1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 6-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2878]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 6-noyabrdagi 515-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3085, 06.11.2018-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2018-y., 10/18/3085/2163-son).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasidan kelib chiqqan holda Respublika kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Kengash raisi A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 14-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2017-yil 14-martdagi 1-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi), Kengashning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy komissiyalari (bundan buyon matnda viloyat komissiyalari deb yuritiladi), tuman va shahar hududiy komissiyalari (bundan buyon matnda tuman komissiyalari deb yuritiladi), nazorat qiluvchi organlar va ularning hududiy boʻlinmalari (bundan buyon matnda nazorat qiluvchi organlar deb yuritiladi) xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatida tekshirishlarni tashkil etish va oʻtkazishda xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda kredit bitimlarida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari doirasida, shuningdek norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari va vakolatxonalari, tugatilib, qoʻshib yuborilib (olinib), davlat reyestridan chiqarilgan subyektlar, budjet va jamoat tashkilotlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshirishlarni muvofiqlashtirishga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar va ularning taʼriflari qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyekt — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat qiluvchi organlar — xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirish — xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonunlar hamda ular faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari qanday bajarilayotganligini nazorat qiluvchi organlarning bir marta nazorat qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rejali tekshirish — Kengash tasdiqlagan tekshirishlar reja-jadvaliga asosan oʻtkaziladigan tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompleks tekshirish — Kengash tasdiqlagan rejalar asosida ikki yoki undan ortiq nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) — soliq va valyuta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hamda boshqa hujjatlarini oʻrganish va taqqoslash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqa muddatli tekshirish — nazorat qiluvchi organlar jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida amalga oshiradigan tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tartibida tekshirish — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ilgarigi tekshirishda koʻrsatilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etishi ustidan nazorat qiluvchi organlar amalga oshiradigan tekshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish, jumladan tekshirish oʻtkazishga ruxsat berish, tekshirish oʻtkazishni rad etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yoki ayrim masalalarga qoʻshimcha aniqlik kiritgan holda qayta murojaat etish, tekshirishlar reja-jadvaliga oʻzgartirish kiritish, tekshirish muddatini oʻzgartirish, uzaytirish, tekshirishlarga boshqa nazorat qiluvchi organlarni qoʻshish hamda tekshirishlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar boʻyicha qarorlar tegishlicha Kengash raisi (uning oʻrinbosarlari) yoki mazkur Nizomda nazarda tutilgan vakolatlar doirasida viloyat komissiyalari raislari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash va uning hududiy komissiyalari majlislarida koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjatlar tegishlicha Kengash raisi va uning hududiy komissiyalari raislari tomonidan imzolanadigan qaror shaklida, Kengash va uning hududiy komissiyalari majlislari oraligʻida tezkor koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan hujjatlar xat shaklida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida oʻtkaziladigan tekshirishlar muddati 30 kalendar kundan oshmasligi kerak. Alohida hollarda Kengash tomonidan bu muddat koʻpi bilan 30 kalendar kunga uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklari — kichik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan rejali tekshirishlarni oʻtkazish muddati 10 kalendar kunidan iborat boʻlib, bu muddat uzaytirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida hollarda asosli sabablarga koʻra (tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq ijrosi sud tomonidan toʻxtatilganda, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari (xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda, uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tekshirishda ishtirok eta olmaganda) tekshirish Kengash raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan vaqtincha toʻxtatilishi mumkin. Bunda tekshirish oʻtkazish muddatini hisoblash ham toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tekshirishlarni muvofiqlashtirish masalalari bilan shugʻullanuvchi mansabdor shaxslar, masʼul xodimlar ishlab chiqilayotgan tekshirishlar reja-jadvali loyihasidagi hamda rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingunga qadar olinadigan axborotlarning maxfiyligi va ushbu axborotdan faqat xizmat maqsadlarida foydalanilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tegishli asoslar mavjud boʻlganda (xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari (xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda, uning vazifasini bajaruvchi shaxs) yoki tekshirishda ishtirok etishi lozim boʻlgan sohaviy mutaxassislar yoʻqligi va boshqa obyektiv sabablar) tekshirish muddatini oʻzgartirish yoki mazkur Nizomning 5-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan asoslarga koʻra tekshirish muddatini toʻxtatib turish Kengash tomonidan, tekshirishlarni oʻtkazish yoki ularda ayrim nazorat qiluvchi organlar ishtirok etishi imkoni boʻlmaganligi sababli ularni kechroq muddatlarga koʻchirish viloyat komissiyalari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga kiritilgan yoki Kengash qaroriga asosan qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatini tekshirishga tegishli nazorat qiluvchi organning yuqori tashkilotining buyrugʻiga asosan ushbu nazorat qiluvchi organ va uning tarkibiy boʻlinmalarining xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish huquqiga ega boʻlgan xodimlari jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlarning yuqori tashkilotlari tekshirishlar reja-jadvaliga kiritilgan yoki Kengash qarori bilan ruxsat berilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkaziladigan tekshirishlarni amalga oshirishni oʻzlarining quyi boʻlinmalariga topshirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Nazorat qiluvchi organlar rejali tekshirish haqida tekshirishni oʻtkazish boshlanishi belgilangan muddatdan kamida 30 kalendar kun oldin xoʻjalik yurituvchi subyektni tekshirishdan oʻtkazish muddati va predmetini koʻrsatgan holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar ularda oʻtkazilayotgan tekshirish haqidagi va ular faoliyatini tekshirishga ruxsat olgan nazorat qiluvchi organlarning nomi toʻgʻrisidagi axborotni Kengash yoki uning hududiy komissiyasi ishchi organlaridan yozma shaklda yoki axborot tizimlaridan foydalangan holda elektron shaklda bepul olishga haqlidirlar. Nazorat qiluvchi organlar tekshirishlar reja-jadvalidan koʻchirmalarni oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻtkazilgan tekshirish natijalaridan rozi boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar nizoli masalalarga aniqlik kiritish uchun nazorat qiluvchi organlarning yuqori tashkilotlariga, sudga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki boshqa idoralarga yozma yoki elektron shaklda murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar nizoli masalalarga aniqlik kiritish uchun nazorat qiluvchi organlarning yuqori tashkilotlariga murojaat etgan taqdirda, nazorat qiluvchi organlar oʻzlarining yuqori tashkilotlari buyruqlari asosida Kengash yoki uning hududiy komissiyalari bilan qoʻshimcha ravishda kelishmasdan, faqat xoʻjalik yurituvchi subyektlarning murojaatlarida koʻrsatilgan nizoli masalalar yuzasidan aniqlik kiritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hududiy davlat soliq xizmati organlari tomonidan boshqa tumanlarda (shaharlarda) roʻyxatdan oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish, ularning ishlab chiqarish joylari, savdo shoxobchalari va xizmat koʻrsatish (ish bajarish) joylari qayerda joylashganidan qatʼi nazar, takroriylikni istisno etgan holda, tadbirkorlik subyekti roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan boʻlinmalari (filiallari) faoliyatini rejali tekshirishlar, ular qaysi yuridik shaxs tarkibiga kirsa, shu yuridik shaxsda oʻtkaziladigan tekshirishlar doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Rejali tekshirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tadbirkorlik subyektlarida oʻtkaziladigan tekshirishlar reja-jadvali loyihasi mazkur Nizomning 1-ilovasidagi tartib va muddatlarda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarning yillik va yil choraklariga moʻljallangan muvofiqlashtirilgan reja-jadvallarini shakllantirish tamoyillari toʻgʻrisidagi tasdiqlangan qoidalariga qatʼiyan muvofiq holda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Nazorat qiluvchi organlarning markaziy apparati tekshirish rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning 1-iyuligacha boʻlgan muddatda oʻzi nazorat qiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarining aniq roʻyxatlarini ularning manzili, toʻliq nomi, soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqami, rejali tekshirish davriyligini koʻrsatgan holda elektron shaklda Kengash ishchi organiga taqdim etishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan rejali tartibda koʻpi bilan toʻrt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar esa koʻpi bilan uch yilda bir marta, faqat Kengashning qaroriga binoan oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar koʻpi bilan besh yilda bir marta amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshiruvlardan oʻtkazilmaydi, mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining budjet mablagʻlaridan hamda markazlashtirilgan mablagʻlar va resurslardan belgilangan maqsadda foydalanilishi bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshiruvlardan oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning birinchi — toʻrtinchi xatboshilarda koʻrsatilgan tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda toʻlanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejali tekshirishlar, moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishlardan tashqari, qoidaga koʻra, kompleks tekshirishlar koʻrinishida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yillik tekshirishlar reja-jadvali loyihasiga yoki tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga choraklik oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar mazkur Nizomning 2-ilovasiga, tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish toʻgʻrisidagi takliflar mazkur Nizomning 2a-ilovasiga muvofiq kameral nazorat natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar koʻrsatilgan holda hamda muvofiqlashtirish reja-jadvallarini shakllantirish tamoyillari toʻgʻrisidagi tasdiqlangan qoidalariga qatʼiyan muvofiq holda taqdim etilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tekshirishlar reja-jadvalini ishlab chiqishda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar reja-jadvali loyihasiga kiritish uchun tegishli takliflar quyidagicha taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash ishchi organiga — nazorat qiluvchi organlarning markaziy apparati tomonidan tekshiriladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat komissiyalarining ishchi organlariga — nazorat qiluvchi organlarning viloyat va tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan tekshiriladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar yoki ularning boʻlinmalari tomonidan Kengash yoki viloyat hududiy komissiyalari ishchi organlariga mazkur Nizomning 1-ilovasida belgilangan muddatlardan keyin taqdim etilgan yoki mazkur Nizomning 2 va 2a-ilovasida belgilangan shaklga mos ravishda taqdim etilmagan takliflar koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Nazorat qiluvchi organlarning takliflari asosida Kengash ishchi organi tomonidan yillik tekshirishlar reja-jadvali loyihasi ishlab chiqiladi va Kengash qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xoʻjalik yurituvchi subyektlar quyidagi hollarda tekshirishlar reja-jadvali loyihasiga kiritilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish tegishli nazorat qiluvchi organning vakolatiga