Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.06.2000 yildagi 242-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 24.06.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IMPORT ISTEʼMOL TOVARLARI OLIB KELISH VA SOTISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import isteʼmol tovarlari sotishni tartibga solish, savdoning tashkiliy shakllarini rivojlantirish va mustahkamlash, aholining xarid qobiliyatini oshirish, isteʼmol tovarlariga narx belgilash tizimini takomillashtirish va narxlarning sunʼiy ravishda oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, 2000-yil 1-iyuldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo korxonalari yalpi daromad soligʻini daromadlilik darajasiga bogʻliq ravishda tabaqalashtirilgan stavkalar boʻyicha ilovaga muvofiq toʻlaydilar. Bunda yalpi daromad soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash har oyda, oʻsib boruvchi yakun boʻyicha amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik moyi, mol yogʻi, qand-shakar va choy Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilganda aksiz soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining litsenziyalariga ega boʻlgan isteʼmol tovarlarni import qiluvchi korxonalardan xorijiy valyuta xarid qilinganligi, shuningdek, almashtirish shoxobchalarida xorijiy valyuta xarid qilinganligi uchun 5 foiz miqdorida yigʻim undirish 2000-yil 1-iyuldan boshlab bekor qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo korxonalari tomonidan yalpi daromadga soliq solishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasinlar, bunda qonunni buzuvchilarga nisbatan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy jazolar qoʻllasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 1-iyulgacha import qilinadigan isteʼmol tovarlari narxlari ustidan monitoring olib borish boʻyicha maxsus ishchi guruh tashkil etsinlar, unga narxlar darajasiga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni oʻrganib chiqish va isteʼmol tovarlariga narx belgilash mexanizmini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlashni yuklasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda oʻn kun muddatda Savdo korxonalarining yalpi daromad soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash tartibiga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlarni belgilangan tartibda kiritsin, bunda, shuningdek, savdo maydonlari ijaraga olinganligi uchun savdo korxonalari daromadlariga soliq solish boʻyicha imtiyozlarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, 2000-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxslar (oʻzlari qatnab olib keladiganlar) tomonidan respublika hududiga tijorat faoliyati uchun moʻljallab olib kelinayotgan tovarlardan yigʻim amaldagi stavka boʻyicha bojsiz olib kirishning cheklangan normalari qoʻllanilmagan holda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslar tomonidan respublika hududiga tijorat faoliyati uchun moʻljallanmasdan olib kiritilayotgan tovarlardan yigʻim undirishning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 28-fevraldagi 80-son qarori bilan belgilangan amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2000-yil 1-iyuldan boshlab buyum bozorlarida savdo joyi ijaraga olinganligi uchun toʻlovning amaldagi stavkalarini 1,5 baravar oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent shahar hokimligining jismoniy shaxslar tomonidan olib kelinayotgan import isteʼmol tovarlarini mayda ulgurji va chakana sotish boʻyicha savdo markazi tashkil etish va uni “Chorsu” univermagi tomonidan foydalanilayotgan binoga joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda savdo markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda turgʻun binolarda savdo qiluvchi jismoniy shaxslar uchun imtiyozlar tizimini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uyushtirilgan savdoni kengaytirish hamda tovar aylanishi hajmida uning ulushini koʻpaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni, shu jumladan, quyidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning savdo faoliyatini amalga oshirishlari uchun mavjud ombor va savdo maydonlarini, shuningdek, turar joyga moʻljallanmagan fonddagi boʻsh maydonlarni koʻplab berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol tovarlari bilan ulgurji va mayda ulgurji savdo qilish turgʻun markazlari tashkil etish, shu jumladan, ularga yuridik shaxs boʻlmagan tadbirkorlar sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslardan import tovarlar xarid qilish huquqini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo korxonalarini yer uchun ijara haqi toʻlashdan ozod qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyushtirilgan savdo tizimida ombor binolari va savdo maydonlaridan foydalanilganligi uchun ijara toʻlovining buyum bozorlariga nisbatan tadbirkorlar faoliyatining iqtisodiy jihatdan foydaliroq shart-sharoitlarini taʼminlovchi imtiyozli miqdorlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar, shuningdek, turgʻun binolarda chakana savdoni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar uchun kassa apparatlarini kreditga yoki lizing shartlarida sotib olishga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga 2000-yil yakunlari boʻyicha axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 24-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
242-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-iyundagi 242-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ulgurji va chakana savdo korxonalarining yalpi daromadiga solinadigan soliqning tabaqalashtirilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
STAVKALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Daromadlilik‎

Korxonalar daromad olish darajasi (yalpi daromadning tovar aylanmasiga nisbati, foizlarda)‎

Korxonalar boʻyicha soliq stavkalari (yalpi daromadga nisbatan foizlarda)‎‎

Shahar va qishloq joylardagi korxonalar‎

Uzoq va togʻli tumanlardagi korxonalar‎

Foizgacha‎ 20‎ 20‎ 15‎
Foizdan ortiq ‎ 20‎ 30* 30*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: * Stavka daromadlilikning belgilangan darajasidan oshuvchi daromadlarga nisbatan qoʻllanadi.
Keyingi tahrirga qarang.