28.04.2017 yildagi 12-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlarini koʻrishda qonunlar toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash, mazkur toifa ishlar boʻyicha odil sudlov sifatini oshirish maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyatlar aholi sogʻligʻiga, jamiyatning iqtisodiy va maʼnaviy negiziga jiddiy tahdid soladi, oilaviy munosabatlarga salbiy taʼsir koʻrsatadi, boshqa ijtimoiy muammolar keltirib chiqaradi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan bogʻliq jinoyat ishlarni koʻrishda, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (keyingi matnda — JK) 270 — 276-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi 1999-yil 19-avgustdagi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzda oʻtkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli Qarori, Psixotrop moddalar toʻgʻrisidagi Konvensiya (1971-yil 21-fevral, Vena), Giyohvandlik vositalari toʻgʻrisidagi Yagona konvensiya (1961-yil, Vena), Birlashgan Millatlar Tashkilotining narkotik vositalar va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Konvensiyasi (1988-yil 20-dekabr, Vena), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining mazkur sohaga oid xalqaro kelishuvlariga rioya etilishi lozim.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tushuntirilsinki, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish deganda, ularni Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan shart va tartibni buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (olib chiqish), tranzit tarzida oʻtkazish, saqlash, berish, realizatsiya qilish, taqsimlash, olish, tashish, joʻnatish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, ulardan foydalanish va ularni yoʻq qilish, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish tushuniladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qonunga koʻra, maʼmuriy va jinoiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli qarori bilan tasdiqlangan quyidagi roʻyxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilganda kelib chiqadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi taqiqlangan giyohvandlik vositalarining roʻyxati (I roʻyxat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan giyohvandlik vositalarining roʻyxati (II roʻyxat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan psixotrop moddalarning roʻyxati (III roʻyxat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan prekursorlarning roʻyxati (IV roʻyxat).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda shuni nazarda tutish lozimki, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar oʻtkazish maqsadini koʻzlamay oz miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish uchun aybdorlar barcha hollarda maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar (Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 56-moddasi). Agar mazkur harakatlar oʻtkazish maqsadini koʻzlab sodir etilsa, qilmish JK 273-moddasining birinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzda oʻtkazish deganda, ularni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan qonunda belgilangan tartibni buzgan holda olib oʻtish tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzda oʻtkazish bilan bogʻliq harakatlarni kvalifikatsiya qilishda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 18-sonli qarorining 17-bandida berilgan tushuntirishlarga amal qilish lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda saqlash deganda, shaxsning bunday vosita va moddalarga qonunga zid ravishda egalik qilishi (shu jumladan shaxsan isteʼmoli) bilan bogʻliq qasddan sodir etilgan harakatlari (yonida, binoda, maxfiy yer va boshqa joylarda saqlashi) tushunilishi lozim. Bunda shaxs qancha vaqt davomida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda saqlaganligi ahamiyat kasb etmaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda berish, realizatsiya qilish, taqsimlash deganda, bunday faoliyat turi uchun litsenziyasi mavjud boʻlgan dorixona yoki davolash-profilaktika muassasasi xodimining bunday vosita yoki moddalarni belgilangan tartibni buzgan holda jismoniy yoki yuridik shaxsga berishda ifodalangan qasddan sodir etilgan harakatlari tushuniladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda olish deganda, ularni har qanday usulda, jumladan, sotib olish, hadya yoki bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmat yoinki qarzni uzish evaziga oʻzaro hisob-kitob, shuningdek, boshqa tovar va ashyolar bilan almashtirish sifatida qabul qilish, topib olganda oʻzlashtirish, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi oʻsimliklar yoki ularning qismlarini terish, tarkibida giyohvandlik vositasi boʻlgan ekinlar yigʻishtirilgandan soʻng qoʻriqlanmay qolgan maydonlardan ularning qoldiqlarini terish hisoblanishi lozim.