kirmaydigan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishlarning yillik va yil choraklariga moʻljallangan muvofiqlashtirilgan reja-jadvallarini shakllantirishning tamoyillari toʻgʻrisidagi tasdiqlangan qoidalar shartlariga rioya etilmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tugatilgan yoki tugatish jarayonida boʻlsa, shuningdek ular bankrot deb eʼlon qilingan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularning reja-jadvalga kiritilishi qonun hujjatlariga, Kengash qabul qilgan qarorlarga va mazkur Nizomning 14-bandiga zid boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyektda yil davomida bir martadan ortiq rejali tekshirish oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻz faoliyatini tekshirishni soʻrab, asoslantirilgan iltimos bilan murojaat etgan taqdirda unda rejali tekshirish oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tekshirishlar reja-jadvali loyihasiga kiritish uchun taqdim etilgan takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish reja-jadval loyihasini ishlab chiqishning barcha bosqichlarida Kengashning va uning viloyat komissiyalari ishchi organlari tomonidan, zaruriyat boʻlganda nazorat qiluvchi organlar vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Nazorat qiluvchi organlar mazkur Nizomning 14 — 17-bandlaridagi talablarga binoan joriy yil uchun tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvalidagi subyektning yuridik manzili rejali tekshirish muddatiga qadar boshqa hududga oʻzgarganda ushbu subyektda tekshirish oʻtkazishni rejalashtirgan nazorat qiluvchi organi hududiy boʻlinmalari subyektning yangi manzilidagi ushbu nazorat qiluvchi organining hududiy boʻlinmalariga xat yuboradi va ular tomonidan rejali tekshirish oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishlar reja-jadvali loyihasini ishlab chiqish Kengash va viloyat hududiy komissiyalari ishchi organlari tomonidan “Tekshirishlarni muvofiqlashtirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvali Kengashning va nazorat qiluvchi organlarning rasmiy saytlariga joylashtiriladi hamda matbuotda chop etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Rejadan tashqari tekshirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Rejadan tashqari tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan quyidagi asoslar mavjud boʻlgan hollarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarning tugatilayotganida, bunda tugatuvchining yoki yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning bildirishi asosida 30 kalendar kundan oshmagan holda tekshirishlar oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi holatlari boʻyicha bergan murojaatlari kelib tushganda qisqa muddatli tekshirish shaklida bir ish kunida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Nazorat qiluvchi organlarga xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar ushbu nazorat qiluvchi organlar tomonidan dastlab oʻrganib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda murojaatning anonim emasligi, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi, qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiqligi, shuningdek unda bayon etilgan masalalarni oʻrganish ushbu nazorat qiluvchi organ vakolatiga tegishli ekanligi, murojaatda qayd etilgan holatlarni tekshirish davomida oʻrganish imkoni mavjudligi, murojaatda koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyat yuritayotganligi oʻrganib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar murojaatni koʻrib chiqish doirasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirish zarurati yuzaga kelsa, nazorat qiluvchi organning markaziy apparati Kengashga ishchi organiga qisqa muddatli tekshirish oʻtkazishga ruxsat berish soʻralayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi yoki tekshirilishi lozim boʻlgan shoxobchasi (shoxobchalari), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, uning manzili, faoliyat turi, ushbu xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan talablari buzilgan qonun hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va tekshirish oʻtkazish moʻljallangan muddatni koʻrsatgan holda qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish toʻgʻrisida xat yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlarning quyi tuzilmalari yuqoridagi maʼlumotlarni toʻliq koʻrsatgan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlarda qisqa muddatli tekshirish oʻtkazishga ruxsat berish toʻgʻrisida oʻzlarining markaziy apparatiga murojaat qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatga tekshirishda oʻrganilishi lozim boʻlgan masalalar boʻyicha unifikatsiyalashgan nazorat savolnomasi asosida ishlab chiqilib, nazorat qiluvchi organ rahbari tasdiqlagan tekshirish dasturi ilova qilinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Nazorat qiluvchi organlarning xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi murojaatining asosliligi, tekshirish dasturining nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiqligi Kengash ishchi organi tomonidan, zaruratga qarab nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda, oʻrganib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrganish natijalariga koʻra qisqa muddatli tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaatlar boʻyicha Kengash ishchi organi tomonidan qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish, rad etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yoki ayrim masalalarga qoʻshimcha aniqlik kiritgan holda qayta murojaat etish toʻgʻrisidagi takliflar murojaatlar kelib tushgandan keyin besh ish kunida tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish boʻyicha tayyorlangan takliflar Kengash raisi oʻrinbosari bilan kelishilgan holda Kengash raisiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organning xatini oʻrganish natijasida qisqa muddatli tekshirish ruxsat berish uchun asoslar mavjud emasligi aniqlangan taqdirda soʻralgan tekshirishni rad etish toʻgʻrisida Kengash raisi oʻrinbosariga taklif kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, sanitariya-epidemiologiya vaziyati murakkablashishi, shuningdek boshqa davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli bilan bogʻliq qisqa muddatli tekshirishlarga ruxsat berish toʻgʻrisidagi taklif, nazorat qiluvchi organlar murojaati asosli boʻlgan taqdirda murojaat kelib tushgan kuni tayyorlanib, bir ish kuni davomida Kengash raisi oʻrinbosari bilan kelishilgan holda Kengash raisiga yuboriladi.
