02.02.2017 yildagi PQ-2754-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumani aholisini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumani aholisiga qulay yashash sharoitlari yaratish va uni markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining hisob-kitob qilingan qiymati 26,4 milliard soʻm boʻlgan “Suv taqsimlash uzeli bilan “Qoʻngʻirot — Moʻynoq” suv quvuri qurilishi” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin va ishlar 2017-yilning 1-iyuliga qadar nihoyasiga yetkazilishi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Suv taqsimlash uzeli bilan “Qoʻngʻirot — Moʻynoq” suv quvuri qurilishi” loyihasi amalga oshirilishini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi Investitsiya dasturida Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida markazlashtirilgan investitsiyalar — 10,4 milliard soʻm miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari — 5,0 milliard soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning oʻz mablagʻlari — 5,0 milliard soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylarning mablagʻlari — 6,0 milliard soʻm.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, respublikadagi bir qator korxonalar ilovaga muvofiq, loyihani birgalikda moliyalashtirish uchun begʻaraz mablagʻ ajratish toʻgʻrisida taklif bilan chiqdilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi uchun nazarda tutilgan mablagʻlari hisobiga 2017-yilgi markazlashtirilgan investitsiyalarning limitlarini qayta taqsimlab, ularni loyihani amalga oshirishga yoʻnaltirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Loyihani amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi — buyurtmachi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekkommunalloyihaqurilish” MCHJ — bosh loyiha tashkiloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining ixtisoslashtirilgan koʻchma mexanizatsiyalashtirilgan stansiyasi “IKMS” — bosh pudrat tashkiloti etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Istisno tariqasida, bosh pudrat tashkilotiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish doirasida ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bilan yuklarni ortib joʻnatishdan oldin albatta inspeksiya oʻtkazilgan holda eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida tender savdolarini oʻtkazmasdan uskunalar va materiallar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni yetkazib berish shartnomalarini tuzishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yilning 1-apreliga qadar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda loyihani amalga oshirib borishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish doirasida ixtisoslashtirilgan qurilish- montaj ishlarini bajarish uchun tender savdolarini oʻtkazmagan holda subpudrat tashkilotlarini jalb etishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi ushbu loyihaning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishiga har tomonlama koʻmaklashsin hamda loyihaning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekneftgaz” MXK, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “Oʻzkommunxizmat” agentligi qurilish hududidan oʻtgan mavjud muhandislik kommunikatsiyalari mansubligiga qarab, belgilangan tartibda koʻchirilishi va ulanishini, shuningdek loyiha tarkibida nazarda tutilgan muhandislik kommunikatsiyalari va suv taʼminoti obyektlari ulanishini hamda uzluksiz ishlashini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzbekneftgaz” MXK buyurtmachining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha bosh pudrat va loyiha tashkilotlariga, istisno tariqasida, loyihani amalga oshirish doirasida polietilen quvurlar ishlab chiqaruvchi — “Mega-mebiko” MCHJga (Toshkent sh.) 2017-yilda birja savdolariga qoʻyiladigan hajmlar hisobidan polietilen quvurlar ishlab chiqarish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha va imtiyozli (deklaratsiya qilingan) narxlarda RY-342 markali polietilen granulalari ajratib berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Suv taqsimlash uzeli bilan “Qoʻngʻirot — Moʻynoq” suv quvuri qurilishi” loyihasini amalga oshirishda ishtirok etayotgan tashkilotlar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan materiallar, xomashyo va uskunalar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga hamda budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar hamda yigʻimlar toʻlashdan;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-avgustdagi PQ-3242-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 923-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan va loyiha obyektlarini qurish, jihozlash va ulardan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan olib kelinadigan uskunalar, materiallar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar 2018-yilning 1-yanvariga qadar bojxona toʻlovlari (bojxona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkilotlari oʻrtasida begʻaraz asosda beriladigan va qabul qilinadigan mulkdan yuridik shaxslar foyda soligʻini toʻlashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha hujjatlari davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Loyihani amalga oshirishda ishlarning murakkab dala sharoitlarida olib borilishini inobatga olgan holda, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatiga oʻz mablagʻlari hisobidan xodimlarning uch mahal bepul ovqatlanishini taʼminlashga ruxsat berilsin, keyinchalik tegishli sarf-xarajatlar yuridik shaxslarning foyda soligʻini, qoʻshilgan qiymat soligʻini, yagona ijtimoiy toʻlovni, jismoniy shaxslarning daromad soligʻini hamda fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini hisoblashda tashkilotning soliqqa tortiladigan bazasidan chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzmetkombinat” AJ, “Oʻzqurilishmateriallari” AJ va “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan birgalikda ish hujjatlarining parametrlarini hisobga olgan holda buyurtmachi tomonidan taqdim etiladigan asosli hisob- kitoblar boʻyicha loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan sement va metall prokati toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarga koʻra — tartibga solinadigan narxlarda va yoqilgʻi-moylash materiallari — komissiya shartnomalari boʻyicha ajratilishi va yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 2-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2754-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-martdagi PQ-2754-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoʻngʻirot — Moʻynoq” suv quvuri qurilishi loyihasini birgalikda moliyalashtirish uchun begʻaraz mablagʻ ajratish toʻgʻrisida taklif bilan chiqqan respublika korxonalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

mlrd. soʻm

T/r

Ryespublika korxonalari roʻyxati

Summa

Xomiylarning xayriya mablagʻlari jami

6,0

shu jumladan:

1.

“Orient-Mebel”QK MCHJ (Toshkent sh.)

2,0

2.

“Woodman group” QK MCHJ (Toshkent sh.)

2,0

3.

“Metal invent” QK MCHJ (Toshkent sh.)

2,0

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 6-son, 74-modda, 35-son, 923-modda)