10.02.2017 yildagi PQ-2769-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Genomika va bioinformatika sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek innovatsiya ishlarini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
G‘o‘za, bug‘doy, kartoshka ekinlari hamda uzum biotexnologiyasi va genom seleksiyasi yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarni yanada takomillashtirish, yuqori malakali milliy genetik ilmiy kadrlar tayyorlash, shuningdek Genomika va bioinformatika markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi va “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasining faoliyat yuritayotgan Genomika va bioinformatika markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining davlat muassasasi shaklidagi Genomika va bioinformatika markazini (keyingi o‘rinlarda Genomika va bioinformatika markazi deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi Genomika va bioinformatika markazining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Genomika va bioinformatika markazining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
genomlar va genetik xilma-xilliklarni o‘rganish bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion ishlarni amalga oshirish, zamonaviy genomika va bioinformatika usullaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari, dorivor va texnik o‘simliklar, mikroorganizmlar, hayvonlar, shuningdek, boshqa biologik obyektlardagi qimmatli genlar, oqsillar va metabolitlar tuzilishi va faolliklarini o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy gen va hujayra muhandisligi, molekulyar markerlarga asoslangan genom va virtual seleksiya dasturlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanib atrof muhit va odamlar uchun xavfsiz, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli, turli tuproq-iqlim sharoitlariga moslashgan zararkunandalarga chidamli, turli tuproq-iqlim sharoitlariga moslashgan yangi o‘simlik navlari va hayvon zotlarini yaratish, birlamchi urug‘chilik ishlarini tashkil qilish, shuningdek turli sharoitlarda sinash va ilmiy ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
genomika va bioinformatika sohasida o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib borilayotgan ilmiy va amaliy tadqiqotlarga qishloq xo‘jaligi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari va talabalarini keng jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy kadrlar tayyorlashni tashkil qilish, mamlakatimiz va xorijdagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda ularning kasbiy darajasi va malakasini doimiy oshirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2020-yillar davrida genomika va bioinformatika sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek, innovatsion ishlarni rivojlantirish, tegishli tadqiqotlarni amalga oshirishda ilmiy salohiyatni va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazining xodimlari cheklangan soni 60 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga, zaruriyat bo‘lganda, xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni va ish haqi fondi doirasida Genomika va bioinformatika markazining tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki, quyidagilar Genomika va bioinformatika markazini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkaziladigan grant tanlovlari natijalariga ko‘ra ajratiladigan mablag‘lar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik faoliyati tushumlari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Genomika va bioinformatika markaziga “O’zbekiston paxta tozalash zavodi” aksiyadorlik jamiyatining Toshkent viloyati, Qibray tumani, Matqobulov qishlog‘ida joylashgan urug‘chilik xo‘jaligi mol-mulkini bepul berish to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O’zbekiston paxta tozalash zavodi” aksiyadorlik jamiyatining urug‘chilik xo‘jaligi qurilishi va uni jihozlash bilan bog‘liq bo‘lgan 1,59 milliard so‘m miqdoridagi sarf-xarajatlari ushbu ko‘rsatilgan miqdorning “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiruvchi “Olimkent paxta tozalash zavodi”, “Chinoz tajriba-eksperimental paxta tozalash zavodi”, “B’oka paxta tozalash zavodi”, “Piskent paxta tozalash zavodi”, “Mustaqillik paxta tozalash zavodi”, “Karasu paxta tozalash zavodi” va “Dalvarzin paxta tozalash zavodi” aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasida teng ulushlarda taqsimlash orqali qoplanishi to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O’zbekiston paxta tozalash zavodi” aksiyadorlik jamiyatiga “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiruvchi jamiyatlardan urug‘chilik xo‘jaligini qurish va jihozlash uchun sarflangan xarajatlarni qoplash uchun tushgan mablag‘lar maqsadli tushumlar sifatida aks ettiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Genomika va bioinformatika markaziga bepul berilayotgan mol-mulk qiymati, shuningdek, ushbu qarorning 5-bandiga muvofiq maqsadli tushayotgan mablag‘lar qonun hujjatlariga muvofiq soliqqa tortilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Genomika va bioinformatika markazining ustavi belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliy yo‘naltirilganligini kuchaytirishga, natijadorligi hamda hozirgi va kelajak avlodlar sog‘ligi uchun xavfsizligiga alohida e’tibor bergan holda genomika va bioinformatika sohasidagi yuksak talablarga va jahon fani yutuqlari darajasiga mos keladigan ilmiy-tadqiqot ishlari muvofiqlashtirilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi vakillari ishtirokida Genomika va bioinformatika markazining Vasiylik kengashi tashkil etilishini ta’minlasin.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Genomika va bioinformatika markazi tomonidan 3 va 4-ilovalarga* muvofiq olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari, reagentlar va sarflash materiallari 2021-yil 1-yanvargacha bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, 3 va 4-ilovalarga muvofiq Genomika va bioinformatika markazi tomonidan olib kiriladigan ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari, reagentlar va sarflash materiallari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalar obyektlarini sotishdan tushadigan budjetdan tashqari mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Genomika va bioinformatika markazining o‘z mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari, donor-mamlakatlar tashkilotlarining grant mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan mablag‘lar hisobiga sotib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tadqiqot ishlarini buyurtmachi mablag‘lari hisobiga moliyalashtirib, gen muhandisligi yo‘li bilan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini baholash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan tadqiqotlar belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Genomika va bioinformatika markazida yaratilgan istiqbolli yangi navlarning dala sinovlarini tashkil qilish va o‘tkazishga, urug‘ ko‘paytirishdagi ilmiy-tajriba ishlarini bajarishga, innovatsion ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq qilishni jadallashtirishga har tomonlama yordam ko‘rsatsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 10-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2769-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-fevraldagi PQ-2769-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2020-yillar davrida genomika va bioinformatika sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek, innovatsion ishlarni rivojlantirish, tegishli tadqiqotlarni amalga oshirishda ilmiy salohiyatni va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Hujjat turi, kutilayotgan natijalar