(22-bandning beshinchi xatboshisi Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2017-yil 22-sentabrdagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2878-2, 13.10.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi murojaat yoki tekshirish dasturi belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan yoxud qonun hujjatlarida belgilangan asoslar murojaatda toʻliq koʻrsatilmagan hollarda Kengash ishchi organi besh ish kunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yoki ayrim masalalarga qoʻshimcha aniqlik kiritgan holda qayta murojaat etish uchun ular tegishli nazorat qiluvchi organga Kengash kotibi imzosi bilan qaytarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Kengash ishchi organi tomonidan qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi qaror Kengash raisi tomonidan imzolangandan keyin bir ish kunida tegishli nazorat qiluvchi organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatida qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda tekshirish dasturi Kengash ishchi organi tomonidan kelishilib, unga Kengash qarori raqami, kelishilgan kun sanasi qayd etiladi va Kengash kotibi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslarning xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonun hujjatlari buzilganligi holatlari boʻyicha bevosita Kengashga berilgan murojaatlari asosida qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday murojaatlar mazkur Nizomda belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun tegishli nazorat qiluvchi organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Yuqori nazorat qiluvchi organlar oʻzlarining hududiy boʻlinmalariga xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini qisqa muddatli tekshirish haqidagi topshiriqlarni ularni oʻtkazish boʻyicha faqatgina tekshirish oʻtkazishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi Kengash qarori boʻlgan taqdirdagina yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Nazorat tartibida tekshirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Nazorat tartibida tekshirishlarni oʻtkazish nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning oʻzlari ilgari oʻtkazgan tekshirish natijalari boʻyicha faqat dalolatnomada (maʼlumotnomada) belgilangan holatlar boʻyicha va muddatlarda yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt murojaatiga asosan undan oldinroq muddatlarda, bir ish kuni davomida nazorat qiluvchi organning buyrugʻi asosida Kengash yoki uning viloyat komissiyasi qoʻshimcha qarorisiz amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyekt tekshirish natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnomada (maʼlumotnomada) belgilangan muddatlarda nazorat tartibida tekshirishlar oʻtkazishga rozi boʻlmasa, xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki nazorat qiluvchi organning murojaatlari asosida nazorat tartibidagi tekshirish muddati Kengash yoki viloyat komissiyalarining qarorlari bilan belgilanadi. Bunda oʻtkazilgan tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnoma (maʼlumotnoma) nazorat tartibida tekshirish oʻtkazish zarurligi uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tekshirishlarni oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Nazorat qiluvchi organlar tekshirishni tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvali yoki Kengashning qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi qarori, nazorat qiluvchi organ rahbarining buyrugʻi hamda tekshirish dasturiga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishda nazorat qiluvchi organning vakolatlari va tekshirish dasturida belgilangan masalalar doirasidan chetga chiqilmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻida tekshiriladigan subyekt nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, tekshirish maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi, tekshiriladigan davr, tekshirish oʻtkazish muddati va tekshirish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjat nomi, raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qisqa muddatli tekshirishlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqlarda tekshiriladigan davr jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlaridagi holatdan kelib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tekshiruvchi mansabdor shaxslar tekshirish boshlanishidan oldin xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbarini (xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda, uning vazifasini bajaruvchi shaxsni) tekshirish maqsadi bilan tanishtiradi, unga oʻz xizmat guvohnomasi va tekshirish oʻtkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomasini koʻrsatadi, shuningdek tekshirishni oʻtkazishga asos boʻladigan hujjatlar (tekshirishlar reja-jadvalidan koʻchirma yoki Kengashning qisqa muddatli tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori, nazorat qiluvchi organning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi va tekshirish dasturi) nusxalarini tilxat olingan holda unga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tekshirish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar nusxasi tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektga tilxat olingan holda topshirilgan payt tekshirishni oʻtkazish boshlangan payt hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortganligi tekshirishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan uning oʻzi va tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari (xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda, uning vazifasini bajaruvchi shaxs) imzolaydigan dalolatnoma tuziladi. Mazkur dalolatnomani xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari (xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda, uning vazifasini bajaruvchi shaxs) imzolashdan bosh tortganda, dalolatnomaga tekshiruvchi tomonidan tegishli yozuv kiritiladi. Bu holda dalolatnoma imzolangan payt tekshirishni oʻtkazish boshlangan payt hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tekshiruvchi mansabdor shaxslar xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilgan “Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi”ni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻldirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik imkoniyat mavjud boʻlganda majburiy tartibda “Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi”ning elektron shakli toʻldiriladi. Bunda “Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi”ning qogʻoz shaklini toʻldirish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada “Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi”ning toʻldirilgan shakli (qogʻoz shakli toʻldirilganda — elektron shakli toʻldirilmaganligi sababi) yoki kitob taqdim etilmaganda — uni taqdim etilmaganligi toʻgʻrisida tekshiruvchi tomonidan tegishli yozuv kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tekshirish bilan xoʻjalik yurituvchi subyektning bevosita tekshirish oʻtkazish yilidan oldingi toʻrt kalendar, moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha tekshirishda besh kalendar yildan koʻp boʻlmagan faoliyati qamrab olinishi mumkin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirish oʻtkazilayotgan kalendar yil davrlari tekshirilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirishni oʻtkazayotgan nazorat qiluvchi organ tomonidan ilgari tekshirilgan masalalar boʻyicha qayta tekshirish oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning qoidalari qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari doirasida oʻtkaziladigan tekshirishlarga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Rejali