O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT AVIATSIYASI AVIATSIYA XODIMLARIGA TEGIShLI LAVOZIMLAR RO‘YXATINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 111-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat aviatsiyasi aviatsiya xodimlariga tegishli lavozimlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 48-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi davlat aviatsiyasi aviatsiya xodimlariga tegishli lavozimlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘z idoraviy normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N.To‘laganov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 21-oktabr,
361-son
O‘zbekiston Respublikasi davlat aviatsiyasi aviatsiya xodimlariga tegishli lavozimlar
R O‘ Y X A T I
1. Uchuvchilar tarkibiga kiruvchi shaxslar lavozimlari
— aviatsiya borttexnigi — yo‘riqchisi;
— aviatsiya borttexnigi — yo‘riqchisi (katta yo‘riqchisi);
— aviatsiya borttexnigi;
— aviatsiya borttexnigi (aviatsiya va desant jihozlari bo‘yicha) (katta aviatsiya borttexnigi);
— aviatsiya borttexnigi — yo‘riqchisi (aviatsiya va desant jihozlari bo‘yicha) (katta yo‘riqchisi);
— bortmuhandis — sinovchi;
— bortmuhandis — yo‘riqchi (aviatsiya va desant jihozlari bo‘yicha);
— bortmuhandis — havo kemasi yo‘riqchisi (katta yo‘riqchisi);
— havo kemasining bortmuhandisi;
— bortmuhandis;
— bortmexanik (jumladan katta bortmexanik);
— bortradist — sinovchi (shu jumladan katta sinovchi);
— borttexnik — sinovchi (shu jumladan katta sinovchi);
— havo radisti (shu jumladan katta havo radisti);
— havo radisti — (og‘ir samolyot) operatori (shu jumladan katta operatori);
— parvoz ekipaji aloqasi bo‘yicha navbatchi;
— (parashyut — desant guruhi va qidirish-qutqarish xizmati) yo‘riqchi-metodisti;
— vertolyot komandiri;
— havo kemasi komandiri;
— uchuvchi— yo‘riqchi (shu jumladan katta yo‘riqchi);
— uchuvchi— sinovchi (shu jumladan katta sinovchi);
— (vertolyot) uchuvchi — shturmani;
— (vertolyot) uchuvchisi;
— uchuvchi (shu jumladan katta uchuvchi);
— uchuvchi — metodist (vertolyotlarda);
— uchuvchi — metodist (samolyotlarda);
— bort aloqa uzeli boshlig‘i;
— (havo-o‘t ochish va taktik tayyorgarlik) ofitser-uchuvchisi;
— havo kemasi komandiri yordamchisi;
— shturman — sinovchi;
— shturman— uchuvchi;
— havo kemasi shturmani.
2. Havo qatnovini tashkil etuvchi va unga xizmat ko‘rsatuvchi mansabdor shaxslar
— Fazodan foydalanishni boshqarishning yagona tizimi bosh markazi boshlig‘i (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— navbatchi smena boshlig‘i;
— dispetcherlik punkti boshlig‘i;
— komanda berish punkti boshlig‘i — jangovar boshqaruv bo‘yicha brigada shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari;
— fazodan foydalanishni boshqarish tuman markazi boshlig‘i (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— parvozlar rejimini nazorat qilish bo‘yicha smena boshlig‘ining yordamchisi (shu jumladan katta yordamchi);
— operativ navbatchi yordamchisi;
— parvozlar rahbari;
— shturman — (uchib o‘tishlar bo‘yicha) smena boshlig‘i yordamchisi (shu jumladan katta yordamchi);
— (xavfsizlik va rejim bo‘yicha) shturman (shu jumladan katta shturman).
