O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-sonli qaroriga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-sonli Farmoniga muvofiq:
2. Mazkur qaror 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kiradi.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 27-dekabr,
PQ-2700-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2700-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-sonli qaroriga kiritiladigan o‘zgartishlar
1. 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. 2-ilovaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
2. |
“Eksport” bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarning bojxona rasmiylashtiruvini xodim tomonidan buni rasmiylashtirish joyidan va (yoki) bojxona organlarining ishlamaydigan vaqtida boshqa joyda amalga oshirish, bir xodimning bir soat ishlashi hisobidan |
Eng kam ish haqi miqdorining 5 foizi |
”. |
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 1-son, 9-modda)