tekshirish boshlangandan keyin tekshirishda ishtirok etishi lozim boʻlgan shaxs kasalligi tufayli ishtirok eta olmasa yoki talab etilgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda tekshirish nazorat qiluvchi organning buyrugʻi asosida toʻxtatilib, nazorat qiluvchi organning asoslangan murojaati asosida tekshirishning qolgan muddati Kengash tomonidan boshqa vaqtga koʻchirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Xoʻjalik yurituvchi subyektning moliya-xoʻjalik faoliyati yuzasidan oʻtkaziladigan rejali tekshirishni subyekt roʻyxatdan oʻtgan manzilda oʻtkazish imkoniyati boʻlmagan taqdirda (binosi, kompyuter, stol va stul mavjud emasligi), xoʻjalik yurituvchi subyektning roziligi bilan ushbu subyekt roʻyxatdan oʻtgan hududdagi davlat soliq inspeksiyasi binosida oʻtkazish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tekshirishlar natijalari dalolatnoma (maʼlumotnoma) bilan rasmiylashtiriladi. Tekshirish dalolatnomasi (maʼlumotnomasi) kamida ikki nusxada tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish dalolatnomasining (maʼlumotnomaning) nusxalari nazorat qiluvchi organning tekshirish oʻtkazayotgan mansabdor shaxsi (shaxslari) va xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari (xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda, uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tomonidan imzolanadi va bir nusxasi xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariga (xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda, uning vazifasini bajaruvchi shaxsga) uni olgan sanani koʻrsatgan holda imzo qoʻydirib topshiriladi va shu paytdan eʼtiboran tekshirish tugagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻtkazilgan tekshirish natijasi boʻyicha oʻz eʼtirozlarini dalolatnomada (maʼlumotnomada) yozma ravishda aks ettirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani (maʼlumotnomani) olishdan va (yoki) uni imzolashdan bosh tortganda, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi bu haqda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga (maʼlumotnomaga) tegishli yozuv kiritadi va shu paytdan eʼtiboran tekshirish tugagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu holda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning (maʼlumotnomaning) bir nusxasi bir ish kuni davomida xoʻjalik yurituvchi subyektga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish natijalari toʻgʻrisida dalolatnoma (maʼlumotnoma) nazorat qiluvchi organning ichki idoraviy hujjati bilan belgilangan tartibda roʻyxatga olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining aʼzosi boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish tadbirkorlik faoliyati subyektlari soʻroviga koʻra mazkur birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi, soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan oʻzining mijoziga unda davlat soliq xizmati organlari tomonidan ular oʻrtasida tuzilgan shartnoma mavjud boʻlgan hollarda tekshirish oʻtkazish vaqtida soliq maslahatlari boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, tekshirish oʻtkazish vaqtida xoʻjalik yurituvchi subyektlari advokat xizmatidan foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida koʻrsatilgan birlashmalar vakillari, soliq maslahatchilarini, advokatlarni tekshirishda ishtirokini taʼminlash xoʻjalik yurituvchi subyektlar tashabbusi bilan amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Nazorat qiluvchi organlar asosli sabablarga koʻra tekshirish oʻtkazish imkoni boʻlmagan yoki zarurati qolmagan (tugatilganligi sababli moliya-xoʻjalik faoliyati yuzasidan yakuniy tekshirish oʻtkazilgan, jinoyat ishi yuzasidan tekshirilgan, bankrot deb eʼtirof etilgan, boshqa subyektga qoʻshilgan, faoliyat yuritmayotgan, tekshirish davrida tekshiriladigan obyekt mavjud boʻlmagan) xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirish belgilangan muddatlardan oldinroq reja-jadvaldan chiqarish toʻgʻrisidagi takliflarni Kengash hududiy komissiyalari yoki nazorat qiluvchi organlarning markaziy apparati orqali Kengashga kiritib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Nazorat tartibida tekshirishlar mazkur Nizomning 27-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan buyruq asosida, 28 — 33-bandlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi va natijalari 34-bandida belgilangan tartibda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Nazorat qiluvchi organlarning Kengash (viloyat komissiyalari) bilan qoʻshimcha ravishda kelishuvsiz amalga oshiriladigan nazorat vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Nazorat qiluvchi organlar zimmalariga qonun hujjatlari bilan yuklatilgan ayrim nazorat vazifalarini mazkur Nizomning 3-ilovasida nazarda tutilgan hollarda Kengash bilan qoʻshimcha ravishda kelishuvsiz amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan Kengash bilan qoʻshimcha ravishda kelishuvsiz amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari nazorat qiluvchi organ rahbari yoki oʻrinbosarining buyrugʻi hamda tasdiqlangan dastur asosida amalga oshirilib, natijasi boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma (maʼlumotnoma) rasmiylashtiriladi va uning bir nusxasi sanani koʻrsatgan holda nazorat tadbiri oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan mazkur bobga muvofiq oʻtkazilgan nazorat tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishlicha yil (chorak) yakuni bilan keyingi oyning 10-sanasiga qadar Kengash ishchi organiga taqdim etilib, ular tekshirishlar toʻgʻrisidagi davriy maʼlumotlarga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Tekshirishlarni oʻtkazilishi monitoringi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Tekshirishlar reja-jadvaliga rioya etilishi monitoringini Kengash va uning viloyat, tuman komissiyalarining ishchi organlari olib boradilar, ular Kengashning barcha darajadagi hududiy komissiyalarining joylardagi nazorat qiluvchi organlar bilan oʻzaro doimiy aloqasini taʼminlaydilar hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshirilgan tekshirishlar toʻgʻrisidagi axborotlarni “Tekshirishlarni muvofiqlashtirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi maʼlumotlar bazasiga kiritgan holda oyma-oy tahlil qilib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Nazorat qiluvchi organlarning markaziy apparatlari Kengash ishchi organiga, hududiy boʻlinmalari tegishlicha viloyat va tuman hududiy komissiyalariga yilning har choragida oʻtkazilgan tekshirishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mazkur Nizomning 4-ilovasida belgilangan shakl va muddatlarda taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman hududiy komissiyalari bu maʼlumotlarni umumlashtiradi va ularni viloyat hududiy komissiyasiga, viloyat hududiy komissiyalari esa Kengash ishchi organiga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar va ularning hududiy boʻlinmalari har oyning 3-sanasigacha ular tomonidan oʻtgan oyda oʻtkazilgan tekshirishlarning boshlangan va tugallangan sanasi, samaradorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishlicha Kengash, viloyat va tuman komissiyalarining ishchi organlariga kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun yozma yoki elektron shaklda taqdim etib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtkazilgan qisqa muddatli tekshirish yakunlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tekshirishda aniqlangan holatlar yuzasidan nazorat qiluvchi organ vakolati doirasida chora koʻrish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin 10 kunlik muddat ichida tegishlicha