20.04.2017 yildagi PQ-2910-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etib o‘tilsinki, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash borasida kattagina ishlar amalga oshirildi. Ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha g‘oyat muhim dasturlar va loyihalarni izchillik bilan ro‘yobga chiqarish shahar va tumanlarda, shu jumladan, qishloq joylarda suv ta’minoti holatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi olti yilning o‘zidagina 13 ming kilometrga yaqin suv quvurlari va vodoprovod tarmoqlari, 1,6 mingtadan ko‘proq suv chiqarish quduqlari, shuningdek, 1,4 mingta suv bosimini hosil qiladigan minora va rezervuarlar barpo etildi hamda rekonstruksiya qilindi. Natijada, jumladan, xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari va kreditlarini jalb etish hisobiga ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan ko‘pgina aholi punktlari sifati va xavfsizligi bo‘yicha zamonaviy talablarga mos keladigan suv bilan ta’minlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, ayrim mintaqalarni, eng avvalo, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashning bir qancha yechilmagan muammolari hamon saqlanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi sonining muttasil ortib borishi, yangi turar joy massivlari barpo etilishi, shaharlar va aholi punktlarining tobora kengayishi energiya va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etish asosida suv olish inshootlarini, suv quvurlari, nasos stansiyalari, taqsimlash uzellari va vodoprovod tarmoqlarini modernizatsiyalash va ildam rivojlantirishga yo‘naltirilgan kafolatlangan suv ta’minoti tizimini tubdan yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining keng qatlamlari yashashi uchun, ayniqsa, qishloq joylarda, shinam va qulay ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, iste’molchilar uchun hamma joyda sifatli ichimlik suvi yetkazib berilishiga erishish, respublikada suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari ko‘rsatish samaradorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar 2017 — 2021-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini yanada rivojlantirish hamda modernizatsiyalashning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining, ayniqsa qishloq joylardagi aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv olish, kanalizatsiya inshootlari hamda vodoprovod tarmoqlarining yangilarini qurish, mavjudlarini qayta tiklash va rekonstruksiya qilish, shuningdek, suv ta’minoti tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy uskunalar, mashinalar, mexanizmlar, ta’mirlash-foydalanish va o‘lchov texnikasi bilan jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv ta’minoti sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan, iste’mol qilingan suv va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichimlik suvi ishlab chiqarishning texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirish, belgilangan talablarga muvofiq suvning sifatli bo‘lishini ta’minlash, ishlab chiqarish jarayoniga energiya hamda suvni tejaydigan texnologiyalar va uskunalarni tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini, shu jumladan, davlat bilan xususiy sektor sherikligi asosida boshqaruvning bozor tamoyillariga mos keladigan mexanizmlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv ta’minoti tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga narx shakllantirish tartibini takomillashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(2 — 5-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2017-yilning oxiriga qadar har bir aholi punkti va umuman ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlari bo‘yicha suv ta’minoti tizimi obyektlari (quduqlar, suv olish inshootlari, magistral vodoprovodlar, taqsimlash tarmoqlari va boshqa obyektlar) pasportlashtirilishini, shuningdek, pasportlashtirish natijalari bo‘yicha ichimlik suvi ta’minoti tizimi obyektlarining elektron ma’lumotlar bazasi yaratilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika jamg‘armasi) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzurida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamg‘armalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy jamg‘armalar) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur jamg‘armalar mablag‘laridan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturlarini (keyingi o‘rinlarda — dasturlar) bajarish doirasidagi loyiha-qidiruv ishlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturlar doirasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni amalga oshirish hamda energiya tejovchi uskunalar va maxsus texnikalar xarid qilishni moliyalashtirishda foydalanilishi belgilansin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv resurslaridan foydalanganlik uchun olinadigan soliq bo‘yicha tushumlar hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan tegishli mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsadli budjet mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro donorlarning grantlari, xayr-ehson qiluvchilarning mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalarning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
(9-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” jamg‘armasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ “O‘zsuvta’minot” AJning asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha aholiga, ayniqsa qishloq joylarda sifatli ichimlik suvi yetkazib berilishini tashkil etish doirasida maxsus texnika uchun yoqilg‘i-moylash materiallariga zarur limitlar ajratsin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 20-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2910-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 7 ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2910-son qaroriga
8-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” jamg‘armasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(8-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika jamg‘armasi) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamg‘armalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy jamg‘armalar) mablag‘larini boshqarish, shu jumladan Respublika va hududiy jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish, moliyalashtirish va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalar Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) moliyalashtirish uchun tashkil qilingan.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalar yuridik shaxs hisoblanmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalar mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv resurslaridan foydalanganlik uchun olinadigan soliq bo‘yicha tushumlarga mos ravishda Davlat budjetidan ajratiladigan ajratmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsadli budjet ajratmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro donorlarning grantlari, xayr-ehson qiluvchilarning mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalarning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
