24.01.2017 yildagi PQ-2740-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

“Oʻzagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil qilish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport qiluvchi tashkilotlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, meva-sabzavot mahsulotlarining eksport imkoniyatlarini samarali va barqaror rivojlantirishni taʼminlash, agrosanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularga keng koʻlamdagi bank-moliya xizmat turlarini koʻrsatish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, “Oʻzagrosugʻurta” AJ, “Oʻzbekinvest” milliy eksport-import sugʻurta kompaniyasi, “Kafolat SK” AJ, “Oʻzagroeksport” AJ va Oʻzbekiston Fermerlar kengashining “Oʻzagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat bankini (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzagroeksportbank” ATB) tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ilovaga muvofiq, “Oʻzagroeksportbank” ATB muassislari tarkibi va ekvivalenti 10,0 million yevrodan iborat boshlangʻich ustav kapitali miqdori maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari, shu jumladan xalqaro moliya institutlari belgilangan tartibda “Oʻzagroeksportbank” ATB aksiyadorlari boʻlishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzagroeksportbank” ATBga 2020-yilning 1-yanvariga qadar muddatda 15 foizdan kam boʻlmagan ulush bilan strategik xorijiy investorni ustav kapitaliga jalb etish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar “Oʻzagroeksportbank” ATBning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrosanoat mahsulotlari, eng avvalo meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va eksport qilishni hamda tegishli infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarini ustuvor darajada moliyalashtirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning mablagʻlarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrosanoat tarmoqlari tashkilotlariga va uning infratuzilmasiga kompleks ravishda kredit-hisob-kitob xizmatlari koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrosanoat tarmogʻi tashkilotlarini moliyalashtirish uchun xorijiy investorlar, xalqaro moliya institutlari, chet el banklarining mablagʻlarini jalb etish, xorijiy sheriklar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompleks tarzda marketing tahlilini tashkil etish hamda xalqaro bozorlarning holati va ularning rivojlanish istiqbollari, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining eksport imkoniyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning axborot bankini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning eksport imkoniyatlarini axborot yordamida faol yoritish, jumladan, xorijiy banklar, xalqaro tashkilotlar, diplomatik va savdo vakolatxonalari bilan faol hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek xalqaro reklama-savdo axborot tarmoqlariga tizimli kirib borish yoʻli bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrosanoat mahsulotlari, eng avvalo meva-sabzavot mahsulotini xalqaro bozorlarga olib chiqish boʻyicha strategiyalar ishlab chiqishda bank mizojlariga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagroeksportbank” ATBning aksiyadorlari sifatida jahonga mashhur soha kompaniyalari va banklarini, shuningdek xalqaro moliya institutlarini jalb etishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrosanoat tarmogʻi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga xalqaro moliya institutlari va chet el tijorat banklarining mablagʻlarini jalb etish boʻyicha ishlarni tizimli tashkil qilishga koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzagroeksportbank” ATB muassislariga ikki oy muddatda tashkiliy masalalarni hal etish, shu jumladan bank ustavini, uning tashkiliy tuzilmasini, aksiyalar chiqarish toʻgʻrisidagi qarorni belgilangan tartibda tasdiqlash hamda aksiyalarni muassislar oʻrtasida joylashtirish muddatlarini belgilash yuzasidan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagroeksportbank” ATBni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Banklari uyushmasi bilan birgalikda “Oʻzagroeksportbank” ATBni malakali mutaxassislar bilan toʻldirishda yordam berish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzagroeksportbank” ATB va uning filiallari davlat roʻyxatiga olingan sanadan boshlab 5 yil muddatga barcha turdagi soliqlar hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinsin, boʻshayotgan mablagʻlar bankning resurs va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga maqsadli yoʻnaltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 24-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2740-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-yanvardagi PQ-2740-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat banki muassislari tarkibi va uning boshlangʻich ustav kapitali
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
miqdori

T/r

Muassislarning nomlanishi

Taʼsis badali miqdori

ming yevro

ulush, foizda

1.

Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi

7 500,0

75 foiz

2.

“Oʻzbekinvest” MEISK

1 000,0

10 foiz

3.

“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK

500,0

5 foiz

4.

“Oʻzagrosugʻurta” AJ

500,0

5 foiz

5.

“Kafolat SK” AJ

500,0

5 foiz

Jami:

10 000,0*

100 foiz

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.

* Taʼsis badallari, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, “Oʻzbekinvest” MEISKning AQSH dollaridagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzagrosugʻurta” AJ va “Kafolat SK” AJning milliy valyutadagi toʻlovni amalga oshirgan kunida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Bankining kursi boʻyicha shakllantiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 4-son, 52-modda)