13.04.2017 yildagi 206-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertlarining malakasini oshirish tizimini tashkil qilish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 8-fevraldagi PQ–2761-son qarori ijrosini ta’minlash, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi (keyingi o‘rinlarda Sud ekspertizasi markazi deb ataladi) faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek davlat sud ekspertlarining (keyingi o‘rinlarda sud ekspertlari deb ataladi) malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tizimini tashkil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sud ekspertizasi markazining Buxoro, Jizzax, Navoiy va Namangan hududiy bo‘limlari tashkil etilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son — 2021-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Buxoro, Jizzax, Navoiy va Namangan viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda yangi tashkil etilayotgan Sud ekspertizasi markazining hududiy bo‘limlarini joylashtirish va ish faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida ularni bino, mebel, kompyuterlar, boshqa zarur texnika va inventarlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ekspertizasi markazining yangi tashkil etilgan hududiy bo‘limlarda joylardagi ehtiyojlar hamda mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda ekspertiza tadqiqotlarining qo‘shimcha turlarini joriy qilinishini tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud ekspertiza xulosalarini xalqaro miqyosda tan olinishi va qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida Sud ekspertizasi markazining Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi hamda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarining xalqaro ilmiy-texnik talablarga mosligini ta’minlagan holda ularni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlarini, shuningdek ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda sud ekspertizaning yangi, shu jumladan sud lingvistik ekspertizasi, sud avtomobil yo‘llari ekspertizasi va sud kompyuter-texnik ekspertizasi kabi turlarini bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq qilish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyoviy dalillarni qayd qilish bo‘yicha ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, tadqiqotlarning maqbul metodikalarini tanlash, ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish muddatlarini qisqartirish, shuningdek Sud ekspertizasi markazini zamonaviy dasturiy ta’minot bilan ta’minlash maqsadida innovatsion loyihalarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda, ushbu qarordan kelib chiqib, Sud ekspertizasi markazi ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-yilda va har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda, asoslangan hisob-kitoblarga binoan, Sud ekspertizasi markaziga ushbu qarorning ijrosini ta’minlash uchun zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 14-noyabrdagi 321-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 46-47-son, 522-modda) 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 13-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
206-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 206-son qaroriga
1-ILOVA

Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 271-moddasiga muvofiq davlat sud ekspertlarining malaka oshirish kurslarida muayyan sud-ekspertlik faoliyati bo‘yicha malakasini va huquqiy bilimlarini oshirib borish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sud eksperti (keyingi o‘rinlarda sud eksperti deb ataladi) — davlat sud ekspertiza muassasasining o‘z xizmat vazifalarini bajarish tartibida sud ekspertizasini o‘tkazuvchi sud eksperti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud-ekspertlik faoliyati — sud ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyat;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralar — sud ekspertizasi muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sud ekspertlarining malakasini oshirib borish sud ekspertlarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablariga mos ravishda amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sud ekspertlarining malakasini oshirib borish vazirliklar va idoralar tizimida amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sud ekspertlarining huquqiy bilimlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida (keyingi o‘rinlarda — Institut) vazirliklar va idoralarning ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha taqdim qilinadigan buyurtmasiga asosan oshirib boriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Institutda sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish xarajatlari, shuningdek Institutga asosiy ishdan ajralgan holda boshqa hududlardan yuborilgan sud ekspertlarining o‘qish joyiga kelishi va u yerdan qaytishi bo‘yicha bir martalik yo‘l xarajatlari, xizmat safari bo‘yicha xarajatlar vazirliklar va idoralarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sud ekspertlari har ikki yilda malakasini va huquqiy bilimlarini oshirib borishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Malakani va huquqiy bilimlarni oshirish o‘z ixtisosligi bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan sud ekspertlari uchun tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirliklar va idoralar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud ekspertlarining malakasini oshirish tizimida o‘qishi lozim bo‘lgan sud ekspertlarining ehtiyojini aniqlaydi va tarkibini shakllantiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy bilimlarini oshirib borish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishda Institutga tashkiliy-metodik jihatdan ko‘maklashadi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud ekspertlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish bo‘yicha o‘quv jarayoni sifatini monitoring qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirliklar va idoralar sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirishning to‘liqligi va o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun mas’uldirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirishning maqsadi va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘quv jarayonini yuqori ilmiy-uslubiy darajada ta’minlash, malakaviy talablar, o‘quv rejalari va dasturlari asosida kasbiy va huquqiy bilimlar hamda mahoratni doimiy ravishda rivojlantirishga ko‘maklashish uchun zarur bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va malakalarni muntazam ravishda yangilab borish sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirishning maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirishning vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud ekspertlarining kasbiy va huquqiy bilimlari, ko‘nikmalari va mahoratlarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq sud-ekspertlik faoliyati sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy va huquqiy tayyorgarlikni oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirishning bevosita va bilvosita shakllarini amaliyotga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud ekspertlari tomonidan zamonaviy multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish jarayonlarining fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash, sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tizimini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish bevosita va bilvosita shakllarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bevosita shaklda malakani va huquqiy bilimlarni oshirish quyidagicha tashkil qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv jarayonida ishtirok etish — o‘quv dasturlariga mos holda yangi nazariy va amaliy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sud ekspertizasi muassasalarida malakaviy amaliyot (stajirovka) o‘tash — sud ekspertlarining amaliy bilimlari, ko‘nikma va malakalarini kengaytirish va chuqurlashtirish hamda o‘quv jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ekspertlari malakaviy amaliyot (stajirovka) o‘tashni xorijiy davlatlarning sud ekspertlari malakasini oshirishga ixtisoslashgan muassasalarida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda vazirlik, idoralar va davlat sud ekspertizasi muassasalari bilan xorijiy davlatlarning tegishli muassasalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar, shuningdek xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan sud ekspertizasi muassasalarini rivojlantirish maqsadida ajratiladigan grantlar asosida amalga oshirishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bilvosita shaklda malakani va huquqiy bilimlarini oshirish — sud ekspertlarining masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim, o‘z bilimini mustaqil oshirishi, tajriba almashishi, davlat sud ekspertizasi muassasalari va Institut tomonidan tashkil etiladigan ekspertlarning seminar, davra suhbati va konferensiyalarda hamda boshqa shu kabi tadbirlarda ishtirok etishi va ma’ruzalar bilan chiqishi orqali amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslanadi va asosiy ishdan ajramagan holda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim tegishli o‘quv dasturi asosida tashkil qilinadi hamda malaka oshirishning mustaqil shakli sifatida yoki malakani va huquqiy bilimlarni oshirish bevosita shaklining takribiy qismi sifatida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sud ekspertlari o‘zining bilim, ko‘nikma va malakasini mustaqil tarzda oshirib borishlari shart. Mustaqil ta’lim sud-ekspertlik faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘quv jarayonini tashkil etish Institut hamda vazirliklar va idoralar tomonidan Sud ekspertlarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablariga javob beradigan o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. O‘quv jarayoni guruh tarkibida sud ekspertizalarining bir turi bo‘yicha tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirishni samarali tashkil qilish uchun Institut hamda vazirliklar va idoralar:
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qitishning zamonaviy pedagogik uslublari, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda, sud ekspertizalarining turlari bo‘yicha tahliliy qobiliyatlarni va ijodiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan alohida o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fanlarning sud ekspertiza amaliyoti bilan aloqasini ta’minlaydi, o‘quv jarayonining amaliy yo‘naltirilganligini, mustaqil ta’limni, o‘quv jarayonini sud ekspertizasi faoliyatidagi vazifalarni samarali bajarishga yo‘naltirilganligini kuchaytiradi, o‘quv jarayoniga sud ekspertizasi sohasidagi ilg‘or ilmiy-tadqiqotlar natijalari, pedagogik texnologiyalar, mashg‘ulotlar o‘tkazishning samarali shakl va uslublarini joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud ekspertlari tomonidan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yangi nazariy bilimlar va zamonaviy tadqiqot usullari, ilg‘or amaliy tajribalar, shuningdek ish faoliyatlarida axborot-texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishni ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv jarayoniga ta’limning interfaol usullari, zamonaviy pedagogika texnologiyalarini, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib, axborot-kommunikatsiya va masofali ta’lim texnologiyalarini tatbiq qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqilgan sud ekspertizasi fanlariga taalluqli ilmiy, uslubiy va texnik yangiliklar, ilg‘or tajribalarni o‘rganadi hamda o‘quv jarayoniga joriy qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganadi, shu soha bo‘yicha tajriba almashishni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv jarayoniga oid maxsus fanlar bo‘yicha adabiyotlarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud ekspertizasi tadqiqotlari metodikalarini takomillashtirish, yangi turdagi ekspertizalarni joriy qilish, o‘quv jarayonini rivojlantirishga oid mavzularda konferensiya, simpozium va seminarlar tashkil qiladi hamda bunday anjumanlarda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv jarayonining lozim darajada tashkil qilinishi va o‘tkazilishi uchun javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. O‘quv jarayoni muayyan yo‘nalish bo‘yicha siklik mashg‘ulotlar (kun davomida boshqa turdagi mashg‘ulotlarga jalb etmasdan) tarzida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sud ekspertlarining malakasini oshirish jarayonida malakaviy amaliyot (stajirovka) o‘tkazilishi nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish vazirliklar va idoralarning buyurtmalariga binoan Institut tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida amalga oshiriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Institutga sud ekspertlarini qabul qilish Institut direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Malaka va huquqiy bilimlarini oshirishni o‘tayotgan sud ekspertlariga o‘qishning butun davri mobaynida asosiy ish joyi bo‘yicha egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Institutga jalb qilingan sud ekspertlari o‘quv jarayonidan quyidagi holatlarda chetlashtiriladi:
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning ichki tartib-qoidalarini buzganlik uchun;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv dasturlarini o‘zlashtirmaganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzrli sabablarsiz 8 akademik soatdan ko‘p o‘quv mashg‘ulotlarini qoldirganlik uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzrli sabablarga ko‘ra yoki o‘qishning davriyligi va talablariga binoan o‘qishni davom ettira olmagan sud eksperti o‘z arizasiga ko‘ra o‘quv jarayonidan chetlashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni davom ettira olmagan sud ekspertiga kelgusida tashkil etiladigan o‘quv guruhlarida o‘qish imkoni beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Institutga jalb qilingan sud ekspertlarini o‘quv jarayonidan chetlashtirish Institut direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi va bu haqda vazirliklar va idoralarga xabar beriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayonining muddati va davomiyligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Vazirliklar va idoralar tomonidan sud ekspertlarining malakasini oshirish muddati ikki haftadan kam bo‘lmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Institutda sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish bir haftadan kam bo‘lmagan muddatda tashkil etiladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. O‘quv jarayoni haftasiga ko‘pi bilan 36 akademik soat hajmida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Masofali ta’limda o‘qitish muddati o‘quv jarayoni muddatiga mos holda akademik soatlar bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Sud ekspertlari bilimini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. O‘quv jarayoniga jalb qilingan sud ekspertlari bilimlarini baholash yakuniy nazoratlar natijasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malakani oshirish bo‘yicha yakuniy nazorat vazirliklar va idoralarda (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi sud ekspertlari uchun –Institutda) test yoki yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqiy bilimlarni oshirish bo‘yicha yakuniy nazorat Institutda test yoki yozma imtihon hamda o‘qish davrida olingan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni aniqlashga qaratilgan suhbat shaklida o‘tkaziladi.
(32-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Yakuniy nazoratlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun vazirliklar va idoralar rahbarlari va Institut direktorining buyruqlari bilan komissiyalar tashkil etiladi.
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutda tashkil etiladigan komissiya tarkibiga vazirliklar va idoralar, oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning vakillari ular bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakuniy nazoratlar natijalari komissiyalar a’zolari tomonidan imzolanadigan qaydnoma varaqalariga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. O‘quv jarayoniga jalb etilgan va o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan sud ekspertlariga tegishli komissiyalar tomonidan ushbu Nizomga 2, 3-ilovalarga muvofiq shakllar bo‘yicha sertifikatlar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Yakuniy nazoratlardan o‘ta olmagan yoki uzrli sabablarga ko‘ra ularda ishtirok eta olmagan sud ekspertiga, uning arizasiga binoan, uch kun muddatda tegishli yakuniy nazoratni qayta topshirish imkoni beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ushbu Nizomda belgilangan muddatlarda malakasini va/yoki huquqiy bilimlarini oshirmagan yoki yakuniy nazoratlardan takroran o‘ta olmagan xodimlar malaka va/yoki huquqiy bilimlarni oshirishdan o‘tmagan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqiy bilimlarni oshirishdan o‘tmagan xodimlar haqidagi ma’lumotnoma Institut tomonidan zarur choralar ko‘rish uchun vazirliklar va idoralarga yuboriladi.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Malakani va/yoki huquqiy bilimlarni oshirishdan o‘tmagan xodimlarning sud-ekspertlik faoliyati bilan shug‘ullanishi hamda ularni sud-ekspertlik faoliyatiga jalb qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