(4-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘lar Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalarga Dasturni bajarish doirasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, loyiha-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojga qarab har oyda ajratiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xalqaro moliya tashkilotlari va donorlarning grantlari hamda imtiyozli kreditlari, xayr-ehson qiluvchilar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalarning g‘aznachilik hisobvaraqlariga tushadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalarning mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahri bo‘yicha bosh boshqarmasi hisob-kitob kassa markazida ochiladigan g‘aznachilik hisobvaraqlarida jamlanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalar mablag‘laridan quyidagilarni moliyalashtirishda foydalaniladi:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturni bajarish doirasida loyiha-qidiruv ishlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur doirasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, energiya tejovchi uskunalar va maxsus texnikalar xarid qilish.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalar mablag‘larini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini moliyaviy tartibga solish departamentining “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi” mablag‘larini boshqarish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Moliya vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini moliyaviy tartibga solish departamentining “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi” mablag‘larini boshqarish bo‘limi::
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini qompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilishning har yilgi dasturlarini shakllantirishda, zarur hollarda joylarga chiqib ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturlarni amalga oshirish doirasida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxatlar bajarilishining tahlilini amalga oshiradi;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyatiga ma’lum qilish uchun Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognozini hamda uni choraklar va oylar bo‘yicha taqsimlagan holda bir yillik ijrosi to‘g‘risida hisobot tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining oyma-oy taqsimotini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rahbariyatiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan Jamg‘arma mablag‘lari hisobi yuritilishini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, ko‘rib chiqish va tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalar daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, ko‘rib chiqish va tasdiqlash ushbu Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish davlat dasturi va Davlat budjeti loyihalarini tayyorlash bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda har yili Davlat budjeti va boshqa manbalardan tushadigan tushumlarning kelgusi yilgi prognozlarini tayyorlaydi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda har yili 1-iyulga qadar barcha yo‘nalishlar bo‘yicha Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalar xarajatlari prognozini hamda suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishning keyingi yilgi manzilli ro‘yxatlari loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda har yili:
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-iyulga qadar navbatdagi yilga mo‘ljallangan suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarning yakuniy parametrlarini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilab berilgan Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalarga kelib tushishi prognoz qilinayotgan mablag‘lar doirasida shakllantiradi;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-avgustga qadar shakllantirilgan manzilli ro‘yxatlarni ko‘rib chiqish va kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalar daromadlari va xarajatlarining yillik parametrlari tasdiqlangandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 5 kun ichida kelgusi yilga o‘rnatilgan xarajatlar hajmi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligini hamda “O‘zsuvta’minot” AJni xabardor qiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Jamg‘arma mablag‘larini sarflash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalar mablag‘lari Moliya vazirligining axborot tizimida respublika va hududiy darajada ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan sarflanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida va hududiy moliya organlarida ro‘yxatga olingan tegishli xarajatlar smetalari asosida hamda qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda o‘tkazilgan tanlov savdolarining natijalariga ko‘ra ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturini bajarish uchun amalga oshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy boshqarmalari ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha shartnomalarni o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga oladi hamda ular bo‘yicha to‘lovlarni faqatgina xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida va tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq ravishda amalga oshiradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan buyurtmachilarning to‘lov topshiriqnomalari asosida, manzilli ro‘yxatlar bo‘yicha o‘rnatilgan limitlar hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi tender (tanlov) savdolarining natijalarini hisobga olib tuzilgan shartnomalarga muvofiq qoplanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishning dastlabki ikki oyi mobaynida tender (tanlov) savdolari natijalari bo‘yicha qurilishning prognoz qilinayotgan yiliga belgilangan ishlar qiymatining 30 foiziga qadar miqdorda teng ulushlar bilan bo‘nak to‘lovlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilgan bo‘nakning mutanosib ravishda ushlab qolinishini hisobga olib, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida har oy joriy moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomada kelishilgan kafolat muddati tugagach — pudratchiga qolgan 5 foizni to‘lash.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Jamg‘arma mablag‘larini Dasturlarda nazarda tutilmagan maqsadlarga sarflash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Joriy moliya yili yakunlari bo‘yicha qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash manzilli ro‘yxatlarida nazarda tutilgan to‘liq moliyalashtirilmay qolgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining balansini ta’minlashni hisobga olgan holda o‘rnatilgan tartibda keyingi moliya yilida to‘lanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Jamg‘arma hisobvaraqlaridagi mablag‘larni ushbu Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlar uchun, shu jumladan vaqtincha olib qo‘yish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning hisobini yuritish, hisoboti va nazorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Jamg‘arma mablag‘lari tushumi va sarflanishi hisobini yuritish hamda ular yuzasidan hisobot tuzish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. “O‘zsuvta’minot” AJ” har oy, hisobot davridan keyingi oyning 5 kunidan kechiktirmay Moliya vazirligiga ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga ajratilgan Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl asosida taqdim etadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalar mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanilishini “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan taqdim etilgan suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha bajarilgan ishlar to‘g‘risida, shu jumladan to‘langan mablag‘lar, shuningdek, ularning birlamchi hujjatlar (hisob-fakturalar)ga va amalda bajarilgan ishlar (xizmatlar) hajmlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari asosida doimiy monitoringni amalga oshiradi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Jamg‘arma mablag‘laridan tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha javobgarlik “O‘zsuvta’minot” AJ zimmasiga yuklanadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SHARH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kommunal soha mamlakatimiz hududiy infratuzilmasining eng muhim tarkibiy qismini tashkil etadi, uning faoliyati esa odamlarimizning munosib hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantiradi, uy-joylar va aholi punktlarining har jihatdan shinam va qulay bo‘lishini ta’minlaydi.