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda tashish deganda, ularni har qanday transport turidan yoki tashish vositasi sifatida qoʻllanilgan qandaydir obyektdan foydalangan holda bir joydan boshqa joyga, shu jumladan, bir aholi punkti doirasida koʻchirish, shuningdek, qayd etilgan vosita va moddalarni bunday faoliyat turi bilan shugʻullanishga litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslarning masʼul shaxslari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibni buzgan holda tashish tushunilishi lozim.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda joʻnatish deganda, shaxsning pochta aloqasi, havo yoki boshqa transport turidan foydalanib, ularni pochta joʻnatmalari, posilkalar yoki yuk (bagaj) sifatida, shuningdek, oʻzi bevosita ishtirok etmagan holda boshqa shaxs orqali qonunchilikda belgilangan tartibni buzgan holda koʻchirishga qasddan qaratilgan harakatlari tushunilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qonunga xilof ravishda ishlab chiqish deganda, yangi giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunchilikda belgilangan tartibni buzgan, yaʼni bunga davlat buyurtmasi va mazkur faoliyat turi uchun litsenziyasi boʻlmagan holda ishlab chiqishga qasddan qaratilgan harakatlar tushunilishi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish deganda, bunday vosita yoki moddalarni qonunchilikni buzgan holda oʻsimliklar, kimyoviy va boshqa moddalardan seriyalab olishga qasddan qaratilgan harakatlar (masalan, maxsus kimyoviy yoki boshqa uskunalardan foydalangan holda, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni shu maqsadlarga moslashtirilgan binolarda ishlab chiqarish, ularni guruhlab, qadoqlab ishlab chiqarish) tushunilishi lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda tayyorlash deganda, qonunchilikni buzgan holda tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklardan, dorivor, kimyoviy va boshqa moddalardan foydalanish yoki isteʼmol qilishga tayyor bir yoki bir necha giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar olinishi tushunilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarni maydalash, quritish, uvalash (kukun qilish), giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qoʻshimcha ishlov (bugʻlash, tozalash, haydash va sh.k.) bermay suvda eritish natijasida moddaning kimyoviy tuzilmasi oʻzgarmasligi sababli, bular giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini tayyorlash deb qaralishi mumkin emas.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanish deganda, qonunchilikda bunday vosita yoki moddalar bilan qonunga muvofiq muomala qilish uchun belgilangan qoida va tartibni buzgan holda sodir etilgan harakatlar tushunilishi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda yoʻq qilish deganda, bunday vosita yoki moddalarni qonunchilikda belgilangan qoida va tartibni buzgan holda yoʻq qilishga qasddan qaratilgan harakatlar tushunilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat qonunida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda yoʻq qilish uchun maxsus norma mavjud emasligi sababli, bunday hollarda aybdorning harakatlari JK mansabdorlik jinoyatlari uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarni qonunga xilof ravishda yetishtirish deganda, qonunchilikni buzgan holda bunday oʻsimliklarni ekish va yetishtirish uchun maxsus sharoit yaratish, shuningdek, ularni ekish va yetishtirish, yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish, yangi navlarini yaratish, hosildorligini va mavjud iqlim sharoitiga chidamliligini oshirish faoliyatini tushunish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vosita va moddalar turini (giyohvandlik, psixotrop), ularning miqdori, nomlanishi va xususiyatlari, kelib chiqishi, ishlab chiqish, ishlab chiqarish uslubini, shuningdek, oʻsimlikning giyohvandlik moddasi tarkibida mavjud ekinga taalluqliligini aniqlash uchun maxsus bilim talab etilishini inobatga olib, har bir ish boʻyicha ekspert yoki mutaxassislarning tegishli xulosalari olinishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ 249-sonli Qonunining 12-moddasiga muvofiq giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalardan foydalaniladigan har qanday ekspertiza davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Giyohvandlik vositasi, ularning analoglari, psixotrop moddani muayyan miqdorga mansubligi masalasini hal etish surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning vakolatiga tegishli boʻlib, ular bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli qaroriga ilovalarda koʻrsatilgan miqdorlarga amal qilishlari zarur.