Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 12.04.2001 yildagi 172-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘ZBEKChARMPOYABZALI” UYuShMASI KORXONALARINING BARQAROR FAOLIYATINI TA’MINLAShGA DOIR ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Charm-poyabzal tarmog‘ini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tarmoq korxonalarining barqaror faoliyatini ta’minlash, charm xomashyosini yanada puxta qayta ishlash hamda raqobatbardoshli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy xomashyodan furnitura, yordamchi va butlovchi materiallar hamda boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning tarmoq dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Namangan va Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2002-yildan boshlab ilovaga* muvofiq ijtimoiy soha obyektlarini topshirish - qabul qilib olish dalolatnomalari asosida hokimliklar balansiga berish bo‘yicha bir oy muddatda kelishilgan qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi korxonalarining ishlamayotgan ishlab chiqarishlari 2001-yil 1-maydan boshlab uch yil muddatga mulk solig‘i to‘lashdan istisno tariqasida ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi mavjud ishlab chiqarish potensialidan yanada to‘liq va samarali foydalanish dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, dasturda istiqbolsiz ishlab chiqarishlarni tugatish, ishlamayotgan ishlab chiqarishlarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda, rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, ularni raqobatbardoshli charm tovarlar va poyabzallar chiqarishga qayta ixtisoslashtirish chora-tadbirlarini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi bilan birgalikda shu yil 1-maygacha uyushmaning ishlamayotgan, mol-mulki qiymati belgilangan imtiyozga muvofiq soliqqa tortilmaydigan ishlab chiqarishlari ro‘yxatini aniqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi tashkilotlari tomonidan ishlab chiqariladigan bolalar poyabzali va maxsus poyabzallar narxini pasaytirish maqsadida ushbu mahsulotlar 2001-yil 1-iyundan 2003-yil 1-yanvargacha qo‘shilgan qiymat solig‘idan istisno tariqasida ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 222-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 40-son, 307-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Savdogarbank”, “O‘zbekcharmpoyabzali” va “O‘zbekcharmpoyabzali”ning 2001-yilda o‘z resurslari hisobidan “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi korxonalari va tashkilotlarining aylanma mablag‘larini to‘ldirishga jami 1,0 mlrd so‘m miqdorida o‘rtacha muddatli kredit ajratish, mablag‘larning bir qismini xorijiy banklarning asbob-anjomlar sotib olish uchun ajratilgan kreditlarini to‘lashga yo‘naltirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi tashkilotlariga import qilinadigan xomashyo, moddiy va texnika resurslari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i, bojxona bojlari va yig‘imlari to‘lovini belgilangan tartibda 2 oy muddatgacha kechiktirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
charm va mo‘yna (shuningdek nostandart), shu jumladan qorako‘l xomashyosining (TIF TN kodlari 4101-4103, 4301-4302) respublikadan tashqariga noqonuniy olib ketilishini bartaraf etish maqsadida bojxona nazoratini kuchaytirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat daromadiga o‘tkazilgan teri, mo‘yna va qorako‘l xomashyo ularni qayta ishlashga ixtisoslashgan tashkilotlarga to‘lov evaziga beriladi.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 20-son, 187-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Respublika markazi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi bilan birgalikda bojxona organlari tomonidan musodara qilingan charm, mo‘yna va qorako‘l xomashyosini keyinchalik qayta ishlash uchun “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi tashkilotlariga berish, to‘lov narxini belgilash tartibini bir oy muddatda, belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda charm, mo‘yna va qorako‘l xomashyosini noqonuniy tayyorlash, tashish hamda O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib ketish hollarining oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha kelishilgan tadbirlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 1-2-son, 13-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari M.Z. Usmonov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 12-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
172-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 7-son, 37-modda; 2003-y., 1-2-son, 13-modda; 20-son, 187-modda; 2005-y., 40-son, 307-modda)