01.05.2017 yildagi PQ-2940-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.07.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli Farmoniga muvofiq, shuningdek ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mamlakatda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirishning quyidagi asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash respublika, oʻrta va quyi boʻlinmalari faoliyatini tashkil etishning asosiy vazifa va funksiyalarning aniq belgilanishi va taqsimlanishini hamda har bir xodimning oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun shaxsiy javobgarligini nazarda tutuvchi sifat jihatidan mutlaqo yangi tartibini oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, koʻchalar, maydonlar, istirohat bogʻlari, vokzallar, aeroportlar va boshqa jamoat joylarida, shuningdek ommaviy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida xizmatni oʻtashda fuqarolarning huquq va erkinliklariga soʻzsiz rioya etilishini, ularning shaʼni va qadr-qimmatining hurmat qilinishini, muomala madaniyati va odob-axloq qoidalariga qatʼiy amal qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari xodimlari oʻrtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, ular tomonidan xizmatni oʻtash jarayonida, ayniqsa tungi vaqtlarda poraxoʻrlik va vakolatni suiisteʼmol qilish holatlariga barham berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ommaviy va boshqa tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlashning yuqori mobilligi va samaradorligini oshirishga imkon beradigan yangi ish usullarini joriy etish, huquq-tartibotning guruhlar tomonidan buzilishi va ommaviy tartibsizliklarning barvaqt oldini olish hamda bartaraf etishning taʼsirchan tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatining muvofiqlashtirilishi va tashkiliy-uslubiy taʼminlanishini kuchaytirish, mazkur sohaga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ichki ishlar organlarining fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan yaqindan hamkorlik qilish mexanizmlarini rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan, faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun maxsus qabulxonalar, vaqtincha saqlash hibsxonalari va muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi ichki ishlar organlari boʻlinmalari, vazirlik va idoralarning jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirishni va unga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patrul-post xizmati saf boʻlinmalarining javobgarlik hududlariga kirmaydigan joylarda jamoat tartibini va xavfsizlikni taʼminlash tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari), shu jumladan profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasining Patrul-post xizmati brigadasi tarkibida oʻrnatilgan umumiy shtatlar soni doirasida 50 bosh xizmat otlari biriktirilgan Otliq otryad tuzilsin hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq joylarda oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlar chogʻida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlashda yuqori harakatchanlik hamda mobil toʻsiqlar va halqalarning tashkil etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining markaziy koʻchalari, dam olish zonalari va aholi gavjum boʻladigan boshqa joylarda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlarni ushlash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarga yilqichilik asoslarini va ot minib yurish koʻnikmalarini oʻrgatishni tashkil etish, ushbu sohadagi ijobiy xorijiy tajribani oʻrganish va amaliyotga joriy etish, ekstremal vaziyatlarda xizmat otlarini tayyorlash usullari va ulardan foydalanish taktikasini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasining Patrul-post xizmati brigadasi Otliq otryadini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Harbiy-texnika institutining yozgi poligoni bazasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasining Patrul-post xizmati brigadasi Otliq otryadi uchun 50 bosh xizmat otlarini sotib olish, ularning oʻrgatilishini tashkil etish va otliq otryadning toʻlaqonli faoliyatini taʼminlashga oid boshqa masalalarni hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat otlarini tashish uchun moʻljallangan asosan mamlakatimizda ishlab chiqariladigan avtotransport vositalarini, shu jumladan shatakka oluvchi avtomobillar, tirkamalar va yarim tirkamalarni xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning yertoʻla va yarim yertoʻla xonalarida joylashgan vaqtincha saqlash hibsxonalarini qayta qurish va rekonstruksiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzavtosanoat” AK mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining ishlab chiqarish quvvatlarini inobatga olgan holda, xizmat otlarini tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalarining, shu jumladan shatakka oluvchi avtomobillar, tirkamalar va yarim tirkamalarning texnik parametrlarini belgilash va kelishishda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga zarur yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ichki ishlar vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarning ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 1-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2940-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi PQ-2940-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Bosh boshqarma) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — IIV) markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va oʻz vakolati doirasida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlashni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarma aholi gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash, ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish masalalari boʻyicha ichki ishlar organlari boʻlinmalari, vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkiliy-uslubiy taʼminlashni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bosh boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi Kinolog xodimlar va xizmat-qidiruv itlarini tayyorlash markazi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-iyuldagi