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositasi, uning analogi yoki psixotrop modda boshqa biron-bir neytral modda (toʻldiruvchi) bilan aralashmada boʻlgan hollarda giyohvandlik vositasi, uning analogi yoki psixotrop modda miqdori aralashmada mavjud neytral modda (toʻldiruvchi) miqdorini hisobga olmagan holda aniqlanishi kerak.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarni qonunga xilof ravishda yetishtirish uchun JK 270-moddasi bilan jinoiy javobgarlik kelib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetishtirilishi taqiqlangan ekin ekish deganda, bunday ekinlar urugʻini tegishli ruxsatsiz har qanday yer maydoniga, shu jumladan, boʻsh yotgan yerlarga yoki moslashtirilgan idishlarga urugʻini sepish yoki koʻchatini oʻtqazish tushunilishi lozim. Ushbu jinoyat oʻsimlik unib chiqqan-chiqmaganligi yoki oʻsgan-oʻsmaganligidan qatʼi nazar, ekin ekilgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi. Aybdorning harakatlari ekin maydoni oʻlchamidan kelib chiqqan holda JK 270-moddasining tegishli qismlari bilan kvalifikatsiya qilinadi, bunda qilmishni ushbu moddaning birinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilish uchun ekin maydonining oʻlchami 250 kvadrat metrdan kam boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish deganda, unib chiqqan yoki oʻtqazilgan koʻchatlarni ularning pishish bosqichigacha boʻlgan davr ichida parvarish qilishni tushunish kerak. Agar shaxs yetishtirilishi taqiqlangan ekinni turli maydonlarda oʻstirayotgan boʻlsa, qilmishni kvalifikatsiya qilishda amalda ekilgan umumiy maydonlar oʻlchamidan kelib chiqish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yetishtirilishi taqiqlangan ekinlarni ekish yoki yetishtirish kelgusida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab yoki koʻzlamay tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, shuningdek, oʻtkazish (sotish) bilan bogʻliq boʻlsa, bunday harakatlar JK 270-moddasi va JK tegishli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. JK 271-moddasiga muvofiq, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni egallash uchun javobgarlik ular korxona, tashkilot va muassasalardan qonunga xilof ravishda olinganda, tarkibida narkotik moddasi boʻlgan oʻsimliklarni belgilangan tartibda yetishtirayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalariga tegishli yerlardan, shuningdek, ularga qonuniy va qonunsiz ravishda egalik qilib turgan fuqarolardan qonunga xilof ravishda olinganda yuzaga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni bosqinchilik, talonchilik, tovlamachilik, firibgarlik, oʻgʻirlik, oʻzlashtirish yoki rastrata qilish, mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan egallash JK 271-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim boʻlib, JK oʻzgalar mulkini talon-toroj qilishni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastlabki tergov organlari va sudlar har bir ish boʻyicha giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallashdan koʻzlangan maqsadni aniqlashlari zarur. Bunday vosita yoki moddalarni egallash ularni kelgusida oʻtkazish (sotish) uchun sodir etilganligi aniqlangan taqdirda, aybdorning harakatlari qayd etilgan jinoyatlarga tayyorgarlik koʻrish yoki suiqasd sifatida qoʻshimcha ravishda JK 25, 273-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. JK 273-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazish deganda, ularni turlicha usulda haq evaziga yoki tekinga (sotish, hadya etish, almashtirish, qarzi evaziga yoki qarz sifatida va h.k.) boshqa shaxsga berish tushunilishi lozim. Bunda vositalar, moddalar, oʻsimliklar shaxs tomonidan bevosita yoki boshqa (masalan, ular saqlanadigan joy haqida xabar berish, shartlashilgan joyga qoʻyib ketish) usulda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir shaxs tomonidan boshqasiga giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni inyeksiya (ukol) qilish, agar mazkur vosita yoki