Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 16.03.2017 yildagi PQ-2840-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qaroriga muvofiq, shuningdek, hududlar iqtisodiy kompleksi faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tuzilmasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari, shuningdek tuman hamda shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilish, mavjud nomutanosibliklarni, hududlarning zaxiralarini hamda ishlab chiqarishga jalb qilinmagan mineral-xomashyo, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatlarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat va hududlarni istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategik ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, hududlarning sanoat potensialini jadal rivojlantirish borasida tarmoq tuzilmalari bilan birgalikda dasturiy chora-tadbirlarni, hududlarni kompleks rivojlantirish, hududning iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirishning qisqa muddatli va oʻrta muddatli prognozlari hamda dasturlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy investitsiya dasturlari tayyorlanishini taʼminlash va uning amalga oshirilishini monitoring qilish, yangi ishlab chiqarishlarni qurish, ularni oʻz vaqtida ishga tushirish hamda amaldagilarini modernizatsiyalash, respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirishning tasdiqlangan oʻrta muddatli va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik, yoʻl-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini ildam rivojlantirish, aholiga transport xizmati koʻrsatishni yanada yaxshilash, koʻrsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish, sifatli ichimlik suvi va sanitar tozalash tizimi bilan taʼminlash boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidagi tarkibiy oʻzgartirishlar, qishloq xoʻjaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash masalalarini teran tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududdagi demografik jarayonlarni hamda jins va yoshiga oid tarkibini, aholi bandligi darajasi va tarkibini tizimli tahlil qilish, shu asosda ishsiz aholini, ayniqsa yoshlarni ishlab chiqaruvchi kuchlarni optimal joylashtirish va yangi ish oʻrinlari yaratish hisobiga ish bilan taʼminlash yuzasidan takliflar tayyorlash, aholining turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, ularga tibbiy, taʼlim va ijtimoiy-madaniy xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni kompleks rivojlantirishning qisqa muddatli va oʻrta muddatli dasturlarini ishlab chiqishda vazirliklar va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari barcha hududiy boʻlinmalarining faoliyati va oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hududiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda hududlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va monitoring qilish masalalari yuzasidan ishlar samaradorligini oshirishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparatining Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasiga qoʻshimcha 12 ta shtat birligi ajratilsin va ushbu bosh boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosariga boʻysundirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot vazirini lavozimga tayinlash va undan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va undan ozod qilish tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman hamda shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari boshliqlarini lavozimga tayinlash va undan ozod qilish tegishli tuman va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalarining boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasi, viloyatlar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalarining namunaviy tuzilmalari hamda Toshkent shahar Iqtisodiyot va kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasining tuzilmasi 1-, 1a va 1b-ilovalariga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari, shuningdek tumanlar hamda shaharlar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari xodimlarining cheklangan soni 2- va 2a-ilovalariga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash razryadlari 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari, shuningdek tumanlar hamda shaharlar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-yanvardagi PQ-2722-sonli qarorining 1-bandida oʻrnatilgan tartibda joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni, viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari, tuman hamda shaharlar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari bir hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan avval Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklariga berilgan zarur uskunalar, avtotransport vositalari va mebellar viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalariga, tumanlar hamda shaharlar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlariga topshirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari, tumanlar hamda shaharlar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari joylashtirilishini, ular zarur uskunalar, kompyuter texnikasi, mebel, aloqa vositalari bilan jihozlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari, tumanlar hamda shaharlar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlarining joriy taʼminoti va ular faoliyatini moliyalashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlari 4-ilovaga* muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 16-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2840-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 13-son, 199-modda)