14.03.2017 yildagi 135-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb etgan holda Shahrisabz shahrida Kasb-hunarga oʻqitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishsizlarni va vaqtincha band boʻlmagan aholini, shu jumladan taʼlim muassasalari bitiruvchilarini kasb-hunarga qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
grant yordami ajratish toʻgʻrisida 2014-yil 5-avgustdagi Hadli bitimga muvofiq Koreya Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga “Shahrisabz shahrida kasb-hunarga oʻqitish markazini tashkil etish va Oʻzbekistonda kasbga oʻqitish salohiyatini oshirish boʻyicha konsalting loyihasi (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) uchun 8,5 mln AQSh dollari miqdorida grant (keyingi oʻrinlarda grant deb ataladi) berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha doirasida Shahrisabz shahrida 60 oʻrinli yotoqxonasi bilan quvvati 240 oʻquvchi oʻrniga teng boʻlgan Kasb-hunarga oʻqitish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi), tashkil etilishi nazarda tutilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) tashkil etish uchun Shahrisabz shahridagi sobiq “Hujum” fabrikasining maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari ajratilganligi, qurilish uchun yer uchastkasini tayyorlash taʼminlanganligi va loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
grant mablagʻlari hisobiga chetdan olib kelinadigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olinadigan tovarlar, shu jumladan avtotransport vositalari, ishlar (xizmatlar)ning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari), shuningdek qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish doirasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligining Oʻzbekistondagi ofisi (keyingi oʻrinlarda KOICAning Oʻzbekistondagi ofisi deb ataladi) obyekt qurilishining buyurtmachisi hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Markaz davlat taʼlim muassasasi hisoblanadi va bevosita Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasiga boʻysunadi, umumiy oʻquv-metodik rahbarlik esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga yuklanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 255-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsizlarni va vaqtincha band boʻlmagan aholini, shu jumladan kasb-hunar kollejlarini va akademik litseylarni bitirgan doimiy ishga ega boʻlmagan shaxslarni oʻqitish muddati 1 yildan ortiq boʻlmagan muddatda quyidagi yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha bepul kasb-hunarga qayta tayyorlash va malakasini oshirish: metallga ishlov berish va chilangarlik (payvandlovchilar, chilangarlar va metallga ishlov berish mutaxassislari), elektr va elektronika (elektron va maishiy texnikani, radio va teleapparaturalarni taʼmirlash va ularga servis xizmati koʻrsatish mutaxassislari), axborot texnologiyalari (hisoblash mashinalari operatorlari, kompyuterlar va boshqa tashkiliy texnikaga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash), yigiruv ishlab chiqarishi texnologiyasi (yigiruv-toʻquv uskunasi operatori va boshqalar) va tikuv jarayoni texnologiyalari (keng assortimentdagi tayyor kiyimlar konstruktorlari, tikuv uskunasi operatorlari va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat organlarida ishsiz sifatida roʻyxatdan oʻtmagan, ish izlayotgan shaxslarni, shuningdek ish beruvchilarning buyurtmanomalari boʻyicha — xodimlarni, har yili oʻqitiladiganlar sonining 15 foizidan ortiq boʻlmagan hajmda, Oʻzbekiston mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga toʻlov asosida qisqa muddatli oʻqitishni tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, Markazning taʼminoti, ishsizlarni va vaqtincha band boʻlmagan aholini kasb-hunarga qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek import qilinadigan oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalarini va moddiy resurslarni va avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlash, rasmiylashtirish va tashish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi tasarrufidagi mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning rahbarlari, oʻqituvchilari, ustalari va boshqa xodimlariga kasb-hunar kollejlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari tatbiq etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan oʻquvchilarga bevosita Markazda bepul oʻqigan davrida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorida, biroq 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga stipendiya toʻlanadi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash davrida ularga ishlab chiqarish amaliyoti dasturlariga muvofiq ularning ishlab chiqarish faoliyatini taʼminlaydigan haq toʻlanadigan ish joylari taqdim etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning oʻqituvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining lavozim maoshlariga aniq miqdori Markaz rahbariyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadigan Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi mablagʻlaridan 40 foizgacha miqdorda doimiy ustama belgilash toʻgʻrisidagi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pulli qisqa muddatli kurslar tashkil etishdan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablagʻlar hisobiga shakllantiriladigan Markazni moddiy-texnik rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Markazni rivojlantirish jamgʻarmasi deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi belgilangan tartibda:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishgan holda Markaz ustavini hamda Markaz ishida qoʻllanadigan zarur oʻquv-metodik dasturlar va materiallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan foyda normativini belgilashni hisobga olgan holda, qisqa muddatli oʻqitish boʻyicha pulli xizmatlarning qiymatini shakllantirish metodikasini aniqlashni nazarda tutuvchi Markazni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi taʼlim muassasalarining belgilangan pedagogik va oʻquv-ishlab chiqarish yuklamalaridan kelib chiqqan holda Markazning shtat jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankiga grantga hisob-kitob xizmati koʻrsatish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qashqadaryo viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” AJ bilan birgalikda Markaz qurilishi uchun ajratilgan maydonda joylashgan eski elektr transformatorini quvvati kamida 1000 kVA boʻlgan yangisiga almashtirilishini hamda quvvati aynan shunday boʻlgan zaxira transformatori oʻrnatilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektga tutash hududni obodonlashtirishni (asfaltlash, piyodalar uchun yoʻlaklar tashkil etish, koʻkalamzorlashtirish va boshqalar), shuningdek kommunikatsiya tarmoqlari oʻtkazilishini (elektr, isitish tizimi, ichimlik suv, kanalizatsiya, telefon aloqasi va boshqalar) taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ loyiha doirasida Markazning qurilishi va jihozlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kelinadigan tovarlarni temir yoʻl stansiyalarida saqlash va yuklash-tushirish ishlarining toʻlov undirilmasdan bajarilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda koʻp martalik kirish vizalari berilishini konsullik va boshqa yigʻimlar undirmasdan taʼminlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda koʻp martalik kirish vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik yashash joylarida vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va muddati uzaytirilishini davlat bojlari undirmasdan taʼminlasin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasiga loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar boʻlmagan taqdirda) jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek koʻrsatib oʻtilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 14-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-martdagi 135-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahrisabz shahridagi Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilmasi
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/824/0115-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 255-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 255-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 11-son, 163-modda, 15-son, 255-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/824/0115-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)