modda isteʼmolchining oʻziga tegishli boʻlsa va inyeksiya uning iltimosiga koʻra qilingan boʻlsa, qonunga xilof ravishda oʻtkazish deb baholanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsning giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazish uchun JK 273-moddasining tegishli qismi bilan javobgarlik ularning miqdori bilan bogʻliq holda kelib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni sotish usulida koʻp miqdorda oʻtkazish ularni oʻtkazishning eng ijtimoiy xavfli koʻrinishi hisoblanishi tufayli, mazkur qilmish JK 273-moddasining beshinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Mazkur vosita yoki moddalarni koʻp miqdorda boshqa barcha usullarda oʻtkazish JK 273-moddasining boshqa tegishli qismi bilan javobgarlik kelib chiqishiga sabab boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aybdor tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarning faqat bir qismi oʻtkazilib, qolgan qismi keyinchalik surishtiruv yoki dastlabki tergov davomida aniqlansa, javobgarlik qonunga xilof ravishda oʻtkazish va qonunga xilof ravishda saqlash uchun alohida-alohida (agar mazkur vosita va moddalarni oʻtkazishga nisbatan qasd aniqlanmagan boʻlsa), ularning miqdoriga bogʻliq ravishda kelib chiqadi.
(21-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tushuntirilsinki, shaxsning giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ancha, koʻp, juda koʻp miqdordagi chet el valyutasi evaziga oʻtkazishga qaratilgan harakatlari JK 177-moddasining tegishli qismi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi, chunki mazkur modda valyuta qimmatliklarini toʻlov vositasi sifatida emas, balki ushbu qimmatliklarning oʻzini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish uchun javobgarlikni nazarda tutadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Shaxsning gʻaraz maqsadda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar niqobi ostida qandaydir boshqa vosita yoki moddalarni oʻtkazishda ifodalangan harakatlari firibgarlik sifatida, oluvchining harakatlari esa — giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda olishga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Agar shaxs giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni oluvchiga, aslida mazkur vosita yoki moddalarning egasi boʻlgan boshqa shaxsning iltimosi (topshirigʻi) boʻyicha bersa, ularni berayotgan shaxsning harakatlari, basharti u berilayotgan narsaning xususiyati toʻgʻrisida aniq bilgan boʻlsagina, mazkur vosita, moddalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazishda birgalikdagi bajaruvchi sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Aybdorda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazishga (JK 273-moddasi birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi qismlari) qasd mavjudligi toʻgʻrisidagi masalani hal etishda, sudlar bunday vosita yoki moddalar haqiqatdan oʻtkazish maqsadida tayyorlab qoʻyilganligiga oid dalillar majmuidan kelib chiqishlari lozim. Bunday dalillarga, masalan, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar faqat isteʼmol qilinishini istisno etadigan miqdorda topilganligi, bunday vosita yoki moddalar muayyan dozada (oʻlchamda) qadoqlanganligi, ular tashish yoki joʻnatishda maxsus maxfiy joyga yashirilganligi, ularni tayyorlash uchun asbob-uskunalar mavjudligi, ekspertizaning aybdor giyohvand emasligi toʻgʻrisidagi xulosasi va h.k.lar kiradi. Ish boʻyicha aniqlangan haqiqiy holatlardan kelib chiqib, aybdorning harakatlari JK 25-moddasining birinchi yoki ikkinchi qismi va JK 273-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Bangixonani tashkil qilish deganda, (JK 273-moddasining toʻrtinchi qismi), uni tuzishga qasddan qaratilgan harakatlar, masalan, turar-joy yoki noturar-joy qidirish, sotib olish yoki ijaraga olish, uni taʼmirlash, har xil uskunalar bilan jihozlash ishlarini moliyalash va keyinchalik bir necha shaxs tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni isteʼmol qilish yoki tarqatish uchun foydalanish maqsadida sodir etilgan shunga oʻxshash harakatlar tushunilishi lozim. Bangixonani tashkil etish jinoyati uni tuzishga qaratilgan har qanday harakat sodir etilgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bangixona saqlash deganda, uning ishlab turishiga qaratilgan, yaʼni giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni isteʼmol qilish uchun ajratilgan va (yoki) moslashtirilgan joydan maqsadli foydalanish, binodan