PF-5773-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2019-y., 06/20/5773/0248-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi jamoat tartibini saqlash boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi jamoat tartibini saqlash boʻlimi Ammiakli selitrani kuzatish bataloni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi jamoat tartibini saqlash boʻlimi Neft mahsulotlarini kuzatish bataloni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi jamoat tartibini saqlash boʻlimi “GM Uzbekistan” AJ mahsulotlari va boshqa qimmatbaho yuklarni kuzatish bataloni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi jamoat tartibini saqlash boʻlimi Yoʻlovchi poyezdlarni kuzatish bataloni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati brigadasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari Patrul-post xizmati batalonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari), transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻlimlari jamoat tartibini saqlash boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat itlari pitomniklari, kinologiya boʻlinmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha saqlash hibsxonalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari;
(3-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konvoy boʻlinmalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bosh boshqarma Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻzining toʻliq nomi yozilgan blank va muhrga ega, shuningdek Bosh boshqarma faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan taʼsis etiladigan oʻz ramziga ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchalar va boshqa jamoat joylarida qayd etilgan hodisalarni, huquqbuzarliklarni kompleks va tizimli tahlil qilish, ularning kelib chiqish sabablari va sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlashni, shu jumladan ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning diplomatik, konsullik va oʻzga turdagi vakolatxonalari, boshqa obyektlar hamda yuklarning qonun hujjatlariga muvofiq qoʻriqlanishini tashkil qilish, shuningdek muomalada boʻlishi cheklangan predmetlar va moddalarni sotib olish, tashish, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish qoidalari buzilishining oldini olish va ularni bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarining oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishlari hamda davlat organlari va tashkilotlarining ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish borasidagi faoliyatlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari faoliyatini tashkiliy-uslubiy jihatdan taʼminlash, ularning doimiy jangovar shayligini hamda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari hamda davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda aholi bilan oʻzaro hamkorligini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflarni, shuningdek jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlashning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Bosh boshqarma quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) koʻchalar va boshqa jamoat joylarida qayd etilgan hodisalarni, huquqbuzarliklarni kompleks va tizimli tahlil qilish, ularning kelib chiqish sabablari va sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchalar va boshqa jamoat joylaridagi hodisalar va huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi axborotlarni soʻrab olish, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek ularning kelib chiqish sabablari va sharoitlarini bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari boʻlinmalarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi faoliyatini oʻrganish va baholash asosida ularning kuch va vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarining faoliyatini taʼminlash, koʻchalar va boshqa jamoat joylarida, postlar va patrul yoʻnalishlarida sodir etilgan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va sharoitlarini aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchalar va boshqa jamoat joylarida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish, mavjud kuch va vositalarni qayta taqsimlash, ulardan samarali foydalanish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroviy va xizmat qurollarining axborot maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritishni tashkillashtirish hamda amalga oshirish, profilaktik tadbirlarni rejalashtirish va oʻtkazish maqsadida ularni tahlil qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi IIV faoliyatini istiqbolli va joriy rejalashtirishda, patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarini rivojlantirishning konsepsiyalari va asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlashni, shuningdek, muomalada boʻlishi cheklangan predmetlar va moddalarni sotib olish, tashish, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish qoidalari buzilishining oldini olishni tashkil etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, ularni sodir etgan shaxslarni ushlash choralarini koʻrish maqsadida koʻchalar va boshqa jamoat joylarida patrullikni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat tartibi va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan xatti-harakatlarni oʻz vaqtida aniqlash, oldini olish va bartaraf etish, shuningdek ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish chogʻida, aholi gavjum boʻladigan joylarda hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni ushlash choralarini koʻrish boʻyicha ichki ishlar organlari faoliyatini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy tadbirlar oʻtkazish obyektlarida va aholi gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash, oʻta xavfli va maxsus yuklarni qoʻriqlash boʻyicha shartnomaviy-huquqiy asosda xizmatlar koʻrsatish;
