Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ–2454-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qaroriga muvofiq, shuningdek iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridagi investitsiya loyihalari ayrim banklar tomonidan samarali moliyalashtirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-fevral,
59-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-fevraldagi 59-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 10-fevraldagi 33-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 6-son, 56-modda):
a) 1-ilovadan “Banklar” qatori va 13, 16-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovadan “Banklar” qatori va 64-pozitsiya chiqarib tashlansin;
v) 3-ilovaning “Banklar” boʻlimiga quyidagi mazmundagi 1684-1686-pozitsiyalar qoʻshilsin:
|
“ |
1684 |
“Asaka” ATB |
Toshkent shahri |
|
|
1685 |
“Ipoteka-bank” ATIB |
Toshkent shahri |
||
|
1686 |
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB |
Toshkent shahri |
”. |
2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-avgustdagi 252-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 32-son, 388-modda) bilan tasdiqlangan 2016-yil 31-dekabrgacha boʻlgan muddatda xorijiy investorlar jalb etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari roʻyxatida:
a) 30, 32 va 33-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
b) 31-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
“ |
31 |
“Aloqabank” ATB* |
Toshkent shahri |
”; |
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandining “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 388-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 540-modda)
g) quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:
“* 2017-yil 31-dekabrgacha boʻlgan muddatda xorijiy investorlar jalb etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 6-son, 78-modda, 25-son, 540-modda)