foydalanish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash boʻyicha qasddan sodir etilgan harakatlar (ijara haqini toʻlash, mijozlar qatnovini tartibga solish, qoʻriqlashni taʼminlash va h.k.) tushunilishi lozim. Qonun mazmuniga koʻra, bangixona saqlash jinoyati faqat bunday joydan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni isteʼmol qilish yoki tarqatish uchun haqiqatda foydalanilgan boʻlsagina, tugallangan hisoblanadi. Bunda aybdor gʻaraz yoki boshqa maqsadni koʻzlaganligi ahamiyat kasb etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bangixona tashkilotchisi yoki saqlovchisi ayni paytda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazgan yoki boshqa shaxslarni ularni isteʼmol qilishga jalb qilgan boʻlsa, uning harakatlari, bunga asoslar mavjud boʻlganda, JK 273-moddasining tegishli qismi va JK 274-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, shaxsning JK 270-moddasi ikkinchi qismi “a” bandi, JK 271-moddasi ikkinchi qismi “a” bandi, JK 273-moddasi uchinchi qismi “a” bandi, JK 274-moddasi toʻrtinchi qismi “a” bandi, JK 276-moddasi ikkinchi qismi “b” bandi bilan jinoiy javobgarligi, u muqaddam JK XIX bobida nazarda tutilgan biron-bir sodir etgan jinoyati uchun sudlangan holdagina kelib chiqadi. Agar shaxs muqaddam sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan yoki sudlanganlik holati tugallangan yoinki qonunda belgilangan tartibda olib tashlangan boʻlsa, qilmish mazkur belgi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Qonunga muvofiq giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni oʻz ixtiyori bilan topshirgan shaxs, agar topshirilgan vosita yoki modda ozginadan koʻproq miqdorni (JK 273-moddasining oltinchi qismi) yoki koʻp miqdorni (JK 276-moddasining uchinchi qismi) tashkil etmasa, sud tomonidan jazodan ozod qilinadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki aql-idrokiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol qilishga jalb etish deganda, shaxsda ularni isteʼmol qilish maylini uygʻotishga qaratilgan har qanday qasddan qilingan harakatlar (koʻndirish, tavsiya qilish, maslahat berish va sh.oʻ.), shuningdek, taʼsir oʻtkazilayotgan shaxs tomonidan bunday vosita yoki moddalar isteʼmol qilinishi maqsadida aldash, tahdid qilish, jismoniy zoʻrlik ishlatish, ozodligini cheklash va hokazolar tushunilishi lozim. Jinoyatni tugallangan deb topish uchun jalb etilayotgan shaxs giyohvandlik vositasi, uning analogi psixotrop yoki aql-idrokiga taʼsir etuvchi boshqa moddani haqiqatan ham isteʼmol qilgan boʻlishi talab etilmaydi. Bunday hollarda, aybdorning boshqa jinoyat tarkibini tashkil etuvchi harakatlari JK tegishli moddasi bilan alohida kvalifikatsiya qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aybdorning ikki va undan ortiq shaxsni bir vaqtning oʻzida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki aql-idrokiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol qilishga jalb etishga qaratilgan harakatlari JK 274-moddasi toʻrtinchi qismining “v” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki aql-idrokiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol qilishga voyaga yetmagan shaxs jalb etilgan boʻlsa, aybdorning harakatlari maxsus norma, yaʼni JK 127-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. JK 275-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti, faqat belgilangan tartibga (masalan, xizmat yoʻriqnomasi, yuqori turuvchi mansabdor shaxsning buyrugʻi yoki farmoyishi) koʻra vazifasiga mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etishda tegishli qoidalarga amal qilish yoki buning ustidan nazorat qilish kiradigan shaxs hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar bilan muomala qilish qoidalarini buzish shaxs tomonidan ham qasddan, ham ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilishi mumkin. Bunda mazkur jinoyat tarkibi mavjudligini aniqlash uchun shaxs tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni, bunday vositalar yoki moddalarni ishlab chiqishda foydalaniladigan va alohida nazoratda turadigan uskuna va jihozlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, qayta ishlash, taqsimlash, tashish, joʻnatish, olish, foydalanish, olib kirish, olib chiqish yoki yoʻq qilish qoidalari buzilganligini aniqlash zarur.