Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.04.2019 31.03.2017 yildagi 166-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.04.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 337-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi, Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi va Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoʻl xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-fevraldagi PF-4954-son Farmoniga muvofiq, shuningdek yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish samaradorligini tubdan oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Mustaqillik shoh koʻchasi, 68-uy manziliga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasini zarur aloqa vositalari, shu jumladan Hukumat aloqasi bilan taʼminlashda belgilangan tartibda koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi uch oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 31-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
166-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-martdagi 166-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-martdagi 166-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga, “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoʻl xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-fevraldagi PF-4954-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) maqomi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Inspeksiya yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlarni, shuningdek yoʻl boʻyidagi infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash (keyingi oʻrinlarda yoʻl qurilishi deb ataladi), yoʻl-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqish sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasida shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablari bajarilishini nazorat qiluvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksiga boʻysunadi va unga hisobot beradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Inspeksiyaning tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Inspeksiyaning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida bank hisob raqamlariga va gʻaznachilik hisob raqamlariga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yoʻl qurilishi ishlarida, yoʻl-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishi tugallangan yoʻl obyektlarini foydalanishga qabul qilish boʻyicha komissiyalar ishida qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl qurilishi yuzasidan shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritish va unda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yoʻl qurilishi ishlarida, yoʻl-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi tashkilotlarga avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini bajarishga ruxsatnomalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl qurilishi jarayonida loyiha-smeta hujjatlariga kiritiladigan oʻzgarishlarning yoʻl qurilishi sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi monitoringi olib borilishi va nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarni bajaruvchilarda va xizmatlar koʻrsatuvchi loyiha va pudrat tashkilotlarida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan loyiha va qurilish faoliyatining litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish huquqiga litsenziya mavjudligini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajariladigan qurilish-montaj ishlari sifati, ularning yoʻl qurilishi sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlar talablariga va loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajariladigan ishlar, shuningdek yoʻl qurilishi obyektida qoʻllaniladigan yoʻl-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini nazorat tartibida sinab koʻradi, suratga oladi va oʻlchaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud yoʻllar va sunʼiy inshootlarning texnik holatini ularni qayta tiklash yoki rekonstruksiya qilishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan shartnoma asosida tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va yoʻl qurilishi, yoʻl-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqish sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlar talablari buzilganda maʼmuriy taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga va shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va yoʻl qurilishi sohasida texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha normativ hujjatlar talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan tashkilotlarning qurilish sohasida faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga boʻlgan huquqiga berilgan litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qurilishi tugallangan yoʻl obyektlarini foydalanishga qabul qilish boʻyicha komissiyalar ishida qatnashish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻllar va sunʼiy inshootlarning, ularning qismlari va konstruktiv elementlarining avariya holatidaligi sabablarini tekshirish boʻyicha texnikaviy komissiyalar ishida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik va mualliflik nazorati xizmatlari hamda idoralar va boshqa tashkilotlarning sinash yoʻl-qurilish laboratoriyalari faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yoʻl qurilishi yuzasidan shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritish va unda ishtirok etish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl qurilishi sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mustaqil ishlab chiqadi va ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl qurilishi yuzasidan shaharsozlik qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish sohasida texnik jihatdan tartibga solishni takomillashtirish boʻyicha takliflarni mustaqil ishlab chiqadi va ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) yoʻl-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib borish sohasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring natijalarini tahlil qiladi, xalqaro tajribani oʻrganadi, yoʻl qurilishi sifati, shuningdek yoʻl-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalaridan oqilona foydalanish masalalarini tartibga soluvchi metodik hujjatlarning normativ talablarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda sifat boʻyicha xalqaro talablarga muvofiq yoʻl-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari sifatini taʼminlash, avtomobil yoʻllari sohasida shaharsozlik qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga rioya etish masalalari boʻyicha boshqa vakolatli davlat organlari, ilmiy-tadqiqot, sinash, loyiha va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Inspeksiyaning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yoʻl qurilishi, yoʻl-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqarish obyektlariga toʻsiqsiz kirish hamda yuridik shaxslar tomonidan yoʻl qurilishi sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) loyiha-pudrat tashkilotlari va buyurtmachi tashkilotlardan qoʻllaniladigan yoʻl-qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari hamda bajariladigan yoʻl-qurilish va montaj ishlari sifatini nazorat qilish uchun zarur boʻlgan loyiha, texnologik, ijro hujjatlarini va boshqa materiallarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) pudrat tashkilotlariga konstruksiyalar, uzellar va detallarning alohida elementlarini ochishni, qoʻllanilgan yoʻl-qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlarini, muhandislik tizimlarini asoslardagi va