Mazkur sohaning taraqqiyot darajasi va faoliyat samaradorligi aholining shunga mos hayot sifatini shakllantiradi, turmush darajasi va hayot tarzini aks ettiradi, iqtisodiy salohiyatni yanada yuksaltirish omillaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Bularning barchasi o‘zaro bog‘liq bo‘lib, sifatli xizmat — sog‘lom jamiyat garovidir.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Respublikamizda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirishga oid muhim ustuvor yo‘nalishlar, dastur va loyihalarning izchil amalga oshirilishi shahar va tumanlarda, jumladan, qishloq joylarda markazlashtirilgan ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlarini sezilarli ravishda yaxshilash imkonini berdi.

Faqat 2011 — 2016-yillarda mamlakatimizda qariyb 13 ming kilometrdan iborat yirik suv quvurlari va tarmoqlari, bino va inshootlarda 1 ming 600 dan ortiq suv chiqarish quduqlari, shuningdek, 1 ming 400 ta suv minorasi va rezervuari qurildi hamda rekonstruksiya qilindi.

Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki kabi xalqaro moliya institutlarining grant va kreditlarini jalb etish hisobidan ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ko‘plab aholi punktlari talabga javob beradigan ichimlik suvi ta’minoti bilan qamrab olindi.

Shu bilan birga, ayrim aholi punktlarini, eng avvalo, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlaridagi aholi maskanlarini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashga oid qator muammolar hanuzgacha hal etilmasdan qolmoqda.