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tushuntirilsinki, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bogʻliq jinoyatlarga oid ishlar boʻyicha sud-kimyoviy ekspertiza oʻtkazish aybdorlikni isbotlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday turdagi ekspertiza oldiga hal etish uchun quyidagi savollarni qoʻyish maqsadga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olingan vosita yoki modda giyohvandlik, uning analogi, psixotrop hisoblanadimi, agar hisoblansa, uning turi, aktiv moddasining miqdori va sof ogʻirligi qancha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olingan obyektda giyohvandlik vositasi, uning analogi, psixotrop moddasi qoldiqlari (mikrozarralari) yoki izlari bormi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yer maydonidan olingan oʻsimlik qaysi turga mansub va u tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimlik hisoblanadimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olingan vositalar yoki moddalar bir xil hisoblanadimi, ular tayyorlash usuli (texnologiyasi), saqlash sharoiti, foydalanilgan boshlangʻich xom ashyosi, koʻkarib turgan joyi boʻyicha kelib chiqishi jihatidan umumiy manbaga egami.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bogʻliq jinoyatlarga oid ishlar boʻyicha aybdor giyohvandlik yoki zaharvandlikka yoʻliqqan-yoʻliqmaganligini aniqlash va uni majburiy davolanishga yuborish masalasini hal etish uchun zarur hollarda narkologik ekspertiza oʻtkazilishi lozim.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JK 96-moddasiga muvofiq giyohvandlik yoki zaharvandlikdan majburiy davolash nafaqat ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan, balki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlangan hollarda ham tayinlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga muvofiq, bunday faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan nazorat ostida olish, yaʼni giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni isteʼmol qilish yoki sotish maqsadini koʻzlamasdan olishdan iborat boʻlgan maxsus tadbir amalga oshirilishi mumkin boʻlib, u jinoyat-protsessual qonunining tegishli talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazilishi lozim.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Sudlar mazkur toifadagi ishlar boʻyicha jazo tayinlashda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 1-sonli qarorda berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyatning tashkilotchilari va faol ishtirokchilari, shu jumladan, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni sotuvchilar, oʻtkazuvchilar, bunday vosita yoki moddalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish yoki uning hududi orqali tranzit tarzda oʻtkazgan, shu kabi jinoyatlar uchun muqaddam sudlangan, voyaga yetmaganlarni bunday jinoyatlarga jalb qilgan shaxslar ogʻirroq javobgarlikka tortilishlari lozim.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, sudlar giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlagan, olgan, saqlagan shaxslarga nisbatan, shuningdek, ularni yetishtirgan ayollarga, 60 yoshdan oshgan erkaklarga, voyaga yetmaganlarga va jamiyatdan ajratmagan holda qayta tarbiyalash mumkin boʻlgan boshqa shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlash masalasini muhokama qilishlari shart.
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bogʻliq jinoyatlarga oid ishlar boʻyicha ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi masalani sudlar ularni saqlash, davlatga topshirish va yoʻq qilishning oʻrnatilgan tartibiga qatʼiy amal qilgan holda hukmda hal etishlari lozim.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori hukmlarning bunday turdagi ashyoviy dalillarni yoʻq qilishga oid qismi ijrosi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishlari zarurligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bogʻliq jinoyatlarga oid ishlar sudlar tomonidan bexato koʻrilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar va sudlov xatolarini oʻz vaqtida tuzatish yuzasidan zarur choralar koʻrsinlar.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1995-yil 27-oktabrdagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 21-sonli qarori hamda 1997-yil 22-avgustdagi “Sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1995-yil 27-oktabrdagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining bajarilishi toʻgʻrisida”gi 13-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud raisi Sh. GAZIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi D. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 28-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-son