(6-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-iyuldagi PF-5773-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2019-y., 06/20/5773/0248-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik-texnik vositalardan, shuningdek ichki ishlar organlarining saf hamda tezkor boʻlinmalari kuch va vositalaridan foydalangan holda ommaviy tadbirlar oʻtkazish obyektlariga, aholi gavjum boʻladigan va favqulodda holatlar yuzaga kelgan joylarga borish yoʻllarining toʻsilishini tashkil etish va ularni oʻrab olish chegaralarini hosil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻriqlanadigan obyektlarga kirish joylarida zamonaviy texnik vositalar, shuningdek psixologik-vizual kuzatuv usullari yordamida shaxslar hamda avtotransportlarni koʻzdan kechirishni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-iyuldagi PF-5773-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2019-y., 06/20/5773/0248-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallar, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari, alyuminiy kukunlari va qurumlari muomalada boʻladigan sohada litsenziyalash va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, litsenziya va ruxsat berishga oid talablar hamda shartlarga rioya etilishini nazorat qilish;
(6-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-iyuldagi PF-5773-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2019-y., 06/20/5773/0248-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muomalada boʻlishi qonun hujjatlari bilan cheklangan predmetlar va moddalarning yoʻqotib qoʻyilishi, talon-toroj qilinishi, ulardan boshqa yoki jinoiy maqsadlarda foydalanilganligi holatlari yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarda litsenziyasiz va ruxsatnomalarsiz saqlanayotgan fuqaroviy va xizmat qurollari, ularning oʻq-dorilari, portlovchi materiallar, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari, alyuminiy kukunlari va qurumlarining olib qoʻyilishini, tashilishini hamda saqlash uchun joylashtirilishini tashkil etish, ularni olib qoʻyish va yoʻq qilish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarining oʻzlariga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarishlari hamda davlat organlari va tashkilotlarning ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish borasidagi faoliyatlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari faoliyati ustidan idoraviy nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻriqlanadigan obyektning muhandislik-texnik, yongʻin xavfsizligi, kommunikatsiya tizimlari hamda inshootlarining ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan va aholi gavjum boʻladigan joylar uchun belgilangan xavfsizlik talablariga muvofiqligi, shuningdek obyektlar maʼmuriyati tomonidan ushbu talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish chogʻida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ichki ishlar organlari hamda boshqa vazirlik va idoralarning faoliyatini nazorat qilish va tashkiliy-uslubiy taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroviy va xizmat qurollari, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallar, ammiakli selitra, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari saqlanadigan obyektlarning ishonchli qoʻriqlanishini, ichki va ruxsat bilan kirish tartibiga rioya etilishini hamda hudud, binolar va inshootlarning muhandislik-texnik mustahkamlik, qoʻriqlash va yongʻin xavfsizligi muhandislik-texnik vositalar bilan jihozlanganlik talablariga muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroviy va xizmat qurollari, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallar, ammiakli selitra, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari muomalada boʻladigan sohadagi faoliyatni amalga oshirishda xavfsizlik tizimining zaif jihatlarini tahlil qilib borish, ularni xarid qilish, hisobga olish, taqsimlash, tashish va ulardan maqsadli foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatishning taʼsirchan tizimini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patrullikni, shaxslarni qoʻriqlab borish va boshqa yerga koʻchirishni amalga oshirishda qonuniylikka, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga, shuningdek maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar, vaqtincha saqlash hibsxonalari, muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida fuqarolarni saqlash tartibiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
(6-band “v” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlarining maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari, muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari va kinologiya boʻlinmalari faoliyatini taʼminlash;
(6-band “v” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop va portlovchi moddalar, qurollar, oʻq-dorilarning noqonuniy muomalada boʻlishiga qarshi kurashishni, oʻta muhim obyektlarni qoʻriqlashni, qoʻporuvchi — terrorchi tuzilmalarning yoʻq qilinishini taʼminlash uchun yuqori malakali kinolog mutaxassislar va xizmat itlarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrgatishning turli usullari qoʻllanishi mumkin boʻlgan nasldor xizmat itlarini tanlash va yetishtirish hamda ularga veterinariya xizmati koʻrsatishning samarali tizimini yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patrul-post xizmati saf boʻlinmalari, kinologiya va konvoy boʻlinmalari, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar, vaqtincha saqlash hibsxonalari va muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarining infratuzilmasini takomillashtirish hamda moddiy-texnika va oʻquv-texnika bazasini mustahkamlashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