orqaga koʻmib tashlashda tuproqni sinashni yuklash, zarurat boʻlganda tegishli xulosani tayyorlash uchun ilmiy-tadqiqot, sinash va loyiha tashkilotlarining ekspertlarini, mutaxassislarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) yoʻl qurilishi va yoʻl-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish sohasida shaharsozlik faoliyati subyektlari bajarishi majburiy boʻlgan aniqlangan qoida buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻl qurilishi sohasida maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida protokol tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) yoʻl qurilishi sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasida normativ hujjatlar talablari buzilganligi aniqlangan taqdirda yoʻl qurilishida materiallar va buyumlarni ishlab chiqarishni, sotishni va ularni qoʻllashni toʻxtatib turish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) tasdiqlangan loyiha yechimlari va yoʻl qurilishi sohasida mustahkamlik va barqarorlik tavsiflari buzilishiga olib kelgan yoʻl qurilishi sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlar talablari buzilishi aniqlanganda, shuningdek sunʼiy inshootlar, oʻzboshimchalik bilan qurilishi avariyalari xavfi mavjud boʻlgan hollarda yoʻl qurilishi sohasida qurilish-montaj ishlarini bajarishni toʻxtatib qoʻyish. Tadbirkorlik subyektining faoliyati toʻxtatib qoʻyilishiga olib kelgan qurilish-montaj ishlarini bajarishni toʻxtatib qoʻyish sud tartibida amalga oshiriladi, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar va aholining hayoti va sogʻligʻiga boshqa real xavf yuzaga kelishining oldi olinishi munosabati bilan faoliyatni oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) buyurtmachilarga, pudratchilarga va umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini, xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini, shaharlar, shaharlar posyolkalari va ovullar koʻchalarini balansida saqlovchilarga shaharsozlik sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzayotgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasidan, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasidan, Davlat statistika qoʻmitasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasidan, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vazirliklari va idoralaridan yoʻl qurilishi, yoʻl-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqarish sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir zarur axborotlarni va normativ hujjatlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining yagona axborot bazasidan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) shaharsozlik sohasidagi qonun hujjatlarining buzilishlari toʻgʻrisidagi materiallarni prokuratura va sud organlariga berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Inspeksiya oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Nazorat qilish ishlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yoʻl qurilishi obyektlarida bajarilayotgan ishlarning sifatini nazorat qilish boʻyicha ishlar buyurtmachi va pudratchining ularning buyruqlari bilan tayinlanadigan masʼul vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda ushbu maqsadlar uchun Inspeksiya tomonidan loyihalash tashkilotlari, banklar va boshqa manfaatdor tashkilotlarning mutaxassislari shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda yoʻl-qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari sifatini nazorat qilish ishlari texnik jihatdan tartibga solish normativ hujjatlari (mavjud boʻlganda) talablariga rioya etilishi uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslar (bosh muhandis, sex boshligʻi, texnikaviy nazorat qilish boʻlimi boshligʻi va boshqalar) ishtirokida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qurilish obyektida yuritiladigan ishlarni amalga oshirish jurnalida ishlarning sifatini nazorat qilish natijalari boʻyicha tegishli yozuv qayd etiladi, Inspeksiya inspektori, buyurtmachi va pudratchi vakillari tomonidan imzolanadigan dalolatnoma tuziladi, zarurat boʻlganda — yozma buyruq beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida maʼmuriy chora koʻrish nazarda tutilgan buzilish faktlari boʻyicha yozma buyruqlar Inspeksiya boshligʻi yoki uning oʻrinbosari imzosi bilan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Inspeksiya xodimlari oʻz funksional vazifalarini bajarishda davlat nazoratining boshqa vakolatli organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Inspeksiya faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Inspeksiyani boshliq boshqaradi, u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi hamda maqomi boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Inspeksiya boshligʻining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi hamda maqomi boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Inspeksiya xodimlari Inspeksiya boshligʻining buyrugʻi bilan tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Inspeksiya boshligʻi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi va zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini va funksional vazifalarini tasdiqlaydi, boʻysunuvchilarning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-qurilish ishlari sifati yuzasidan tizimli monitoringni va taʼsirchan nazoratni, shuningdek yoʻl qurilishi sohasidagi muammoli masalalarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishning tashkil etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika mintaqalaridagi ishlarning yillik hajmlaridan kelib chiqqan holda Inspeksiya kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyishni amalga oshiradi, davlat inspektorlarini belgilangan xodimlar soni doirasida mintaqalar boʻyicha qayta taqsimlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat inspektorlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl qurilishi sohasida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma olish uchun buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganadilar, ular boʻyicha xulosalar tayyorlaydilar va rahbariyatga kiritadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, loyiha-smeta hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning muvofiqligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalash va qurilish faoliyatining litsenziyalanayotgan turlarini amalga oshirish huquqiga litsenziyaning mavjudligini tekshiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarda qoʻllanayotgan yoʻl-qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlarini nazorat sinovidan oʻtkazadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda yoʻl qurilishi sohasidagi maʼmuriy qonun buzilishlari toʻgʻrisida protokollar tuzadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyalari hamda yoʻllar va sunʼiy inshootlarning avariyali holatlari sabablarini tekshirish boʻyicha texnik komissiyalar ishlarida qatnashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq vazifalarning taqsimlanishiga koʻra boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Inspeksiya mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki sudlarga belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Inspeksiya xodimlari noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) hamda yuridik va jismoniy shaxslarga zarar yetkazganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Inspeksiyani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 14-son, 220-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 22.04.2019-y., 09/19/337/2997-son)