va ularning javobgarligini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
almashtirish shoxobchalarini pul avanslari bilan ta’minlash va qat’iy hisobot beriladigan blankalardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd xorijiy valyutani xarid qilish, sotish va almashtirish (konversiya) bo‘yicha operatsiyalarni rasmiylashtirish, shuningdek naqd xorijiy valyutani va xorijiy valyutadagi yo‘l cheklarini inkasso va ekspertizaga qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy valyutadagi pul belgilari va yo‘l cheklarining to‘lovga qobiliyatini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
almashtirish shoxobchalarida valyuta operatsiyalari o‘tkazilishi va operatsiya kuni tugallanishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tkazilgan almashtirish shoxobchalari va amalga oshirilgan valyuta operatsiyalari to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Almashtirish shoxobchalarida muntazam ravishda, biroq bir oyda kamida bir marta boyliklar va qat’iy hisobot beriladigan blankalar mavjudligi, valyuta almashtirishning belgilangan qoidalariga rioya qilish, reyestrlar va jurnallar to‘g‘ri to‘ldirilishi, almashtirish shoxobchasi asbob-uskunalarining sozligi yuzasidan taftishlar o‘tkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki almashtirish shoxobchalari ishining to‘g‘riligini rejali va to‘satdan tekshirishlarni tashkil etish va o‘tkazish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy boshqarmalari o‘zlariga qarashli hududdagi har bir almashtirish shoxobchasi yil choragida kamida bir marta tekshirilishini ta’minlashga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftishlar va tekshirishlar natijasida pul mablag‘lari kamomadi va ularning ortiq ekanligi, shuningdek boshqa qonunni buzishlar aniqlangan taqdirda xizmat surishtiruvidan keyin aybdorlarga nisbatan intizomiy jazolar qo‘llaniladi, shu jumladan aybdorlar zaruriyat bo‘lganda, materiallarni vakolatli bank tomonidan tergov organlariga bergan holda ishonch yo‘qolganligi uchun ishdan bo‘shatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirishda qonunni buzishlar aniqlangan, hisobotlar o‘z vaqtida taqdim etilmagan, shuningdek, ishonchsiz ma’lumotlar taqdim etilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirish huquqini olti oygacha muddatga, vakolatli bank tomonidan xorijiy valyutani almashtirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib qo‘yishga yoki ularni bekor qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini mustahkamlash va “So‘m-kupon”ning xarid quvvatini oshirish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 11-apreldagi 195-son qarori 4-bandining birinchi xatboshi, 5-bandining birinchi xatboshi, 6-bandining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari, 9-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining ichki erkin almashuvini ta’minlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 21-iyuldagi 379-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi, 2-bandining uchinchi va oltinchi xatboshilari, 4-bandi, 7-bandining ikkinchi xatboshi va 8-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada valyuta bozorini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 27-avgustdagi 436-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Naqd milliy valyutani erkin muomaladagi valyutaga almashtirishning cheklangan summasini ko‘paytirish to‘g‘risida” 1994-yil 9-sentabrdagi 457-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Naqd so‘mlarni erkin muomaladagi valyutaga almashtirishga doir cheklashlarni bekor qilish to‘g‘risida” 1995-yil 12-iyundagi 217-son qarorining 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada naqd xorijiy valyutaning muomalada bo‘lishini tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida” 1996-yil 31-oktabrdagi 376-son qarorining 3 va 4-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 24-martdagi 103-son qaroriga 2-ilovaning 2.3-bandidagi “(yoxud almashtirish punktlari)” so‘zlari chiqarib tashlansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2000-y., 11-son, 173-modda; 2001-y., 1-2-son, 5-modda; 12-son, 78-modda; 2003-y., 12-son, 95-modda; 14-son, 115-modda; 15-16-son, 129-modda; 19-son, 178-modda; 19-son, 181-modda)