Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
“Oʻquvchilarga sinfdan sinfga koʻchirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod boʻlish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 27-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2656-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 6-noyabrdagi 503-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2656-2, 06.11.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2015-yil 26-yanvardagi 3-mh va 22-son “Oʻquvchilarga sinfdan sinfga koʻchirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod boʻlish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining (roʻyxat raqami 2656, 2015-yil 17-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 7-son, 84-modda) muqaddimasidagi “1995-yil 21-noyabrdagi 440-sonli “Taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi hamda 1998-yil 13-maydagi 203-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorlariga” degan soʻzlar “2017-yil 15-martdagi 140-son “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-aprel,
4-mh-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-aprel,
82-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 17-son, 309-modda)