Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2022 04.05.2000 yildagi 178-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUXORO VA FARG‘ONA ShAHARLARIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING SOLIQ KOLLEJLARINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlarini aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlar bazasidan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 13-martdagi 87-son qarorining bajarish yuzasidan hamda Davlat soliq xizmatini malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Buxoro va Farg‘ona shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq kollejlari tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq kollejini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 14-iyuldagi 298-son qarorining 1 va 2-bandlari yangi tashkil etilayotgan Soliq kollejlariga tatbiq etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soliq kollejlari ma’muriy va o‘qituvchilar tarkibining shtatlar soni qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-maydagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 9-10-son, 77-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 1-sentabrdan boshlab kollejlarda mashg‘ulotlar boshlanishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat test markazi bilan birgalikda test sinovlari natijalari bo‘yicha abituriyentlarni belgilangan tartibda 2000/2001 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitish uchun belgilangan davlat grantlari doirasida xolisona, sifatli tanlab olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2001-yildan boshlab Buxoro va Farg‘ona shaharlaridagi Soliq kollejlarining xarajatlariga belgilangan tartibda zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2000-yilda kollejlarning joriy xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnika ta’minoti jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi (A.N. Isayev), Davlat soliq qo‘mitasi (B.A. Xo‘jayev), Moliya vazirligi (R.S. Azimov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (S.S. G‘ulomov), Buxoro (S.Q. Husenov) va Farg‘ona (A.A. Otabayev) viloyatlari hokimliklari 2000-yilning 1-avgustigacha Buxoro shahar Sanoatchilar ko‘chasidagi 7-uyda joylashgan 7-son kasb-hunar kolleji, Farg‘ona shahar Qirguli tuman Farg‘ona ko‘chasidagi 122-uyda joylashgan elektrotexnika kasb-hunar litseyi binolarining qurilishi va rekonstruksiyasini yakunlasinlar, bu binolar Davlat soliq qo‘mitasi balansiga o‘tkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, kollejlar binolari va inshootlari qurilishi, ularni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash Buxoro va Farg‘ona viloyatlarining 2000-yilga mo‘ljallangan kasb-hunar kollejlarini qurish va rekonstruksiya qilish maqsadli dasturlarida ko‘zda tutilgan kapital quyilmalar limitlari doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda soliq va bojxona idoralari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha oliy kurslar tashkil etish haqida takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 4-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
178-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-maydagi 229-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 9-10-son, 77-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-maydagi 229-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 9-10-son, 77-modda)