3. Havo kemalari parvozlarini tashkil etuvchi mansabdor shaxslar
— muhandislik — aviatsiya xizmati (birlashmasi) barcha nomlar va ixtisoslardagi bosh muhandislar;
— muhandislik — aviatsiya xizmati (aviatsiya-texnika otryadi) barcha nomlar va ixtisoslardagi muhandislari;
— havo hujumidan mudofaa qilish qo‘shinlari va harbiy-havo kuchlari bo‘yicha Qurolli kuchlar birlashgan shtabi boshlig‘ining inspektor-maslahatchisi;
— aviatsiya otryadi komandiri;
— aviatsiya — texnika otryadi komandiri;
— aviatsiya — texnika bazasi komandiri (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— aloqa va radiotexnika ta’minoti bataloni komandiri (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— brigada komandiri (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— zveno komandiri;
— o‘quv zvenosi komandiri;
— o‘quv eskadrilyasi komandiri (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— eskadrilya komandiri (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— (aerodromdan foydalanish, aerodromni ta’mirlash, texnika, avtomobil, yonilg‘i quyish, elektrogaz, elektrotexnika) vzvodlari (guruhlari) komandirlari;
— havo hujumidan mudofaa qilish qo‘shinlari va harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni;
— vertolyot aviatsiyasi boshlig‘i;
— havo-o‘t ochish va taktik tayyorgarlik (qo‘shilmasi, otryadi) boshlig‘i;
— aloqa va radiotexnika ta’minoti qo‘shinlari boshlig‘i (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— Fazodan foydalanishni boshqarishning yagona tizimi bosh markazi boshlig‘i;
— (birlashma) ta’minlash guruhi boshlig‘i — razvedka bo‘yicha katta ofitser;
— muhandislik — aviatsiya xizmati boshlig‘i — (birlashma) bosh muhandisi (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— muhandislik — aviatsiya xizmati (qo‘shilmasi) boshlig‘i (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— muhandislik — aviatsiya xizmati (eskadrilyasi) boshlig‘i (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— metrologiya xizmati (birlashmasi) boshlig‘i (shu jumladan o‘rinbosarlari;
— metrologiya xizmati (qo‘shilmasi) boshlig‘i (shu jumladan o‘rinbosarlari;
— operativ boshqarish boshlig‘i (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— bo‘lim boshlig‘i — (birlashma) bosh shturmani;
— bo‘lim boshlig‘i — parvozlar xavfsizligi bo‘yicha katta inspektor;
— parvozlar vaqtidagi hodisalarni tekshirish va profilaktika qilish bo‘limi boshlig‘i;
— uchishga tayyorgarlik bo‘limi boshlig‘i;
— (parvozlarni ta’minlash ustidan) nazorat bo‘limi boshlig‘i;
— (parvozlarni amalga oshirish ustidan) nazorat bo‘limi boshlig‘i;
— (qidirish-qutqarish va parashyut-desant xizmati (qo‘shilmasi) boshlig‘i;
— razvedka (va radioelektron vositasida kurashish) (qo‘shilmasi) boshlig‘i;
— (samolyotlarni tayyorlash) raschyoti boshlig‘i;
— aloqa boshlig‘i — katta havo (qo‘shilma) radisti;
— aloqa boshlig‘i — katta havo (eskadrilya) radisti;
— (qidirish-qutqarish va parashyut-desantni tayyorgarlash) xizmati boshlig‘i — katta inspektor-uchuvchi;
— texnika-foydalanish qismi (zvenosi) boshlig‘i;
— texnika-foydalanish qismi (qo‘shilmasi) boshlig‘i (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— harbiy-havo kuchlari boshqarmasi boshlig‘i;
— front aviatsiyasi boshlig‘i;
— muhandislik-aviatsiya xizmati (qo‘shilmasi), fotonazorat, nazorat, raketalarni tayyorlash, energetika ta’minoti, balandlik anjomlari va jihozlari, xizmat ko‘rsatish va reglament (aniqlash vositalari) — nazorat-yozish apparatlari va axborotlarni ishlash, tormoz-parashyut tizimlari barcha nomlar va ixtisoslardagi guruhlari boshliqlari;
— (eskadrilya) shturmani yordamchisi;
— barcha nomlar va ixtisoslardagi muhandislik-aviatsiya xizmati (qo‘shilmalari) katta muhandislari;
— katta havo radisti — inspektori;
— parvozlarni ta’minlash bo‘yicha katta inspektor;
— parvozlar xavfsizligi bo‘yicha katta inspektor;
— aloqa va radiotexnika asbob-uskunalari bo‘yicha radiotexnika ta’minoti bo‘limi katta ofitseri;
— (birlashma) katta shturmani;
— (qo‘shilma) katta shturmani;
— (otryad) shturmani (shu jumladan katta shturman);
— (qo‘shilma) shturmani;
— (o‘quv eskadrilyasi) shturmani;
— (eskadrilya) shturmani.
4. Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar
— havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ulardan foydalanish, ularni diagnostika qilish va ta’mirlash, fotonazorat, nazorat, raketalarni tayyorlash, energetika ta’minoti, balandlik anjomlari va jihozlari, (aniqlash vositalari)ga xizmat ko‘rsatish va reglament, nazorat-yozish apparatlari va axborotlarni ishlash, tormoz-parashyut tizimlari bo‘yicha barcha nomlar va ixtisoslardagi aviatsiya mexanigi (mexanik) (shu jumladan katta mexanik);
— havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ulardan foydalanish, ularni diagnostika qilish va ta’mirlash, fotonazorat, nazorat, raketalarni tayyorlash, energetika ta’minoti, balandlik anjomlari va jihozlari, (aniqlash vositalari)ga xizmat ko‘rsatish va reglament, nazorat-yozish apparatlari va axborotlarni ishlash, tormoz-parashyut tizimlari bo‘yicha barcha nomlar va ixtisoslardagi aviatsiya texnigi (texnik) (shu jumladan katta texnik);
— havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ulardan foydalanish, ularni diagnostika qilish va ta’mirlash, fotonazorat, nazorat, raketalarni tayyorlash, energetika ta’minoti, balandlik anjomlari va jihozlari, (aniqlash vositalari)ga xizmat ko‘rsatish va reglament, nazorat-yozish apparatlari va axborotlarni ishlash, tormoz-parashyut tizimlari bo‘yicha barcha nomlar va ixtisoslardagi seksiyalar komandirlari;
— yaqin navigatsiya, radiotexnika tizimi, qo‘ndirish radiomayak guruhi, radio va yorug‘lik texnikasi bilan ta’minlash guruhi, projektor seksiyasi, uzatish radiostansiyasi, samolyotlarni qo‘ndirish tizimlari, radiolokatsiya bo‘limi, stansiyasi mexanigi (shu jumladan katta mexanik);
— radio-yorug‘lik texnikasi bilan ta’minlash uzeli, yaqin navigatsiya radiotexnika tizimi, radiomayak, radiomarkyor punkti, radiotexnika stansiyasi, smenasi, startga komanda berish punkti, samolyotlarni qo‘ndirish tizimlari, radiopelengator punkti, radiolokatsiya bo‘linmasi, radiolokatsiya stansiyasi boshlig‘i;
— (samolyotlarni tayyorlash) raschyoti boshlig‘i yordamchisi;
— yaqin navigatsiya, radiotexnika tizimi, qo‘ndirish radiomayak guruhi, radio va yorug‘lik texnikasi bilan ta’minlash guruhi, projektor seksiyasi, uzatish radiostansiyasi, samolyotlarni qo‘ndirish tizimlari, radiolokatsiya bo‘limi, radiolokatsiya stansiyasi texnigi (shu jumladan katta texnik).
5. Havo kemalari parvozlarini ta’minlashni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar
— dispetcher (uchib o‘tishlar va qo‘nishlar bo‘yicha) (shu jumladan katta dispetcher);
— dispetcher;
— jangovar boshqaruv guruhi boshlig‘i;
— parvozlarga rahbarlik qilish guruhi boshlig‘i;
— operativ guruh boshlig‘i (aviatsiyani qidirish—qutqarish bilan ta’minlash bo‘yicha);
— aviatsiyani tartibga solish punkti boshlig‘i;
— jangovar boshqaruv raschyoti boshlig‘i;
— (navigatsiya axboroti) xizmati boshlig‘i;
— aviatsiyani jangovar boshqarish markazi boshlig‘i (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— (parvozlar va uchib o‘tishlarni) boshqarish markazi boshlig‘i;
— operativ navbatchi;
— (yaqin navigatsiya radiotexnika stansiyalarining aviatsiyani tartibga solish priborlari va samolyotlarni qo‘ndirish tizimlari) operatori (shu jumladan katta operator);
— (jangovar boshqaruv) ofitseri;
— (tartibga solish va maqsadni ko‘rsatish) ofitseri;
— parvozlar rahbari yordamchisi (shu jumladan katta yordamchi);
— parvozlar rahbari yordamchisi (qo‘nish zonasi rahbari);
— (navigatsiya axboroti xizmati) katta ofitseri;
— (aviatsiyani qidirish—qutqarish bilan ta’minlash bo‘yicha) guruh katta ofitseri;
— parvozlar rahbarining katta yordamchisi (yaqin zona rahbari);
— shturman (shu jumladan katta shturman);
— tartibga solish shturmani (shu jumladan katta shturman).
6. Ro‘yxatning 1—5-bandlariga kiritilmagan, aviatsiya tayyorgarligini va aviatsiya sportini rivojlantirishni ta’minlovchi mansabdor shaxslar
— muhandis-aviamodelchi;
— yo‘riqchi-uchuvchi-parashyutchi;
— parashyut-desant xizmati yo‘riqchisi;
— o‘ta yengil uchish apparatlari uchuvchi-yo‘riqchisi;
— aviatsiya-sport klubi boshlig‘i;
— aviatsiya-texnik sport klubi boshlig‘i;
— aeroklub boshlig‘i;
— aviatsiya tayyorgarligi va sportning aviatsiya turlari bo‘limi boshlig‘i;
— texnik-aviamodelchi;
— o‘ta yengil uchish apparatlar texnigi.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 20-son, 156-modda)