Davlat sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirish kurslarida o‘qishni tashkil qilish bo‘yicha buyurtma shakli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori
‎________________________ga

‎‎
‎Davlat sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirish kurslarida o‘qishni
‎tashkil etish bo‘yicha
‎ BUYURTMA

‎‎Davlat sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirish kurslarida quyidagi xodim(lar)ni o‘qitish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishingizni so‘rayman:

T/r‎

Xodim(lar)ning F.I.O.‎‎

Xodim(lar)ning lavozimi va maxsus unvoni‎

Mutaxassislik yoki yo‘nalish nomi‎‎

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎

3.‎

‎‎

‎‎

‎‎

4.‎

‎‎

‎‎

‎‎

5.‎

‎‎‎‎‎‎

______________________‎‎

________________‎‎

______________________‎‎

(rahbar lavozimi)‎‎

(imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

‎‏

‎‎_____________________________________________________________
‎(sud ekspertizasi muassasasiga ega bo‘lgan tashkilotning nomi)
‎Davlat sud ekspertining malakasini oshirganligi to‘g‘risida
‎ SERTIFIKAT
‎№ _______________

20___ yil “___” ______________‎‎

__________________
‎ (berilgan joyi) ‎‎

‎‎__________________________________________________________________
‎ (Davlat sud ekspertining familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎20___ yil “____” _______________dan 20___ yil “____”_______________gacha ___________________________________ soatli
‎______________________________________________________________________ni

‎‎(malaka oshirish kursining nomi)

‎‎muvaffaqiyatli tamomladi.
‎‎Komissiya raisi ______________ ‎‎____________________________

(imzo)‎

‎‎(F.I.O.)

(M.O‘.)‎

‎‎Amal qilish muddati: 2 yil

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‏

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎ADLIYA VAZIRLIGI
‎YURIDIK KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
‎ Davlat sud ekspertining huquqiy bilimlarini oshirganligi to‘g‘risida
‎ SERTIFIKAT
‎№ _______________

20___ yil “___” ______________‎‎

__________________
‎ (berilgan joyi) ‎‎

‎‎__________________________________________________________________
‎ (Davlat sud ekspertining familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎20___ yil “____” _______________dan 20___ yil “____”_______________gacha ___________________________________ soatli
‎______________________________________________________________________ni

(huquqiy bilimlarni oshirish kursining nomi)

‎‎muvaffaqiyatli tamomladi.
‎‎Komissiya raisi ______________‎‎____________________________

(imzo)‎

‎‎(F.I.O.)

(M.O‘.)‎

‎‎Amal qilish muddati: 2 yil

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son — 2021-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 206-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2012-yil 14-noyabrdagi 321-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) xodimlarining cheklangan umumiy soni 158 nafar (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni hisobga olmagan holda), ulardan boshqaruv xodimlari 20 nafar bo‘lgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga Markaz tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va ajratilgan mablag‘lar doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha faoliyatni tashkil qilish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qarorga 2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 16-son, 274-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son; 14.12.2022-y., 09/22/705/1089-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son; 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)