Yurtimizda oilalar va mahallalar soni muntazam ko‘payib, yuzlab yangi turar joy mavzelari, aholi punktlari barpo etilayotgani va shaharlarning kengayib borayotgani ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini tubdan yaxshilash borasida amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda. Bu chora-tadbirlar energiya va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar asosida suv chiqarish va kanalizatsiya-tozalash inshootlari, suv o‘tkazgichlar, nasos stansiyalari, taqsimlash uzellari, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilishga qaratilishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ana shu muhim vazifalarni hisobga olgan holda qabul qilingan va u aholining keng qatlamlari, ayniqsa, qishloq aholisi uchun yanada qulay va munosib ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, 2017 — 2021-yillarda mamlakatimizda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari ko‘rsatish samaradorligini oshirish, iste’molchilarning barcha hududlarda sifatli ichimlik suvidan foydalanishini ta’minlashga qaratilgan.

Mazkur qaror bilan, xususan, quyidagi dastur va loyihalar tasdiqlanmoqda:

10,2 ming kilometr ichimlik suvi quvurlari va tarmoqlari, 1677 ta suv chiqarish qudug‘i, 1744 ta suv minorasi va rezervuari qurish hamda rekonstruksiya qilish, shuningdek, 1440 dona nasos uskunasini o‘rnatish nazarda tutilayotgan tumanlar va aholi punktlari bo‘yicha 2017 — 2021-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturining yig‘ma va manzilli parametrlari;

20 ta ichimlik suvi ta’minoti obyektini qurish va rekonstruksiya qilish, 302 kilometrdan iborat suv o‘tkazish va vodoprovod tarmoqlarini barpo etish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan 2017 — 2021-yillarda mintaqalararo ahamiyatga molik ichimlik suvi ta’minoti tizimlari va o‘ta muhim obyektlarni barpo etish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli dastur;

xalqaro moliya institutlarining kreditlarini jalb etgan holda, respublikamiz hududlarida 36 ta investitsiya loyihasini amalga oshirishni nazarda tutadigan 2017 — 2021-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ichimlik suvi tarmoqlari va kanalizatsiya tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturi.

Dasturni 2017 — 2021-yillarda moliyalashtirish uchun 4,8 trillion so‘m, jumladan, davlat budjetidan 2,2 trillion so‘m, xalqaro moliya institutlarining 2,6 trillion so‘m yoki 730,7 million dollar miqdoridagi mablag‘lari yo‘naltiriladi.

Bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish va Dasturning amalga oshirilishini nazorat qilish uchun Idoralararo ishchi komissiyasi tasdiqlandi. Shuningdek, qarorda “Toza ichimlik suvi” jamg‘armasini tashkil etish nazarda tutilgan bo‘lib, uning mablag‘lari mamlakatimizda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilishga, respublikamiz aholisi, ayniqsa, qishloq aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, qarorda ichimlik suvi ta’minoti tizimi obyektlaridan yanada ishonchli foydalanish maqsadida har bir aholi punktidagi ichimlik suvi ta’minoti obyektlarini pasportlashtirish va ichimlik suvi ta’minoti tizimi obyektlarining elektron ma’lumotlar bazasini yaratish nazarda tutilgan.

Ushbu qarorning amalga oshirilishi:

birinchidan — shahar va tumanlar, qishloq va mahallalarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini tubdan yaxshilash;

ikkinchidan — aholini markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti bilan qamrab olishni respublikamiz miqyosida 84 foizga, bir qator hududlarda esa 90 foizga yetkazish;

uchinchidan — aholi keng qatlamlari, ayniqsa, qishloq aholisi uchun yanada qulay va munosib ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi.

Qisqacha aytganda, ushbu muhim hayotiy vazifalarning amalga oshirilishi mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, shahar va qishloqlarimizning yanada obod bo‘lishi, xalqimizning hayot darajasi va sifati yuksalishiga xizmat qiladi.

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 18-son, 314-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son; 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son; 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)