Kengash, viloyat va tuman hududiy komissiyalarining ishchi organlariga maʼlumot taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Kengash, viloyat va tuman hududiy komissiyalari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyati noqonuniy tekshirilganligi aniqlangan taqdirda tegishli choralar koʻrish uchun bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Kengash va uning hududiy komissiyalari ishchi organlari xodimlari, shuningdek nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari mazkur Nizom talablariga rioya etishlari, tekshirish munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlgan tijorat siri, xizmat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlar, shuningdek oshkor etilmagan axborotini uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi, oʻz vakolatlari va nazorat sohasi doirasidan tashqari masalalar boʻyicha har qanday tekshiruvlar oʻtkazmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va toʻsqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz toʻxtatib qoʻyganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zarar bevosita aybdorlardan undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan Kengash va hududiy komissiyalar ishchi organlarining xodimlari, shuningdek, nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishlar reja-jadvallarini ishlab chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI

Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
________________________________________________ tomonidan
(nazorat qiluvchi organning nomi)
oʻtkaziladigan 20___ yil (__ chorakka qoʻshimcha kiritish uchun) tekshirishlar reja-jadvali LOYIHASI
T/r
Viloyat, tuman nomi
Tadbirkorlik subyektining nomi
STIR
Tekshiruvlar oʻtkazayotgan nazorat qiluvchi organlar va ularning boʻlinmalari
Tekshiruvning boshlanish sanasi
Tekshiruvning tugash sanasi
Nazorat qiluvchi organ tomonidan oʻtkazilgan soʻnggi tekshirish sanasi
Mazkur subyekt tegishli boʻlgan tavakkal darajasi guruhi
Subyektlarning mazkur toifasi uchun belgilangan tekshiruvlar davriyligi
(nazorat qiluvchi organ rahbari yoki uning oʻrinbosari)
“___” __________________ 20__ yil
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
___________________________________ tomonidan oʻtkaziladigan 20___ yil (__ chorakka qoʻshimcha kiritish uchun) tekshirishlar reja-jadvali LOYIHASI
T/r
Viloyat, tuman nomi
Tadbirkorlik subyektining nomi
STIR
Tekshiruvlar oʻtkazayotgan nazorat qiluvchi organlar va ularning boʻlinmalari
Tekshiruvning boshlanish sanasi
Tekshiruvning tugash sanasi
Nazorat qiluvchi organ tomonidan oʻtkazilgan soʻnggi tekshirish sanasi
Mazkur subyekt tegishli boʻlgan tavakkal darajasi guruhi
Subyektlarning mazkur toifasi uchun belgilangan tekshiruvlar davriyligi
Kameral nazorat natijasida aniqlangan soliq qonunchiligi buzilishi holati
(Davlat soliq xizmati organi rahbari yoki uning oʻrinbosari)
“___” __________________ 20__ yil
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya yili mobaynida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar muntazam ravishda toʻlanmagan tadbirkorlik subyektlarini aniqlashda ushbu subyektlar tomonidan tekshirishlar reja-jadvaliga qoʻshimcha kiritilayotgan yoki undan oldingi yilda 2 va undan koʻp marta soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikka yoʻl qoʻyilganligi yoki shu davrda oʻtkazilgan kameral nazorat natijasida aniqlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlamaslik holatlari inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlarning Kengash (viloyat komissiyalari) bilan qoʻshimcha kelishuvsiz amalga oshiriladigan nazorat funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan Kengash (viloyat komissiyalari) bilan qoʻshimcha kelishuvsiz nazorat funksiyalari quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq va boshqa vakolatli organlar tomonidan ishonchli maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda tegishli ruxsatnomalarsiz ishlab chiqarilgan yoki sotilayotgan, aksiz markalari boʻlmagan yoki qalbakilashtirilgan alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonun bilan belgilangan tartibda tezkor olib qoʻyilishini amalga oshirish. Bunda xoʻjalik yurituvchi subyektda keyingi tekshirishlar belgilangan tartibda Kengash bilan kelishilishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifatsiz va/yoki kontrafakt mahsulot ishlab chiqarilishi va sotilishi toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlar mavjud boʻlganidagina litsenziya bitimi talablariga muvofiq bunday mahsulot sotilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Farmatsevtik inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan hamda sotilayotgan dori vositalari ustidan nazoratni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash bilan kelishilgan obyektlarda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati va ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan oʻtkaziladigan atmosfera havosi, tuproq, oqova va yer ustidagi suvlarini ifloslantiruvchi manbalari hamda chiqindilarni noqonuniy joylashtirilishi joylari monitoringi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi bilan qurilish buyurtmachilari oʻrtasida, shuningdek buyurtmachilar bilan pudrat qurilish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar mavjud boʻlgan hollarda amalga oshiriladigan qurilish ishlari sifatining qurilish meʼyorlari va qoidalariga, respublika standartlariga, davlat standartlari va texnik shartlarga muvofiqligini nazorat qilish;
(beshinchi xatboshi Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2017-yil 22-sentabrdagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2878-2, 13.10.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavdoninspeksiya” va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarda mavjud don hamda bugʻdoy unidan namuna olish yoʻli bilan ularning namligi, iflosligi, donli aralashmalar koʻrsatkichlari va don zararkunandalari bilan zararlanishini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarning qabul qilgan qarorlari asosida tugatilganda yoki davlat reyestridan chiqarilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzstandart” agentligi yoki uning topshirigʻiga koʻra maxsus vakolatli shaxs (ekspert-auditor) tomonidan “Oʻzstandart” agentligida akkreditatsiyalangan va litsenziya olgan sinov laboratoriyalari (markazlari) litsenziya kelishuvlarining shartlariga rioya qilishi ustidan amalga oshiriladigan nazorat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatilganda, shuningdek tadbirkorlik subyektlarning huquqlarini himoya qilinishi taʼminlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash bilan kelishilgan obyektlarda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan doimiy ravishda biriktirilgan va ularda joylashgan inspektorlari tomonidan sanoat va radiatsiya xavfsizligiga, yer qaʼridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir talablarga rioya etilishi hamda xavfli yuklar va portlovchi moddalarni tashish xavfsizligi holati yuzasidan amalga oshiriladigan nazorat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash bilan kelishilgan “Oʻzbekenergo” AKning obyektlarida “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining doimiy ravishda biriktirilgan bosh texnik inspektorlari tomonidan ishlarni xavfsiz yuritilishi yuzasidan amalga oshiriladigan nazorat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tabiiy, texnogen, terrorchilik-qoʻporuvchilik tusidagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish va ulardan himoya qilish, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 13-dekabrdagi 528 — 122 va 2002-yil 