13.04.2017 yildagi 208-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida atoqli ma’rifatparvar Is’hoqxon Ibrat nomidagi yodgorlik majmuasini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XX asr Milliy uyg‘onish davrining yetuk namoyandalaridan biri, noyob iste’dod egasi, ko‘plab Sharq va G‘arb tillarining bilimdoni, o‘lkamizdagi ilk matbaachilardan biri sifatida Vatan taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan Is’hoqxon Ibrat nomini abadiylashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Badiiy akademiya, Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Namangan viloyati hokimligining Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida Is’hoqxon Ibrat nomidagi bog‘, atoqli ma’rifatparvarning haykali va muzeyi hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabdan iborat “Is’hoqxon Ibrat majmuasi”ni (keyingi o‘rinlarda — Majmua deb yuritiladi) tashkil etish haqidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Is’hoqxon Ibrat muzeyi To‘raqo‘rg‘on tumanidagi madaniy meros obyekti bo‘lgan G‘oyibnazar Qozi madrasasi negizida tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Is’hoqxon Ibrat haykali o‘rnatiladigan uning nomidagi bog‘, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab alohida yuridik shaxslar sifatida;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 698-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 962-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Is’hoqxon Ibrat majmuasini tashkil etish bo‘yicha respublika ishchi guruhi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ishchi guruhiga tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Majmuani tashkil etish hamda qurilish ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Namangan viloyati hokimligi 10 kun muddatda majmuani tashkil etish uchun tegishli yer maydoni ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bir oy muddatda Is’hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab ustavini tasdiqlasin va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Is’hoqxon Ibrat haykali postamenti hamda muzey uchun qo‘shimcha binolar qurish O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Investitsiya dasturi doirasida Namangan viloyati hokimligiga nazarda tutilgan markazlashtirilgan mablag‘lar hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab qurish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Is’hoqxon Ibrat muzeyi binosining madaniy meros obyekti qismida restavratsiya ishlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish ishlariga ajratiladigan budjet mablag‘lari, jihozlash ishlari mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Is’hoqxon Ibrat haykalini yaratish va o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ijtimoiy sohaga nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kosonsoy soyining “Is’hoqxon Ibrat majmua”si hududidan o‘tgan qismining qirg‘oqlarini betonlash va mustahkamlash ishlari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Investitsiya dasturi doirasida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bog‘ni tashkil etish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bilan bog‘liq xarajatlar Namangan viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Is’hoqxon Ibrat nomidagi bog‘ va xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyatini tashkil etish, shuningdek ularning tuzilmasi va saqlash xarajatlarini moliyalashtirish manbalari yuzasidan belgilangan tartibda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Majmua qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilish-montaj ishlari bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyatini yo‘lga qo‘yish va uni malakali kadrlar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari hamda oliy ta’lim muassasalarining o‘quvchi va talabalarini ushbu maktabga keng jalb etgan holda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish vazifalari yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Is’hoqxon Ibrat xotirasini abadiylashtirish ishlarini keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 13-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
208-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 208-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida atoqli ma’rifatparvar Is’hoqxon Ibrat nomidagi yodgorlik majmuasini tashkil etish bo‘yicha respublika ishchi guruhi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A. Ramatov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi, ishchi guruh rahbari

2.

X. Bozarov

Namangan viloyati hokimi, ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari

3.

R. Qosimov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

4.

U. Inoyatov

Xalq ta’limi vaziri

5.

M. Muratov

Madaniyat vaziri

6.

Y. Tursunov

Moliya vazirining o‘rinbosari

7.

A. Toxtayev

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

8.

A. Abdullayev

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi

9.

B. Abdusamatov

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi

10.

K. Mansurov

Matbuot va axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari

11.

X. Mirzaxidov

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

12.

M. Hazratqulov

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

13.

A. Qodirov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

15.

A. Nuriddinov

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi

16.

Sh. Jalilov

O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi raisi

17.

I. Latipov

“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi raisi

18.

S. Saidov

Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari

19.

Sh. Rizayev

“Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri

20.

M. Xodjimatov

“Guliston” jurnali bosh muharriri

21.

Z. Mansurov

Namangan viloyati matbuot va axborot boshqarmasi boshlig‘i

22.

P. Matkarimov

Namangan viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, ishchi guruh mas’ul kotibi.

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-sentabrdagi 731-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1040-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 15-son, 258-modda, 36-son, 962-modda, 38-son, 1040-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)