26.05.2000 yildagi 204-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GOLFNI RIVOJLANTIRISH VA OMMALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda aholi dam olishini uyushtirish va salomatligini mustahkamlashning yangi shakli sifatida golfni rivojlantirish va ommalashtirish, respublika milliy jamoasini tayyorlash hamda xalqaro maydonda sport aloqalarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Dam olish va sportni rivojlantirish xalqaro korporatsiyasi” Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 19-sentabrdagi 324-son qarori asosida Toshkent shahridagi Rohat koʻli hududida, xalqaro darajada musobaqalar oʻtkazish imkonini beradigan, xalqaro andozadagi Toshkent golf klubi qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” jamgʻarmasi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka” banki, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” hamda “Dam olish va sportni rivojlantirish xalqaro korporatsiyasi” Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma korxonasining Oʻzbekiston golf uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, golf uyushmasi oʻzini oʻzi boshqaradigan, oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlanadigan, yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan, oʻz faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshiradigan, barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun ochiq boʻlgan, Hukumatiga qarashli boʻlmagan jamoat tashkiloti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston golf uyushmasini tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qoʻmita belgilangan tartibda bir oy muddatda Oʻzbekiston golf uyushmasi taʼsis konferensiyasi oʻtkazilishini uning rahbar organlari shakllantirilishini va ustavi tasdiqlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar Oʻzbekiston golf uyushmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi keng qatlamlarini sportning ushbu turi bilan shugʻullanishga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etiladigan golf klublarida golf bilan shugʻullanish uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlashga keng doirada koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda golfni rivojlantirishni muvofiqlashtirib borish va xalqaro maydonda Oʻzbekiston nomidan vakillik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston golf uyushmasining Osiyo va Jahon golf uyushmalari tomonidan tan olinishini taʼminlash uchun tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
golfni rivojlantirish uchun mablagʻlarni jalb etish va taqsimlash, golf klublariga ularni asbob-anjomlar, jihozlar bilan taʼminlashda koʻmaklashish hamda ulardan samarali foydalanilishini nazorat qilib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, Uyushma va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash aʼzolik va homiylik badallari, oʻtkaziladigan tadbirlardan tushgan daromadlar, shuningdek, amaldagi qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa daromadlar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston golf uyushmasi va uning tarkibiga qiruvchi golf klublari Mahalliy soliqlarning barcha turlarini toʻlashdan besh yil muddatga ozod qilinsin, ushbu mablagʻlar golfni rivojlantirishga yoʻnaltirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Dam olish va sportni rivojlantirish xalqaro korporatsiyasi” Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma korxonasi oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan asbob-uskunalar va materiallar boʻyicha qoʻshilgan qiymati soligʻi toʻlashdan (2000-yil 1-yanvardan boshlab) 3 yil muddatga istisno tariqasida ozod qilinsin,
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston golf uyushmasi buyurtmanomalariga binoan, grinlarga karayu boʻyicha xorijiy mutaxassislarga, golf instruktorlariga va maydonlarga qarash uchun ixtisoslashtirilgan texnikani ishlatish va taʼminlash boʻyicha mexaniklarga vizalar berishni va ularning muddatini uzaytirishni, ularni yashash joylari boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni va roʻyxatdan oʻtganlik muddatini uzaytirishni taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston golf uyushmasi masalalari boʻyicha ishlash uchun keluvchi grinlarga qarash boʻyicha xorijiy mutaxassislarga golf instruktorlariga va maydonlarga qarash uchun ixtisoslashtirilgan texnikani ishlatish va taʼmirlash boʻyicha mexaniklarga respublika hududida yashash va transportning barcha turlarida yurish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 26-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
204-son