Ijro muddati

Xarajatlar

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. GENOMIKA VA BIOINFORMATIKA SOHASIDA FUNDAMENTAL VA AMALIY TADQIQOTLARNI, INNOVATSION IShLARNI BAJARISh

1.

2017 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi fundamental va amaliy tadqiqotlari, innovatsion ishlarini amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

Ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish konsepsiyasi. 2017 — 2020-yillarda ilmiy tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, ularni o‘tkazish va natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish mexanizmlarini ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Genomika va bioinformatika markazi

2.

Yetakchi xorijiy ilmiy markazlar tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarining biotexnologik va genomik seleksiyasi bo‘yicha o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqotlar tendensiyalari va natijalarini tahlil qilish.

Genomika va bioinformatika markazi tadqiqotlarining mavzulari va yo‘nalishlarini yangilash maqsadida ularning natijalari bo‘yicha monografiyalar va sharhli maqolalarni har yili chop etish.

Tahliliy ma’lumotnoma. Ilmiy tadqiqotlarning mavzusi, usullari va texnologiyalarini asoslash.

2017 — 2020-yillar

Genomika va bioinformatika markazi

3.

Yangi navlarning tolasi, hosildorligi, tezpisharligi va moslashuvchanligining sifat parametrlarini yanada genetik takomillashtirish maqsadida g‘o‘zaning dastlabki gen-nokaut genotiplari genlar ekspressiyasi ixtisosligini identifikatsiyalashga qaratilgan fundamental ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish.

Ilmiy hisobotlar. G‘o‘za navlarini yaratishda foydalaniladigan yangi genlar va genetik mexanizmlarning tavsifi

2017 — 2020-yillar

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar, xalqaro tashkilotlar grantlari

Fanlar akademiyasi,
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Genomika va bioinformatika markazi

4.

Qurg‘oqchilik, sho‘r va sovuqqa chidamli liniyalar va navlarni ularni iste’molchilar hayoti va sog‘lig‘iga xavfsizligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli xulosasi asosida olish maqsadida g‘o‘za, bug‘doy, kartoshka va uzumning Eskimo-1 gen nokautiga yo‘naltirilgan amaliy ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.

Ilmiy hisobotlar. Qurg‘oqchilik, sho‘r va sovuqqa chidamli liniyalar va navlarni yaratish maqsadida o‘simliklarning dastlabki genotiplarini olish

2017-2018-yillar

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar, xalqaro tashkilotlar grantlari

Fanlar akademiyasi,
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Genomika va bioinformatika markazi

5.

Gen nokaut orqali g‘o‘za, bug‘doy va kartoshkaning kasalliklarga chidamli navlarini yaratish bo‘yicha amaliy ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.

Ilmiy hisobotlar. Dastlabki barqaror genotiplarni olish.

2017-2018-yillar

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar, xalqaro tashkilotlar grantlari

Fanlar akademiyasi,
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Genomika va bioinformatika markazi

6.

