07.02.2017 yildagi PQ-2759-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzurida Koreya Respublikasi Hukumatining begʻaraz koʻmagini jalb etgan holda Oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻqimachilik va yengil sanoat uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash, uning jahon standartlari darajasida zamonaviy rivojlanish talablariga mos kelishini taʼminlash, tarmoq muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirishni takomillashtirish, shuningdek, Koreya Respublikasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan Koreya Respublikasi savdo, sanoat va energetika vazirligi oʻrtasida oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida imzolangan memorandumga muvofiq Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzurida (keyingi oʻrinlarda — TTESI) Oʻzbek-Koreya Oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparki (keyingi oʻrinlarda — texnopark) barpo etish loyihasi amalga oshirilmoqda;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PF-5383-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnoparkni barpo etish loyihasini amalga oshirish uchun Koreya Respublikasi Hukumatining ekvivalenti 15,0 million AQSh dollariga teng texnik koʻmagi mablagʻlari (granti) jalb etilmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnopark Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 30-uyda joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya tomonining tavsiyanomasini eʼtiborga olgan holda texnopark qurilishini hamda uni zarur ilmiy-laboratoriya uskunalari, priborlar, mebel va tashkiliy texnika bilan jihozlashni nihoyasiga yetkazish 2018-yilga belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar texnopark faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalar va yosh olimlarni Koreya texnologiyalarni rivojlantirish instituti, Koreya sanoat texnologiyalari instituti va boshqa institutlar oʻqituvchilari hamda tadqiqotchi olimlarining ishtirokida maʼruzalar, seminarlar va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish yoʻli bilan toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, boʻyash-pardozlash va dizaynerlik sohalarida amaliy ilmiy-tadqiqotlar olib borish metodikasi va amaliyotiga oʻrgatishni tashkillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xalqaro oʻquv hamda tadqiqot dasturlari asosida, respublika yosh olimlarini jalb etgan holda, mamlakatimiz va xorijiy tashkilotlarning, shu jumladan ilmiy va taʼlim muassasalarining buyurtmanomalari asosida Texnopark faoliyatining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
materialshunoslik, boʻyash-pardozlash ishlab chiqarishi, gazlamalar va kiyim-kechaklarning yangi dizaynini yaratish, shu jumladan ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalardan foydalangan holda tadqiqot ishlari olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy professor-oʻqituvchilar rahbarligida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori texnologiyali buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish hamda innovatsion xizmatlar koʻrsatish uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yengil va toʻqimachilik sanoati yoʻnalishlari boʻyicha mahalliy va chet el tashkilotlari muhandis-texnik xodimlari hamda mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor koreys hamda boshqa xorijiy investorlarni jalb etish va ragʻbatlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, texnopark davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs maqomida tashkil etiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi uning muassisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi Oʻzbek-Koreya Oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparkining xodimlari umumiy soni 22 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PF-5383-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi Oʻzbek-Koreya Oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparki Vasiylik kengashining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PF-5383-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashiga, zarur hollarda, texnopark tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnopark zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun unga shartnoma asosida mamlakatimiz hamda chet ellik yetakchi mutaxassislar va ekspertlarni, ilmiy hamda taʼlim muassasalari olimlari va oʻqituvchilarini jalb etish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnoparkda ishlash uchun jalb etiladigan xorijiy pedagog va ilmiy xodimlarni Koreya tomoni belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnoparkning faoliyat koʻrsatishi uchun chet eldan jalb etiladigan pedagog va ilmiy xodimlarning ish haqi miqdorlari Vasiylik kengashi tomonidan Koreya universitetlari stavkalari darajasida tasdiqlanadi hamda ularning xohishiga koʻra milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlanadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy pedagog va ilmiy xodimlarning lavozim maoshlari budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlarning davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarini amalga oshirishda qatnashayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy maoshlari miqdorlariga tenglashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnoparkni barpo etish loyihasining amalga oshirilishi uchun Koreya tomonidan Koreya texnologiyalarni rivojlantirish instituti hamda Koreya sanoat texnologiyalari instituti, Oʻzbekiston tomonidan esa — “Oʻztoʻkimachiliksanoat” Uyushmasi va Toshkent shahar hokimligi masʼul ijrochi organ hisoblanadi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PF-5383-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnoparkni joriy taʼminlash, uni asbob-uskunalar, tashkiliy texnika va mebel bilan jihozlash, shu jumladan Koreya tomoni jalb etadigan boʻlimlar va laboratoriyalarning rahbarlari, oʻqituvchilar va tadqiqotchi olimlarning mehnatiga haq toʻlash Koreya Respublikasi Hukumatining 2019-yilgacha begʻaraz texnik koʻmagi mablagʻlari, texnoparkning tuziladigan shartnomalarga muvofiq tadqiqotlar oʻtkazishdan olinadigan daromadlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent shahar hokimligi 10 kun muddatda qurilish maydonchasini tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetkazilishini hisobga olgan holda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasi bilan taʼminlasin, shuningdek texnopark hududidan boshqa obyektlarga tegishli muhandislik kommunikatsiyalari demontaj qilinib olib ketilgandan soʻng tutash hududlarni obodonlashtirsin va koʻkalamzorlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnoparkni qurish, obyektni texnologik uskunalar bilan jihozlash, oʻqitish hamda boshqa sarf-xarajatlar — Koreya Respublikasi Hukumatining begʻaraz texnik koʻmagi mablagʻlari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va texnopark obyektlariga tortib kelinayotgan muhandislik tarmoqlari ustidan texnik nazorat oʻrnatish boʻyicha sarf-xarajatlar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi bir oy muddatda texnopark ustavi tasdiqlanishini va belgilangan tartibda uning davlat roʻyxatiga olinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻztoʻkimachiliksanoat” Uyushmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PF-5383-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Koreya Respublikasi Hukumatining begʻaraz texnik koʻmagi mablagʻlarini jalb etish uchun belgilangan tartibda barcha zarur tartib-taomillar bajarilishini taʼminlasin;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda mazkur loyihani amalga oshirish rejasini ishlab chiqsin, uning amalda bajarilish holatini, shu jumladan qurilish, asbob-uskunalar yetkazib berish va oʻrnatish, xodimlarni oʻqitish borasidagi holatni har chorakda koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya Respublikasi Hukumatining begʻaraz koʻmagi mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Texnopark qurilishi boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya tomonidan Koreya sanoat texnologiyalari instituti, Oʻzbekiston tomonidan — Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” DUK — buyurtmachi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreyaning “KIONEON ARCNITECTURE” (Koreya Respublikasi) loyiha kompaniyasi “URBAN ARCNITECTURE” (Toshkent shahri) loyiha tashkiloti bilan hamkorlikda — bosh loyiha tashkiloti etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“IL KWANG Engineering & Construction Co.Ltd” (Koreya Respublikasi) kompaniyasi — bosh pudrat tashkiloti etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar 2023-yilning 1-yanvarigacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnopark — barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi koreys norezident- kompaniyalari — yuridik shaxslarning foyda soligʻi toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy norezident mutaxassislar — texnopark faoliyati doirasida olingan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslarning daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, qonun hujjatlariga muvofiq loyihani amalga oshirish doirasida begʻaraz texnik koʻmak mablagʻlari hisobiga olib kelinadigan hamda sotib olinadigan uskunalar, materiallar, adabiyotlar, ishlar va xizmatlar bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlardan tashqari), shuningdek qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻztoʻkimachiliksanoat” Uyushmasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyurtmanomalariga binoan texnoparkdagi ishlarga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmagan holda kirish vizalarini rasmiylashtirishni taʼminlasin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PF-5383-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻztoʻkimachiliksanoat” Uyushmasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyurtmanomalariga binoan texnoparkdagi ishlarga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirmasdan koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PF-5383-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi “Oʻztoʻkimachiliksanoat” Uyushmasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berishni (uzaytirishni), shuningdek mazkur xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga tasdiqnoma berishni (uzaytirishni) taʼminlasin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PF-5383-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 7-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2759-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PQ-2759-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi Oʻzbek-Koreya Oʻkuv-amaliy toʻqimachilik texnoparkining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzilmasi
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 iil 20-martdagi PF-5383-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning umumiy soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) — 22 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 5 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan meʼyorlarga asosan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PQ-2759-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi Oʻzbek-Koreya Oʻkuv-amaliy toʻqimachilik texnoparki Vasiylik kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

I.U. Xaydarov

“Oʻztoʻkimachiliksanoat” Uyushmasi raisi, Vasiylik kengashi raisi

2.

R.S. Kasimov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

3.

Li Sung Il (Lee Sung IL)

Koreya sanoat texnologiyalari instituti (KITECN) prezidenti

4.

S.Z. Yunusov

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti rektori

5.

A.A. Sultonov

“Oʻzpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari

6.

J.T. Mirzamaxmudov

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari

7.

Sh.Sh. Sheraliyev

“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi boshqaruv raisi oʻrinbosari

8.

R.A. Gulyayev

Paxtasanoatilmiy markazi” AJ bosh direktori

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PF-5383-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 6-son, 75-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 06/18/5348/0789-son, 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son; 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)