4-iyundagi 195 — 38-son qarorlari bilan tasdiqlangan roʻyxatlarga muvofiq, vazirlik yoki uning hududiy boshqarmalari rahbarlarining koʻrsatmalari asosida obyektlarda fuqarolik himoyasi talablariga rioya etish masalalari boʻyicha tadbirlarning tashkil etilishi yuzasidan amalga oshiriladigan nazorat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida barpo etilgan davlat jamgʻarmalari mablagʻlaridan maqsadli foydalanish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha nazoratning (tekshirishlarning) amalga oshirilishi, bunda mazkur tekshirishlar bevosita korxonalarda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri tasdiqlagan rejalar va buyruqlarga binoan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari tomonidan bank bilan qurilish buyurtmachilari, shuningdek bank bilan moliyalovchi taraf oʻrtasidagi shartnomalarga muvofiq hukumat kafolati bilan berilgan markazlashtirilgan mablagʻlardan (shu jumladan kreditlar) maqsadli foydalanish, qurilish muddatlariga, ajratilgan mablagʻlarni qaytarish va ulardan foydalanish uchun toʻlovlarni amalga oshirish muddatlariga rioya etilishi yuzasidan oʻtkaziladigan nazorat, bajarilgan ishlarning nazorat oʻlchovlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi yoki hududiy sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan tegishli buyruqlar asosida sut va sut mahsulotlarini qayta ishlaydigan, isteʼmolchilarni vodoprovod suvi bilan taʼminlaydigan, oqova suvlarni chiqarib tashlaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda namunalar tanlab olish yoʻli bilan sut va sut mahsulotlari, vodoprovod suvi va oqova suvlar har oyda laboratoriyalarda tadqiq etilganda, un va osh tuzi ishlab chiqaradigan korxonalarda I navli bugʻdoy uni hamda osh tuzi, umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oshxonalarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan tayyorlanayotgan taomlar, oshxonalardagi texnologik jihozlar, xodimlarning maxsus kiyimlari va qoʻllaridan namunalar tanlab olish yoʻli bilan har chorakda koʻpi bilan bir marotaba laboratoriyalarda tahlil etilganda, shuningdek qonun hujjatlariga koʻra tibbiy koʻrikdan oʻtishi kerak boʻlgan savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga xizmat koʻrsatish sohasi xodimlarida tibbiy koʻrikdan oʻtish daftarchalarining mavjudligi olti oyda koʻpi bilan bir marotaba monitoringdan oʻtkazilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan paxta xomashyosini tayyorlash, saqlash va qayta ishlashning butun davri mobaynida paxta tozalash korxonalarini tayyorlanayotgan, qayta ishlanayotgan va saqlanayotgan paxta xomashyosining miqdori va sifati, paxta tolasi va paxta mahsulotini sotish masalalari boʻyicha tekshirishlar, shuningdek paxtakor xoʻjaliklarni sifatli urugʻlik chigitlar bilan taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri tasdiqlagan maxsus jadvallar yoki uning yozma topshiriqlariga koʻra gʻoʻza navlarini joylashtirish boʻyicha belgilangan topshiriqlarga rioya etilishi tekshirishlardan oʻtkazilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan gʻalladan boʻshagan maydonlarda somonni, daraxt bargi xazonlarini va boshqa turdagi chiqindilarni yoqishni, daraxt va butalarni noqonuniy kesishni, ochiq olovni qoʻllagan holda bitum eritishni va hayvonlarni noqonuniy ovlash faoliyatlarini bartaraf etish boʻyicha amalga oshiriladigan tezkor nazorat tadbirlari oʻtkazilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi tomonidan davlat zaxiralari joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarida nazorat vazifalarining amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan respublika hududini chet el mamlakatlaridan karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlar kirib kelishidan muhofaza qilish, karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularni lokallashtirish hamda tugatishni tashkil etish, shuningdek ular kirib kelishining oldini olish, belgilangan qoidalarga rioya qilish hamda qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ishlatish chogʻida oʻsimliklar karantini boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishga doir nazorat vazifalarining amalga oshirilishi;
(oʻn toʻqqizinchi xatboshi Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2017-yil 22-sentabrdagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2878-2, 13.10.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzsuvnazorat” Respublika suv inspeksiyasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan suvdan foydalanuvchilarning irrigatsiya tizimlari boshqarmalari bilan tuzgan suvdan foydalanish shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga rioya qilishlari ustidan nazoratning amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hududiy organlari tomonidan mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha avtotransport korxonalarida (yuridik shaxslarda), shu jumladan, yoʻlovchilar tashish bilan shugʻullanuvchi korxonalarda bir yilda koʻpi bilan bir marta harakat xavfsizligini taʼminlash va profilaktik tadbirlar oʻtkazish ustidan (moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda) nazorat oʻtkazilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarda yerlardan maqsadli foydalanilishi, ijara shartnomasi boʻyicha majburiyatlarga muvofiq, qishloq xoʻjaligi ekinlarini (gʻoʻza, don va boshqalar) ekish boʻyicha oʻrnatilgan talablarga rioya etilishi nazorati amalga oshirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavneftgazinspeksiya”, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi va ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan Kengash bilan kelishilgan roʻyxatga muvofiq avtomobillarga siqilgan va suyultirilgan gaz quyish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida texnologik jarayon talablari, sanoat va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan bir yilda bir marta, bir ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda nazorat tadbirlari amalga oshirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan fuqaroning yuridik shaxs tomonidan ish haqi belgilangan muddatda toʻlanmaganligi toʻgʻrisidagi murojaatini, nazorat tadbiri oʻtkaziladigan xoʻjalik yurituvchi subyekt toʻgʻrisida vazirlik tomonidan Kengash ishchi organini oldindan xabardor qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vaziri buyrugʻi asosida oʻrganilganda;
(yigirma toʻrtinchi xatboshi Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2017-yil 22-sentabrdagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2878-2, 13.10.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlari tomonidan naqd pul mablagʻlari yoki plastik kartochka orqali amalga oshirilgan toʻlov shaklidan kelib chiqib narxlarni sunʼiy ravishda oshirish yoki kamaytirish, nazorat-kassa mashinalari, toʻlov terminallarini qoʻllash, shuningdek oʻrnatilgan tartibda talon va cheklarni berilishi, naqd pul tushumlarining toʻliq hajmda inkassatsiya qilinishi masalalari boʻyicha tekshirishlar oʻtkazilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan idoraviy shoxobcha temir yoʻllariga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarida lokomotiv, vagon, aloqa va signallashtirish, elektr taʼminoti, yuk va yoʻlovchi tashishni tashkil etish xoʻjaliklarida taʼmirlash, ekspluatatsiya qilish va texnik vositalarni ishchi holatida tutilishini taʼminlash boʻyicha nazorat amalga oshirilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan energiya resurslari yetkazib berilishi va isteʼmolini hisobga olishning toʻliqligi hamda haqqoniyligi, hisob-kitoblarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tekshirishlar oʻtkazish.
