23.12.2016 yildagi 413-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘laridan samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2017-yil 1-yanvardan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2020-y., 09/20/156/0317-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) undiriladigan gerb yig‘imidan tumanlar va shaharlar budjetlari daromadiga ajratmalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gerbli (maxsus) blankalarda ishonchnomalar va bitimlarni notarial tasdiqlaganlik uchun — 50 foiz miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan gerbli guvohnomalar berganlik uchun — 15 foiz miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notarial harakatlarni sodir etganlik uchun tushgan davlat boji va gerb yig‘imi summasidan adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari hisob raqamida jamlangan mablag‘lar qoldig‘i qismidan kamida 70 milliard so‘mni 2016-yil 26-dekabrgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga 2017-yil 1-yanvardan boshlab o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 23-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
413-son

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-dekabrdagi 413-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2017-yil 1-yanvardan boshlab kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gerb yig‘imidan tushadigan mablag‘lar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — tumanlar va shaharlar budjetlari daromadiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi –O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining g‘aznachilik hisob raqamlariga o‘tkaziladi va gerbli blankalar tayyorlashga hamda boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qo‘yilgan avtomototransport vositalari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar bankini yaratishga, shuningdek adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga maqsadli tartibda sarflanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uchinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2020-y., 09/20/156/0317-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 52-son, 603-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180-son; 17.02.2018-y., 09/18/124/0782-son, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 16.03.2020-y., 09/20/156/0317-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)