02.02.2017 yildagi PQ-2751-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.08.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada bank plastik kartochkalari asosida naqd pulsiz hisob- kitob tizimini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naqd pulsiz hisob-kitob tizimini rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish, plastik kartochkalarga, terminallarga va tegishli uskunalarga boʻlgan talab-ehtiyojlarni qondirish, shuningdek, pul mablagʻlarining bankdan tashqari aylanmasini kamaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 3-avgustdagi PQ-433-sonli qarori 1-bandining ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan bojxona imtiyozlarining amal qilish muddati 2020-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-son Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bank mikroprotsessor plastik kartochkalari, toʻlov terminallari ishlab chiqaruvchilar, chakana toʻlov tizimlarining protsessing markazlari olib kirilayotgan xomashyo, sarflanuvchi va butlovchi materiallardan, dasturiy taʼminot vositalaridan hamda plastik kartochkalar, terminallar, bankomatlar, infokioskalar va boshqa uskunalar ishlab chiqarish uchun litsenziyalardan samarali va qatʼiyan maqsadli foydalanishni hamda ana shular vositasida hisob-kitoblar amalga oshirilishini taʼminlasin, kelgusida ularni ishlab chiqarish mahalliylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda olib kirilayotgan xom ashyo, sarflanuvchi va butlovchi materiallar, dasturiy taʼminot vositalari va litsenziyalardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, imtiyozlar qoʻllanilgan holda olib kirilayotgan xom ashyo, sarflanuvchi va butlovchi materiallar, dasturiy taʼminot vositalari va litsenziyalardan maqsadga xilof tarzda foydalanilgan taqdirda, bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan bojxona toʻlovlarining toʻlanmay qolgan summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllangan holda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari Oʻzbekiston Banklari uyushmasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol ehtiyojlari uchun moʻljallangan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish uchun plastik kartochkalardan foydalanish asosida turli xil kredit mahsulotlari joriy etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plastik kartochkalardan foydalanuvchilarning ularni ishlatishdan manfaatdorligini oshirish va ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan turli xil bonus, diskont va ragʻbatlantiruvchi dasturlarni savdo-servis tashkilotlari bilan birgalikda tatbiq etish amaliyoti kengaytirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samarali, zamonaviy va qulay toʻlov vositasi sifatida plastik kartochkalardan foydalanish afzalliklarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritishga yoʻnaltirilgan tashkiliy tadbirlar tizimli asosda oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 2-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2751-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2751-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 3-avgustdagi PQ-433-sonli qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Belgilansinki, bank mikroprotsessor plastik kartochkalari va toʻlov terminallarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar 2020-yilning 1-yanvarigacha bank mikroprotsessor plastik kartochkalari, toʻlov terminallari, bankomatlar, infokioskalar va plastik kartochkalar yordamida hisob-kitob qilish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xom ashyo, sarflanuvchi va butlovchi materiallar, dasturiy taʼminot va litsenziyalar import qilinganida bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-son Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 6-son, 72-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)