(6-band “v” kichik bandining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi gavjum boʻladigan joylarda, ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish hamda xorijiy davlatlarning rasmiy delegatsiyalari tashrifi chogʻida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlashga jalb etiladigan ichki ishlar organlari boʻlinmalarining, vazirlik va idoralarning oʻzaro hamkorligini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari faoliyatini tashkiliy-uslubiy jihatdan taʼminlash, ularning doimiy jangovar shayligini hamda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha hamkorligini tashkil etish sohasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari faoliyatiga doir kompleks ish rejalarini, jamoat tartibini va jamoat xavfsizligini samarali saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchalar va boshqa jamoat joylarida jamoat tartibi va xavfsizligini saqlashni tashkillashtirishga oid uslubiy hamda boshqa materiallarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari faoliyatining oʻrganilishi hamda nazorat tekshiruvlari oʻtkazilishini tashkil etish va amalga oshirish, aniqlangan kamchilik va nuqsonlarning bartaraf etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchalar va boshqa jamoat joylaridagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va fosh etish boʻyicha patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari faoliyati samaradorligini tahlil va monitoring qilish, shuningdek ushbu faoliyat samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha sharhlar va takliflar tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy tadbirlar oʻtkazish obyektlari va aholi gavjum boʻladigan joylarda, shuningdek favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlashning zamonaviy usullari, vositalari va tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish;
(6-band “g” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-iyuldagi PF-5773-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2019-y., 06/20/5773/0248-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band “g” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-iyuldagi PF-5773-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2019-y., 06/20/5773/0248-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kinolog mutaxassislar va xizmat itlarini tayyorlash hamda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatlarning oldini olish va ularni fosh etishda ulardan foydalanishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari, davlat organlari, shu jumladan, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan axborot almashish hamda hamkorlikdagi tadbirlarni rejalashtirish va oʻtkazishni oʻrnatilgan tartibda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilik fikrini monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik profilaktikasi va uning oldini olish masalalarida ichki ishlar organlariga yordam bergan va oʻrnak koʻrsatgan fuqarolarni ragʻbatlantirish choralarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
postlar va patrullik yoʻnalishlarida ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha boshqa boʻlinmalari, davlat organlari va tashkilotlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari, fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan hamkorlikni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari tomonidan tezkor-qidiruv faoliyatining hamda jinoyatlarning oldini olish, ularni fosh etish va jinoyatchilarni ushlash boʻyicha boshqa tadbirlarning amalga oshirilishida ularga koʻmaklashishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy ichki ishlar organlari, huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar va ichki xavfsizlik boʻlinmalari bilan hamkorlikda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalari, boshqa obyektlarni qoʻriqlash, terrorchilik harakatlari va boshqa jinoiy tajovuzlarni aniqlash hamda ularga barham berish boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band “g” kichik bandining oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-iyuldagi PF-5773-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2019-y., 06/20/5773/0248-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi, ijtimoiy moslashuvi va ularni davolash muassasalariga yuborish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
(6-band “g” kichik bandining oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ammiakli selitraning muomalada boʻlishi sohasida xavfsizlik choralarini amalga oshirishga jalb etilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikni yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veterinariya va veterinariya-sanitariya qoidalari hamda normalariga rioya etilishini nazorat qilishda, epizootiyaga qarshi va karantin-cheklov tadbirlarini oʻtkazishda davlat veterinariya xizmati organlariga amaliy yordam koʻrsatilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflarni, shuningdek jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlashning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini bevosita ishlab chiqish va ishlab chiqishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha idoralararo hujjatlar va bitimlar loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIVning manfaatdor boʻlinmalari bilan birgalikda ishlab chiqishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat organlariga jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tizimini takomillashtirish, koʻchalar va boshqa jamoat joylarida yuzaga kelayotgan tezkor vaziyatning videokuzatuvini, shu jumladan, psixologik vizual tahlilni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda, berilgan litsenziyalash va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarning yagona reyestrini shakllantirishda, shuningdek tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning boʻlinmalari bilan elektron axborot almashishni amalga oshirishda zamonaviy ilmiy-texnik vositalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng qoʻllanilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlashning ijobiy xalqaro tajribasi, ilgʻor vositalari, shakllari, uslublari va taktik usullarini oʻrganish hamda amaliy faoliyatga joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Bosh boshqarmaning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bosh boshqarma oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi IIV boʻlinmalaridan, boshqa davlat organlari va tashkilotlardan boshqaruv qarorlarini qabul qilish, axborot-tahliliy va hisobot maʼlumotlarini tayyorlash uchun zarur boʻlgan hujjatlar (ularning nusxalari), maʼlumotlar va boshqa materiallarni soʻrash hamda olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarining hujjatlari va materiallari bilan tanishish, ularning ijrosi haqida zarur maʼlumotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, Hayʼat