O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“REKLAMA TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida raqobatni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlariga reklama to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish funksiyasi yuklansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasining reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun jarimalar O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga ochiladigan maxsus tranzit hisob raqamiga (keyingi o‘rinlarda “maxsus tranzit hisob raqami” deb ataladi) undirilishi kerak.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Maxsus tranzit hisob raqamiga tushadigan mablag‘lar va jarimalar oyiga ikki marta (oyning 17-kunigacha va hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha) quyidagi tartibda taqsimlanadi:
mablag‘larning 80 foizi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga;
mablag‘larning 20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasiga.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyatining ko‘rsatib o‘tilgan organlari bir oy muddatda o‘zlarining amaldagi nizomlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
4. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda reklamani joylashtirish tartibini bir oy muddatda 2-ilovaga muvofiq ishlab chiqsin, tasdiqlasin va belgilangan tartibda amalga kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 26-iyun,
243-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
“Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari bajarilishini ta’minlash yuklangan davlat boshqaruvi organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlari
RO‘YXATI
| T/r | Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatining talablari | “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni moddasi | Qonun hujjatlari talablari bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyati organlarining nomi |
| 1. | Teleko‘rsatuvlarda va radioeshittirishlarda; Ommaviy axborot vositalarida; Pochta jo‘natmalari, elektron aloqa vositalarida reklamalarning bir xil bo‘lishini ta’minlash |
11-modda | O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 2. | Homiylar to‘g‘risidagi axborotlar bo‘yicha ko‘rsatmalar Homiylar xizmatlaridan teleko‘rsatuvlarda va radioeshittirishlarda foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik |
12-modda | O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Madaniyat vazirligi O‘zbekiston MTRK |
| 3. | Yashirin reklamalardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik | 14-modda | O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 4. | Televideniye va radioda reklamalarni cheklash | 17-modda | O‘zbekiston MTRK |
| 5. | Ommaviy axborot vositalarida reklamalarni cheklash Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklama qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik |
18-modda 23-modda |
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, ommaviy axborot vositalarini nashr etuvchi vazirliklar va idoralar, mustaqil ommaviy axborot vositalari, O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari |
| 6. | Tashqi reklamalarni joylashtirish tartibini belgilash, tashqi joylashtirishni nazorat qilish | 20-modda | Joylardagi davlat hokimiyati organlari |
| 7. | Yer usti transport vositalarida: metropolitenda, vokzallarda, portlarda va aeroportlarda reklamalarni joylashtirish hamda tarqatishni nazorat qilish |
21-modda | Ichki ishlar vazirligi (DAN); joylardagi davlat hokimiyati organlari |
| 9. | Quyidagilarni reklama qilish uchun ruxsatnomalar berish: voyaga yetmaganlar uchun dori-darmon vositalari; tibbiyot muassasalari uchun mo‘ljallangan dori-darmonlarni reklama qilish tartibini belgilash, uning bajarilishini nazorat qilish |
22-modda | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
| 10. | Quyidagilarni qo‘llash va sotish uchun tegishli ruxsatnomalar berish: kosmetika vositalari, vitaminli va biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchalari; maishiy kimyo vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari |
22-modda | Sog‘liqni saqlash vazirligi “O‘zstandart” agentligi |
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 6-son, 32-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 15-16-son, 125-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda, 27-son, 191-modda, 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 11-son, 83-modda, 20-21-son, 181-modda, 22-son, 195-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda, 31-son, 261-modda, 44-45-son, 380-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 33-son, 863-modda)