Genlarni piramidalash va marker-assotsiatsiyalash seleksiya usullari orqali g‘o‘zaning yangi navlarini yaratish va kasalliklarga chidamli gen-nokaut navlarining bardoshliligini oshirishga qaratilgan amaliy ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.

Ilmiy hisobotlar. G‘o‘zaning gen-nokaut navlarining turli kasalliklarga chidamliligini oshirish.

2017-2018-yillar

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar, xalqaro tashkilotlar grantlari

Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Genomika va bioinformatika markazi

7.

Har yili g‘o‘zaning yangi gen-nokaut va marker-assotsiatsiyalangan seleksiya navlarining superelita urug‘larini ko‘paytirish, ularni kelgusida tumanlashtirish maqsadida sinovdan o‘tkazish.

Kompleks chora-tadbirlar. Fermer xo‘jaliklari uchun g‘o‘za navlarining superelita urug‘ini ishlab chiqarish.

Har yili

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar, xalqaro tashkilotlar grantlari

Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Genomika va bioinformatika markazi

8.

Xalqaro gr�ntlarni jalb qilish hamda AQShning ilmiy markazlari va tadqiqot laboratoriyalari bilan birgalikda genomika va bioinformatika sohasidagi loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan:

Ilmiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma. G‘o‘zaning qurg‘oqchilikka chidamli yangi genlarini identifikatsiyalash, oqkapalak kasalligiga chidamli genotiplarini yaratish va gen-nokaut texnologiyalarini litsenziyalash

300 ming AQSh dollari (har bir loyihaga)

AQSh ilmiy grantlari va xalqaro tashkilotlar mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Genomika va bioinformatika markazi

1) g‘o‘zaning AQSh dala sharoitidagi gen-nokaut genotiplarini va gen-nokaut texnologiyalarni litsenziyalash bo‘yicha tavsiyalarni baholash;

2017-2018-yillar

2) O‘zbekiston va AQSh paxta ishl�b chiqarishida bioxavfsizlikni o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida genomika va biotexnologiyaning zamonaviy usullari yordamida g‘o‘zaning “oqkapalak kasalligiga chidamli” liniyalarini olish;

2017 — 2019-yillar

3) g‘o‘za germplazmalarining ekzotik va ekin resurslari o‘rtasida qurg‘oqchilikka chidamliligini assotsiatsiyalashgan xaritalash.

2018 — 2020-yillar

9.

E’lon qilinadigan xorijiy ilmiy jurnallarda fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ilmiy maqolalarni chop etish.

E’lon qilish. Ilmiy tadqiqotlar natijalarining raqobatbardoshligini ta’minlash, Genomika va bioinformatika markazi faoliyatini xalqaro tan olish.

Har yili

Genomika va bioinformatika markazi

II. GENETIK ILMIY KADRLARNI TAYYORLASh VA MALAKASINI OShIRISh

10.

Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining 20 nafar o‘qituvchilari va mutaxassislarini jalb qilgan holda har yili genomika va bioinformatika bo‘yicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazish.

Kompleks chora-tadbirlar. O‘qituvchilar va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish.

Har yili

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Manfaatdor tashkilotlar mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, oliy ta’lim muassasalari, Genomika va bioinformatika markazi

11.

Genomika va bioinformatika markazining yetakchi ilmiy xodimlarini oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyatga jalb qilish, genomika, bioinformatika va qishloq xo‘jaligi o‘simliklari seleksiyasi bo‘yicha 6 ta o‘quv qo‘llanmalari va metodik tavsiyalarni tayyorlash va chop etish.

Kompleks chora-tadbirlar. Genomika, bioinformatika va seleksiyaning yangi texnologiyalari va usullari to‘g‘risidagi bilimlarni o‘quv jarayonlariga tatbiq etish. Malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish.

Doimiy ravishda, tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Oliy ta’lim muassasalari mablag‘lari

Toshkent davlat agrar universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Genomika va bioinformatika markazi

12.

Genomika va bioinformatika markazi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining katta ilmiy xodimlari-tadqiqotchilari va mustaqil tadqiqotchilarini genomika va bioinformatika bo‘yicha qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishga jalb qilish.

Kompleks chora-tadbirlar. Fan va ta’lim integratsiyasini chuqurlashtirish. Genomika va bioinformatika sohasidagi yangi bilimlarni ommalashtirish, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish.

Har yili, tasdiqlangan ilmiy tadqiqot dasturlari asosida

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Genomika va bioinformatika markazi mablag‘lari

Toshkent davlat agrar universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Genomika va bioinformatika markazi

13.

Genomika va bioinformatika markazida oliy ta’lim muassasalari talabalarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlar. Oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarga qobiliyatli yoshlarni jalb qilish.

