ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddatlari | Masʼullar ijrochilar |
I. Auditorlik xizmatlari bozori amal qilish asoslarini takomillashtirish | ||||
1. | Auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS) mazmunini ularning xalqaro standartlar va umumeʼtirof etilgan xalqaro amaliyot talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan tahlil qilish. | AFMSga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek AFMSni ishlab chiqish | 2017-2018-yillar davomida | Moliya vazirligi |
2. | Auditorlik kasbida tajribali xodimlarni hamda ACCA va CRA xalqaro buxgalter sertifikatlariga ega boʻlgan yosh mutaxassislarning auditorlik kasbiga qiziqishini saqlab qolish boʻyicha taʼsirchan motivatsiya tizimini yaratish. | Malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish | 2017-yil III chorak | Moliya vazirligi |
3. | Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi ishida auditorlarning respublika jamoat birlashmalari faoliyatini faollashtirish, auditning xalqaro standartlarini qoʻllashning eng yaxshi jahon tajribasini umumlashtirish va joriy etish, shuningdek, auditorlik kasbi nufuzini oshirish. | Ijtimoiy sheriklik shartnomasi | Qoʻshma rejaga muvofiq | Moliya vazirligi, Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Auditorlar palatasi |
II. Auditorlik tashkilotlarining samarali javobgarlik choralarini qoʻllash | ||||
4. | Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan oʻz aʼzolarining auditorlik faoliyati prinsiplarini buzish xavfini aniqlash va bunday buzilishlarning oldini olish maqsadida ular faoliyati monitoringini amalga oshirish amaliyotini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish, shu jumladan: auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan auditorlar tomonidan Auditorlarning kasb etikasi kodeksi buzilgan hollarda taʼsir choralarini qoʻllash masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha ixtisoslashtirilgan boʻlinma tashkil etish; auditorlik tashkilotlari ishi sifatini nazorat qilish uslubiyotini unifikatsiya qilish; auditorlik tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha auditorlik xizmatining boshlangʻich qiymatini shakllantirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. | Ijtimoiy sheriklik shartnomasi | Qoʻshma rejaga muvofiq | Moliya vazirligi, Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Auditorlar palatasi |
III. Auditorlik xizmatlari bozorining axborot ochiqligini taʼminlovchi shart-sharoitlar yaratish | ||||
5. | Auditorlik tashkilotlarining ishchanlik obroʻsi tushunchasini aniqlash va auditorlik tashkilotlari ishini baholashda obroʻ omillarining ahamiyatini oshirish orqali auditorlik tashkilotlarining reyting bahosini takomillashtirish, shuningdek auditorlik tashkilotlarining reyting baholash natijalarini ommaviy axborot vositalarida va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytida eʼlon qilish. | Ommaviy axborot vositalarida va veb-saytda eʼlon qilish | Har yili | Moliya vazirligi, Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Auditorlar palatasi |
6. | Oʻzbekiston auditorlik xizmatlari bozorining holati toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlarni Moliya vazirligining veb-saytiga joylashtirish. | Veb-saytda eʼlon qilish | Har yili | Moliya vazirligi |
7. | Auditning xalqaro standartlarini qoʻllashning amaliy jihatlarini muhokama qilish, auditorlik tashkilotlari faoliyati sifatini nazorat qilishni kuchaytirish hamda auditorlik tashkilotlarini reyting baholash uslubiyotini takomillashtirish maqsadida nufuzli xalqaro auditorlik tashkilotlari ishtirokida auditni rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha har yili seminarlar va davra suhbatlarini tashkil etish va oʻtkazish. | Seminarlar, davra suhbatlari | Har yili | Moliya vazirligi, Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Auditorlar palatasi |