12.12.2016 yildagi 400-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2019-yillarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat va eksport salohiyatini yanada kengaytirish, mavjud resurslardan to‘liqroq va samarali foydalanish hamda muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal qurish, xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish, aholining bandligi va daromadlarini oshirish asosida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanini kompleks rivojlantirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2017 — 2019-yillarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanini kompleks rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin. Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol tovarlari, shuningdek zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlarini yangidan qurish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
importning o‘rnini bosadigan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlar sohasini va servis infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalari ro‘yxati 3-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
me’moriy qiyofani o‘zgartirish, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal qurish dasturining asosiy parametrlari 4-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy infratuzilmani yanada takomillashtirish bo‘yicha investitsiya loyihalari ro‘yxati 5-ilovaga* muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent shahri hokimligi investitsiya loyihalari o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning mo‘ljallangan hajmlari o‘zlashtirilishini va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutgan holda Dastur parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 — 6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirliklar, idoralar, Toshkent shahri va Mirzo Ulug‘bek tumani hokimliklari loyihalarning tashabbuskorlari va Dastur doirasida jalb etilgan boshqa tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishining tarmoq jadvallari tasdiqlanishini, ularda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazishning, qurilish-montaj ishlarini bajarishning, zamonaviy texnologik asbob-uskunalar bilan butlash va quvvatlarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlarini nazarda tutsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda har yili O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda ushbu qarorga muvofiq amalga oshirish nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hajmlari va manbalarini aniqlashtirgan holda unga belgilangan tartibda kiritsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha Dasturni bajarish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent shahrida yer uchastkalari berish amaliyotini o‘rganish bo‘yicha komissiya shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq 2017-yil 1-fevralgacha bo‘lgan muddatda Toshkent shahri va Mirzo Ulug‘bek tumani hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishi uchun yer uchastkalari belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tijorat banklariga Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar va ularga butlovchi buyumlarni xarid qilish uchun belgilangan tartibda kreditlar, shu jumladan xorijiy valyutadagi kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toshkent shahri hokimligi har chorakda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining majlislarida Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha faoliyatning natijadorligini ko‘rib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Dasturning bajarilishi to‘g‘risidagi axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U.Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 12-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
400-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 50-son, 567-modda; 2017-y., 34-son, 893-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)