Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON NEFT MAXSULOTLARI VA GAZDAN FOYDALANISHNI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli “Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazilishi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Iqtisodiyot tarmoqlarida neft mahsulotlari va gazdan oqilona hamda samarali foydalanishni davlat tomonidan nazorat qilishning yagona tizimini takomillashtirish, “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzneftgazinspeksiya” negizida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan, foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Oʻdavneftgazinspeksiya”) tashkil etilsin, u “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tarkibidan chiqarilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2—6-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 13-iyuldagi 328-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 322-modda)
7. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi “Oʻzneftgazinspeksiya” balansidagi mavjud asbob-uskunalar, inventarlar va transport vositalarini “Oʻzdavneftgazinspeksiya”ga tekin bersin.
8. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bir oy muddatda “Oʻdavneftgazinspeksiya” Markaziy apparatini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda “Oʻzdavneftgazinspeksiya”ning Markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari uchun binolar ajratsinlar.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar bir oy muddatda amaldagi meʼyoriy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari V.Y. Atayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 8-iyun,
220-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 13-iyuldagi 328-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 322-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 13-iyuldagi 328-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 322-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga kiritiladigan
OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-martdagi 124-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi HQT, 1994-y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan “Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisida Nizom”da
Nizom matnidagi “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasining “Oʻzneftgazinspeksiya”siga berilgan koʻrsatmalar “Oʻzdavneftgazinspeksiya”ga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “soʻzsiz” soʻzi “akseptsiz” soʻzi bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-dekabrdagi 523-son qarori bilan tasdiqlangan mazkur qarorga 11-ilovadagi “Aksiyalarining nazorat va davlat paketlari, mol-mulki “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi ustav fondiga beriladigan aksiyadorlik kompaniyalari, korxonalar va tashkilotlar roʻyxati”dan hamda 12-ilovadagi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tuzilmasi”dan “Oʻzneftgazinspeksiya” Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi” hamda “Oʻzneftgazinspeksiya” soʻzlari chiqarib tashlansin.