O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“TOSHSHAHARYO‘LOVCHITRANS” DAVLAT UYUSHMASINI “TOSHSHAHARYO‘LOVCHITRANS” AKSIYADORLIK KOMPANIYASIGA AYLANTIRISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda Toshkent shahrida yo‘lovchilar tashish bilan band bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarni boshqarish tizimini takomillashtirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar yo‘lovchilar tashish transporti davlat uyushmasi “Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, “Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
2. Quyidagilar “Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
shahar yo‘lovchilar tashish transportini rivojlantirishning istiqbolli strategiyasini belgilash, Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda yo‘lovchilar tashish transportini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘rta muddatli va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
marketing tadqiqotlarini tashkil etish va shahar transport xizmatlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish;
Toshkent shahar aholisining shahar yo‘lovchilar tashish transporti xizmatlariga ehtiyojini qondirish, shahar yo‘lovchilar tashish transportining iqtisodiy foydali va ekologiya jihatidan toza turlarini kompleks rivojlantirish;
yo‘lovchilar tashish transportida yo‘l harakati xavfsizligining yuqori darajasini ta’minlash;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bir oy muddatda:
asosiy fondlarni 2004-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra qayta baholashni hisobga olgan holda, “Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamg‘armasini “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi mol-mulki qiymati, shuningdek korxonalar mol-mulki qiymati hamda 1 va 2-ilovalarga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlari hisobiga shakllantirsin;
2a-ilovaga muvofiq korxonalarning ustav fondlaridagi aksiyalarning davlatga tegishli paketlarini (ulushni) ularni sotish vaqtigacha “Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga belgilangan tartibda bersin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
“Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasini Aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish jarayonida chiqarilgan aksiyalar davlat mulki hisoblanadi va ular sotilmaydi yoki boshqacha tarzda begonalashtirilmaydi, garov predmeti bo‘lishi, shuningdek ikkilamchi qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish uchun ta’minlovchi bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas;
“Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasining 1-ilovaga muvofiq korxonalari aksiyalashtirilmaydi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
7. “Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasining Kompaniya kengashi ustavni tasdiqlasin va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasining chiqarilgan aksiyalarini, emissiya prospektini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im undirmasdan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.F. Fayzullayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 11-iyun,
277-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 11-iyundagi 277-son qaroriga
1-ILOVA
2004-yil 11-iyundagi 277-son qaroriga
1-ILOVA
Mol-mulki “Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamg‘armasiga beriladigan unitar korxonalar ro‘yxati
1. 2519-avtokolonna
2. Toshkent metropoliteni
3. 2-tramvay deposi
4. 3-tramvay-trolleybus deposi
5. 2-trolleybus deposi
6. Bajarilgan transport xizmatlari sifatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish boshqarmasi
7. “Yo‘lovchitransservis” yagona xo‘jalik hisobidagi markaz
8. Yo‘l xizmati
9. Energiya xo‘jaligi xizmati
10. Avariya-tiklash xizmati
11. “Mersedes-Bens servis xizmati ko‘rsatish markazi” shu’ba korxonasi
12. “Toshtatraservis” texnik markazi davlat unitar korxonasi
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 11-iyundagi 277-son qaroriga
2-ILOVA
2004-yil 11-iyundagi 277-son qaroriga
2-ILOVA
Aksiyalarining davlat paketlari “Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamg‘armasiga beriladigan aksiyadorlik jamiyatlari ro‘yxati
1. “Birinchi avtokorxona” OAJ
2. “2-avtobus saroyi” OAJ
3. “3-avtobus saroyi” OAJ
4. “4-avtobus saroyi” OAJ
5. “5-avtokorxona” OAJ
6. “7-avtokorxona” OAJ
7. “8-avtosaroy” OAJ
8. “12-avtobus saroyi” OAJ
9. “18-avtobus saroyi” OAJ
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 11-iyundagi 277-son qaroriga
2a-ILOVA
2004-yil 11-iyundagi 277-son qaroriga
2a-ILOVA
Davlat aktivlari sotilgunga qadar “Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga beriladigan korxonalar va tashkilotlar ro‘yxati
|
T/r |
Korxonalar nomi |
Davlat |
|
1. |
“2-avtokombinat” OAJ |
25,0 |
|
2. |
“Ipak yo‘li avtotrans” OAJ |
6,0 |
|
3. |
“Eltransta’minot” MCHJ |
35,2 |
|
4. |
“Tramvaychi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi |
100 |
|
5. |
“Avtomobilchi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi |
100 |
|
6. |
Strelsov nomidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi |
100 |
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 11-iyundagi 277-son qaroriga
6-ILOVA
2004-yil 11-iyundagi 277-son qaroriga
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri aholisiga yo‘lovchi tashish transporti xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 19-avgustdagi 291-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi, 3 va 5-bandlari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 24-son, 274-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)