16.09.2016 yildagi PQ-2595-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-2020-yillarda respublika farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning farmatsevtika sanoatini jadal va barqaror rivojlantirishni ta’minlash, ichki bozorni o‘zimizda ishlab chiqarilgan sifatli va xavfsiz dori-darmon vositalari bilan to‘ldirish, mahalliy xom ashyo bazasini kengaytirish va import o‘rnini bosadigan dori-darmonlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish, buning uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2016 — 2020-yillarda o‘simlik, mineral, kimyoviy va biologik xom ashyo negizida ishlangan, qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan, tashqi bozorlarda xaridorgir tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriqlar 1-ilovaga* muvofiq belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zfarmsanoat” AK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, aksiyadorlik jamiyatlari va korxonalarning rahbarlari — mas’ul ijrochilar zimmasiga 1-ilovada nazarda tutilgan, o‘simlik, mineral, kimyoviy va biologik xom ashyo negizida ishlab chiqarilgan, yuqori qo‘shilgan qiymatli, tashqi bozorlarda xaridorgir tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriqlar belgilangan muddatlarda sifatli va to‘la hajmda bajarilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2016 — 2020-yillarda o‘simlik, mineral, kimyoviy va biologik xom ashyo negizida ishlab chiqarilgan, yuqori qo‘shilgan qiymatli, eksportga mo‘ljallangan tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalari ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “O‘zfarmsanoat” AK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklar hamda boshqa manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning 2-ilovasida ko‘rsatilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin, bunda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazishning aniq muddatlari, qurilish-montaj ishlarining zamonaviy texnologik talablarga javob beradigan texnologiyalarini tanlab olish hamda quvvatlarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-2998-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 419-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zfarmsanoat” AK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqa aksiyadorlik jamiyatlari va korxonalar — 2-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalarining mas’ul ijrochilari bilan birgalikda bir oy muddatda zamonaviy texnologiyalarga ega bo‘lgan hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tashqi bozorlarga chiqarilishini kafolatlaydigan xorijiy kompaniyalarni investitsiya loyihalarini amalga oshirishga keng ko‘lamda jalb etish chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqsin va amalga oshirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi har yili O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda unga ushbu qarorning 2-ilovasida ko‘rsatilgan investitsiya loyihalari moliyalashtirish hajmi va manbalari aniqlangan holda belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2021-yilning 1-yanvariga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori-darmon vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ana shu tovarlarni ishlab chiqarishdan tushgan mablag‘lar ulushi hisobot davri yakunlari bo‘yicha kamida 60 foizni tashkil etuvchi tashkilotlar foyda solig‘i va mulk solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovi to‘lashdan, Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning 2-ilovasida ko‘rsatilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik uskunalar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno).
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 16-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2595-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 51-son, 581-modda; 2017-y., 22-son, 419-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)