Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Buxoro — Miskin temir yoʻl liniyasini qurish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Amalga oshirilayotgan “Navoiy — Konimex — Miskin temir yoʻl liniyasi qurilishi” loyihasining iqtisodiy samaradorligini oshirish, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarini yagona transport yoʻnalishiga birlashtiruvchi turistik yoʻnalishlarni shakllantirish asosida Xorazm mintaqasi va Xivaning turistik salohiyatidan amaliy foydalanish, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarining transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida:
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining:
Qurilayotgan Navoiy — Konimex — Miskin temir yoʻl trassasi yoʻnalishini Buxoro — Miskin yoʻnalishiga oʻzgartirilishini nazarda tutgan holda, “Navoiy — Konimex — Miskin temir yoʻl qurilishi” investitsiya loyihasini optimallashtirish toʻgʻrisidagi;
“Navoiy — Konimex — Miskin temir yoʻl qurilishi” loyihasini “Buxoro — Miskin temir yoʻl qurilishi” loyihasiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga 2017-yil 1-sentabrgacha Buxoro — Miskin temir yoʻl liniyasi qurilishini istisno tariqasida loyihalashtirish, ishchi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan birgalikda amalga oshirishga ruxsat etilsin.
3. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va vakolatli ekspertiza organlari bilan birgalikda temir yoʻl qurilishining yangilangan texnik- iqtisodiy asosini, trassada vujudga keladigan oʻzgarishlarni hisobga olgan holda “Buxoro — Miskin temir yoʻl qurilishi” loyihasini 2017-yil 1-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlashga kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot Jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ ushbu qarordan kelib chiqqan holda avval berilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kafolatiga va kredit bitimlariga oʻzgartirishlar kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoi-Konimex-Miskin temir yoʻli qurish liniyasi loyihasini amalga oshirish” chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 27-iyuldagi PQ-2376-sonli qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A. Ramatov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-mart,
PQ-2827-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi PQ-2827-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 27-iyuldagi “Navoiy — Konimex — Misken temiryoʻl liniyasini qurish” investitsiya loyihasini optimalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2376-son qarorining rus tilidagi matniga kiritiladigan
OʻZGARTIRISHLAR
1. Nomlanishidagi “Navoi — Kanimex — Misken” soʻzlari “Buxara — Misken” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Kirish qismidagi “Navoiyskoy” soʻzi chiqarib tashlansin.
3. 1-banddagi:
“GAJK” soʻzi “AO” qisqartma soʻzi bilan almashtirilsin;
“Navoi — Kanimex — Misken protyajnostyu 396,9 km” soʻzlari “Buxara — Misken protyajnostyu 354,2 km” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 2-bandning birinchi xatboshidagi “Navoi — Kanimex — Misken” soʻzlari “Buxara — Misken” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. 3-bandning:
birinchi xatboshidagi “Navoi — Kanimex — Misken” soʻzlari “Buxara — Misken” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “GAJK” soʻzi “AO” qisqartma soʻzi bilan almashtirilsin.
6. 4-bandning:
ikkinchi xatboshidagi “Navoi — Kanimex — Misken” soʻzlari “Buxara — Misken” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “ispolnitelnimi organami, otvetstvennimi” va “yavlyayutsya GAJK” soʻzlari tegishli ravishda “ispolnitelnim organom, otvestvennim” va “yavlyayetsya AO” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “GAJK” soʻzi “AO” qisqartma soʻzi bilan almashtirilsin.
7. 5-bandning:
birinchi xatboshidagi “Navoi — Kanimex — Misken” soʻzlari “Buxara — Misken” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “GAJK” soʻzi “AO” qisqartma soʻzi bilan almashtirilsin.
8. 7-bandning birinchi xatboshidagi va 8-banddagi “GAJK” soʻzi “AO” qisqartma soʻzi bilan almashtirilsin.
9. 10-bandning:
birinchi xatboshidagi “Navoi — Kanimex — Misken” soʻzlari “Buxara — Misken” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi “GAJK” soʻzi “AO” qisqartma soʻzi bilan almashtirilsin.
10. 12-banddagi, 13-bandning birinchi xatboshidagi “GAJK” soʻzi “AO” qisqartma soʻzi bilan almashtirilsin.
11. 14-banddagi “Navoi — Kanimex — Misken” soʻzlari “Buxara — Misken” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. 16 va 17-bandlardagi “GAJK” soʻzi “AO” qisqartma soʻzi bilan almashtirilsin.
13. 18-bandning:
a) birinchi xatboshidagi “Navoiyskoy” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Navoi — Kanimex — Misken” soʻzlari “Buxara — Misken” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“predostavleniye kompensatsii za otvod zemelnix uchastkov, ponesennie ubitki fermerskix xozyaystv, virublennie derevya za schet sredstv mestnogo budjeta i drugix istochnikov, ne zapreshennix zakonodatelstvom”.
g) quyidagicha mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“predostavleniye kompensatsii za otseleniye grajdan za schet sobstvennix sredstv AO “Uzbekiston temir yullari””.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 11-son, 155-modda)