majlisi va tezkor yigʻilishlarda koʻrib chiqish uchun materiallar, axborot-tahliliy va boshqa hujjatlarni tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi IIVning tegishli boʻlinmalarini oʻrnatilgan tartibda jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga kiritish uchun huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalaridan patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari zimmasiga yuklatilgan tadbirlarni amalga oshirishda koʻmaklashishni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hal qilish maqsadida ichki ishlar organlari maʼlumotlar bazasidan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarma faoliyatiga oid masalalar yuzasidan xizmat tekshiruvlari materiallari va boshqa hujjatlar bilan tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarida qonuniylikka va xizmat intizomiga rioya etilishi ahvolini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari xodimlari tomonidan qonuniylik va xizmat intizomini buzishga oid aniqlangan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarining moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash, xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bosh boshqarma quyidagi majburiyatlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini himoya qilish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida zarur choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarining ish faoliyati haqida zarur maʼlumotlarni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bosh boshqarma oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni samarali bajarilishi uchun javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bosh boshqarmaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarma boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bosh boshqarma boshligʻi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarma faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi va Bosh boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalar, funksiyalar hamda majburiyatlarning tegishli tarzda bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlaydi, ular zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarmaning ish rejalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolat doirasida koʻrsatmalar chiqaradi va Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarining barcha shaxsiy tarkibi tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan farmoyishlar loyihalarini kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish jarayonida ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari bilan hamkorlikni muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, boshqa lavozimga oʻtkazish va ularning kasbiy tayyorgarligi hamda xizmat intizomiga rioya etishlarini tashkil qiladi, patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari xodimlarini oʻrnatilgan tartibda qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarma xodimlariga maxsus unvonlar berish, ularni ragʻbatlantirish, shu jumladan mukofotlash va ularga intizomiy jazolarni qoʻllash haqida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga oʻrnatilgan tartibda taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarma xodimlarini oʻrnatilgan tartibda xizmat safarlariga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida Bosh boshqarma xodimlariga taʼtil beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrnatilgan tartibda Bosh boshqarmada safarbarlik tayyorgarligini tashkil etadi va taʼminlaydi, shuningdek fuqaro muhofazasi tadbirlarining bajarilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarma boʻlinmalarida maxfiylik tartibotiga rioya etilishi, shu jumladan axborotlarni texnik himoyalash boʻyicha tadbirlarning tashkil etilishi uchun javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari faoliyati ustidan bevosita va oʻzining oʻrinbosarlari orqali nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari boʻyicha patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari xodimlarining xatti-harakatlarining qonuniyligi, shuningdek xodimlar tomonidan qonun buzilishining har bir aniqlangan holati yuzasidan oʻrnatilgan tartibda tekshiruvlar oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarining shtatlar sonini qayta taqsimlash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarmaga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bosh boshqarma boshligʻi yoʻqligida uning vakolatlari birinchi oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Safdorlar tarkibidan tashqari, Bosh boshqarma xodimlari Bosh boshqarma boshligʻining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmasining jamoat tartibini saqlash boʻlimi xodimlari esa Bosh boshqarma boshligʻi bilan kelishilgan holda Transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi boshligʻining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari boshliqlari Bosh boshqarma boshligʻi bilan kelishilgan holda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining), transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻlimlarining jamoat tartibini saqlash boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari) boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining), transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻlimlarining jamoat tartibini saqlash boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari) xodimlari tegishincha tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari), transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻlimlari boshliqlarining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ish yuritish va maxfiylik rejimi boʻyicha tadbirlar Bosh boshqarma tomonidan mustaqil ravishda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarini qurol-aslaha, maxsus texnika va boshqa moddiy-texnika vositalari hamda mulk bilan taʼminlash oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 20-son, 357-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son; 26.07.2019-y., 06/20/5773/0248-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 07/21/5235/0840-son, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)