Har yili, tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Oliy ta’lim muassasalari mablag‘lari

Toshkent davlat agrar universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Genomika va bioinformatika markazi

14.

4 nafar yosh olimlarni AQShning yetakchi tadqiqot laboratoriyalariga 6 oylik treninglarga jo‘natish.

�amkorlik to‘g‘risidagi shartnomalar. Kadrlarning malakasini oshirish, genomika va bioinformatika sohasida yangi bilimlarni egallash va yangi texnologiyalarni jalb qilish.

Har yili, shartnomalarga asosan

100 ming AQSh dollari

AQSh grantlari va xalqaro tashkilotlar mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Genomika va bioinformatika markazi

15.

Genomika va bioinformatika markazining ilmiy xodimlarini malaka oshirish hamda ilmiy texnologiyalar va bilimlarni egallash maqsadida xalqaro konferensiyalar va seminarlarga jo‘natish.

Kompleks chora-tadbirlar. Kadrlarning malakasini oshirish, yangi bilimlarni egallash va O‘zbekistonga yangi texnologiyalarni jalb qilish. Ilmiy tadqiqotlar natijalarining raqobatbardoshligini oshirish.

Konferensiya o‘tkazish muddatlarida

Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Grantlar va xalqaro tashkilotlar mablag‘lari, Genomika va bioinformatika markazining budjetdan tashqari mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Genomika va bioinformatika markazi

III. MODDIY-TEXNIK BAZANI MUSTAHKAMLASh

16.

Genomika va bioinformatika markazini ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy ilmiy, texnologik va laboratoriya jihozlari, reagentlar va sarflash materiallari bilan ta’minlash.

Kompleks chora-tadbirlar. Genomika va bioinformatika markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, biotexnologiyaning zamonaviy usullaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlarini yaratish ishlarini jadallashtirish

2017 — 2020-yillar

3 000 mln so‘m

Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalar obyektlarini sotishdan tushgan budjetdan tashqari mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriyalari, Genomika va bioinformatika markazining o‘z mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari, tashkilotlar va donor davlatlarning grantlari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Genomika va bioinformatika markazi

17.

Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy manzilida joylashgan “Biotajriba va bioeks” 4 qavatli o‘quv korpusini inshootlari va unga tutash hududlari bilan birga Genomika va bioinformatika markaziga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish.

Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi. Genomika va bioinformatika markazining ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil qilish uchun sharoit yaratish

2017-yil I chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Toshkent viloyat hokimligi, Toshkent davlat agrar universiteti, Genomika va bioinformatika markazi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Davlat raqobat qo‘mitasi

18.

Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining Toshkent viloyati, Qibray tumani, Matqobulov qishlog‘ida joylashgan 23,8 gektar maydondagi yer uchastkasini Genomika va bioinformatika markaziga doimiy foydalanish huquqi asosida berish.

Toshkent viloyati va Qibray tumani hokimlarining tegishli qarorlari. Ilmiy tadqiqot natijalarini sanoat sharoitida sinovdan o‘tkazish va qishloq xo‘jaligi ekinlarining elita urug‘larini ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy uchastka yaratish.

2017-yil I chorak

Fanlar akademiyasi, Toshkent viloyati va Qibray tumani hokimliklari, Genomika va bioinformatika markazi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Davlat raqobat qo‘mitasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-fevraldagi PQ-2769-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vasiylik kengashi

Direktor

Ilmiy kengash



Direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

Ilmiy kotib

Direktorning umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari



Transgenomika va to‘qimalarni o‘stirishlaboratoriyasi

5

Marker-assotsiatsiyalashgan seleksiyalaboratoriyasi

6

Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, tijoratlashtirish va tashqi aloqalar bo‘limi

4

Ma’muriy-xo‘jalik bo‘limi

4



Moliya-iqtisod bo‘limi

3

Tuzilmaviy va funksional genomika laboratoriyasi

5

Genetik-modifikatsiyalashgan organizmlar va ularning mahsulotlari tahlili bo‘limi

3


Kadrlar bo‘limi

2


O‘simliklar chidamliligi genomikasi laboratoriyasi

5

Genom texnologiyalari treningi bo‘limi

2

Yuriskonsult

1


Bioinformatikalaboratoriyasi

5

Maxsus urug‘chilik xo‘jaligi

6

 


Proteomika vao‘simliklar metabolomikasi laboratoriyasi

5

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning umumiy cheklangan soni (yordamchi xodimlarni hisobga olmagan holda) — 60 nafar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 7-son, 86-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)