(3-ilova Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2017-yil 6-iyundagi 2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2878-1, 20.06.2017-y.) asosan yigirma yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 556-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi va tumanlar (shaharlar) bosh arxitektorlari tomonidan moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, barcha qurilishlarda, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joy qurilish obyektlarida ruxsat berilgan hujjatlar mavjudligi va shaharsozlik norma hamda qoida talablariga rioya etilayotganligi borasida subyektning moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan qisqa muddatli tekshirishlar oʻtkazilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasiga boʻlgan narxlarni oshirish, ularni xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiisteʼmol qilinishlar va korrupsiya holatlarini aniqlash boʻyicha tezkor-qidiruv chora-tadbirlari olib borilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv chora-tadbirlari natijalari, xususan, tahliliy materiallar, tekshiruv xaridlari yoki nazorat xaridlari natijalari boʻyicha olingan tovar yoki kassa cheklari, shuningdek, qonun buzilishini tasdiqlovchi cheklarni bermaslik holatlarini aniqlash, keyinchalik qonunbuzarlikning keng miqyosini, narxlarni oshirish usullari va mexanizmlarini aniqlash uchun moliya-xoʻjalik faoliyati yuzasidan tekshirish oʻtkazilganda;
(3-ilova Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2017-yil 22-sentabrdagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2878-2, 13.10.2017-y.) qaroriga asosan yigirma sakkizinchi, yigirma toʻqqizinchi va oʻttizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-sentabrdagi PQ-3286-son “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablariga muvofiq amalga oshirilishi ustidan nazorat oʻrnatilganda;
(3-ilova Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2017-yil 11-dekabrdagi 235-sonli (roʻyxat raqami 2878-3, 21.12.2017-y.) qaroriga asosan oʻttiz birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2878-3/0437-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur roʻyxatda koʻzda tutilgan nazorat tadbirlarining oʻtkazilishi, yettinchi xatboshi bundan mustasno, 10 kalendar kunini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
________________________________________ tomonidan 20___ yilning _________ oyida
(nazorat qiluvchi organning nomi)
xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan tekshirishlar toʻgʻrisida MAʼLUMOT
T/r
Nazorat qiluvchi organ nomi
Oʻtkazilgan tekshirishlar soni
Tartibbuzarliklar aniqlangan tadbirkorlik subyektlari soni
oʻtgan yilning tegishli davrida
reja boʻyicha
amalda
shu jumladan, rejadan tashqari
belgilangan muddatlarga rioya qilmagan holda oʻtkazilgan
jami
shundan, Kengash yoki hududiy komissiya ruxsatisiz
jami
oʻtkazilgan tekshirishlarga nisbatan, foizda
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
________________________________
(nazorat qiluvchi organ rahbari yoki uning oʻrinbosari)
“___” __________________ 20__ yil
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur shakl boʻyicha maʼlumotlar tegishli hududiy komissiyalarning ishchi organlariga nazorat qiluvchi organlarning tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan hisobot davridan keyingi oyning 3-sanasigacha boʻlgan muddatda, nazorat qiluvchi organlarning oʻzlarining shahar va tuman boʻlinmalari kesimida umumlashgan viloyat boʻlinmalari tomonidan — hisobot davridan keyingi oyning 7-sanasigacha boʻlgan muddatda, nazorat qiluvchi organlarning oʻzlarining hududiy boʻlinmalari kesimida umumlashgan markaziy apparatlari tomonidan esa, Kengashning ishchi organiga — hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasigacha taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kengash (hududiy komissiya)ning ruxsatisiz tekshirishlar oʻtkazilgan hollarda (7-ustun) yoki belgilangan muddatlarga rioya qilmagan holda tekshirishlar oʻtkazilganda (8-ustun) hududiy komissiyalar Kengashning ishchi organiga belgilangan tekshiruvlar oʻtkazilgan tadbirkorlik subyektlari va ularni amalga oshirgan nazorat qiluvchi organlar, shuningdek oʻrnatilgan tartibda tekshirish oʻtkazish qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan koʻrilgan choralar toʻgʻrisida axborot taqdim etadilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 19-son, 347-modda, 25-son, 556-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2878-3/0437-son, 07.11.2018-y., 10/18/3085/2163-son)