16.09.2016 yildagi PQ-2595-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.06.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-2020-yillarda respublika farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning farmatsevtika sanoatini jadal va barqaror rivojlantirishni taʼminlash, ichki bozorni oʻzimizda ishlab chiqarilgan sifatli va xavfsiz dori-darmon vositalari bilan toʻldirish, mahalliy xom ashyo bazasini kengaytirish va import oʻrnini bosadigan dori-darmonlarni ishlab chiqarishni koʻpaytirish, buning uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2016 — 2020-yillarda oʻsimlik, mineral, kimyoviy va biologik xom ashyo negizida ishlangan, qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan, tashqi bozorlarda xaridorgir tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha topshiriqlar 1-ilovaga* muvofiq belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzfarmsanoat” AK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, aksiyadorlik jamiyatlari va korxonalarning rahbarlari — masʼul ijrochilar zimmasiga 1-ilovada nazarda tutilgan, oʻsimlik, mineral, kimyoviy va biologik xom ashyo negizida ishlab chiqarilgan, yuqori qoʻshilgan qiymatli, tashqi bozorlarda xaridorgir tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha topshiriqlar belgilangan muddatlarda sifatli va toʻla hajmda bajarilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2016 — 2020-yillarda oʻsimlik, mineral, kimyoviy va biologik xom ashyo negizida ishlab chiqarilgan, yuqori qoʻshilgan qiymatli, eksportga moʻljallangan tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzfarmsanoat” AK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklar hamda boshqa manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin, bunda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazishning aniq muddatlari, qurilish-montaj ishlarining zamonaviy texnologik talablarga javob beradigan texnologiyalarini tanlab olish hamda quvvatlarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-2998-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 22-son, 419-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzfarmsanoat” AK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqa aksiyadorlik jamiyatlari va korxonalar — 2-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalarining masʼul ijrochilari bilan birgalikda bir oy muddatda zamonaviy texnologiyalarga ega boʻlgan hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tashqi bozorlarga chiqarilishini kafolatlaydigan xorijiy kompaniyalarni investitsiya loyihalarini amalga oshirishga keng koʻlamda jalb etish chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqsin va amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda unga ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan investitsiya loyihalari moliyalashtirish hajmi va manbalari aniqlangan holda belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2021-yilning 1-yanvariga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori-darmon vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ana shu tovarlarni ishlab chiqarishdan tushgan mablagʻlar ulushi hisobot davri yakunlari boʻyicha kamida 60 foizni tashkil etuvchi tashkilotlar foyda soligʻi va mulk soligʻi, mikrofirma va kichik korxonalar yagona soliq toʻlovi toʻlashdan, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik uskunalar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar bojxona toʻlovlaridan ozod qilinsin (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tijorat banklariga ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli shartlar bilan va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan ortiq boʻlmagan stavka boʻyicha kreditlar ajratish tavsiya qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 16-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2595-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 581-modda; 2017-y., 22-son, 419-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)