02.12.2016 yildagi PF-4861-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.12.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmogʻi sifatida turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada toʻliq va samarali foydalanish, turizm tarmogʻini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targʻibot qilish, turizm sohasida Oʻzbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar oʻrta muddatli istiqbolda turizm sohasidagi davlat siyosatining maqsadli vazifalari va ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va izchil amalga oshirish, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, ushbu sohani barcha hududlarni va oʻzaro bogʻliq tarmoqlarni kompleks ravishda jadal rivojlantirishning yetakchi kuchiga aylanishi lozim boʻlgan iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, tarkibiy oʻzgartirish va barqaror rivojlanishning qudratli vositasiga aylantirish, yaratiladigan yalpi ichki mahsulotda, mahalliy budjet daromadlarida turizmning ulushini koʻpaytirish, ish bilan bandlikni taʼminlash, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm industriyasi subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan turizm faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, turizmning rivojlanishidagi barcha toʻsiq va gʻovlarga barham berish, viza va roʻyxatdan oʻtkazish tartib-taomillarini, pasport va bojxona nazoratini soddalashtirish, turizm sohasini davlat tomonidan boshqarish va bozorga xos tarzda tartibga solish mexanizmini maqbullashtirish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligini ragʻbatlantirish va turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, turizm sohasida statistik hisobga olish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm xizmatlarini tashkil etishda, eng avvalo, turistlar joylashtiriladigan joylarda, ovqatlanish punktlarida, respublika hududi boʻylab harakatlanishda, turizm obyektlariga tashriflarni uyushtirishda turistlar va ekskursantlarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda turizmni jadal rivojlantirish, mavjud ulkan turizm salohiyatidan yanada toʻliq va samarali foydalanish, anʼanaviy madaniy-tarixiy turizm bilan birgalikda turizmning boshqa salohiyatli turlarini — ziyorat qilish, ekologik, maʼrifiy, etnografik, gastronomik, sport, davolash-sogʻlomlashtirish, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik turizmi va boshqa turlarini jadal rivojlantirish, bolalar, oʻsmirlar va yoshlar turizmini, oilaviy turizmni, keksalar uchun ijtimoiy turizmni rivojlantirish hisobiga turizmning ijtimoiy ahamiyatini kuchaytirish, hududlarda yangi turizm yoʻnalishlarini tashkil etish, ularni pasportlashtirish, turizm yoʻnalishlari va turizm obyektlari boʻyicha yagona milliy reyestrlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni, birinchi navbatda, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (YUNVTO), xorijiy mamlakatlarning turizm boʻyicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlari — turizm xizmatlari mintaqaviy va jahon bozorlarining faol ishtirokchilari bilan hamkorlikni kengaytirish, Oʻzbekistonning turizm sohasida tartibga soluvchi universal xalqaro konvensiyalar va bitimlardagi ishtiroki, turizm faoliyati amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar va normalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning barcha mintaqalarida zamonaviy jahon standartlariga, turistlarning ehtiyojlari va talablariga javob beradigan turizm industriyasi obyektlarini — mehmonxonalarni va joylashtirishning shu kabi vositalarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini, transport-logistika tuzilmalarini, axborot markazlarini, madaniyat va sport muassasalarini jadal rivojlantirish, asosiy turizm yoʻnalishlari boʻyicha yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini, yoʻlboʻyi infratuzilmasini jadal qurish va rekonstruksiya qilish, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investorlarni keng jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro turizm rivojlanishi tendensiyalarini va zamonaviy marketing vositalari qoʻllanilishini hisobga olgan holda, raqobatbardosh turizm mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish, ularni ichki va xalqaro turizm bozorlarida targʻibot qilish boʻyicha strategiyani ishlab chiqish, qulay turizm axborot muhitini tashkil etish va rivojlantirish, keng reklama-axborot faoliyatini amalga oshirish, mamlakat hududlarida turizm axborot markazlari va chet elda turizm vakolatxonalari ochish, Internet tarmogʻidan faol foydalanish, har yili Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini oʻtkazish yoʻli bilan turizm sohasida mamlakatimizning ijobiy qiyofasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm tarmogʻi uchun, ayniqsa menejment va marketing sohasida malakali kadrlarni sifatli tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, gidlar (ekskursiya yetakchilari) tayyorlash, turizm faoliyati subyektlari xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tugatilayotgan “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi turizm sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi zimmasiga quyidagi funksiyalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm turoperatorlik faoliyatini litsenziyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish boʻyicha milliy organi — “Oʻzstandart” agentligi bilan mustahkam oʻzaro hamkorlikda turizm faoliyati subyektlari tomonidan koʻrsatiladigan turoperatorlik (turizm mahsulotlari) xizmatlari va mehmonxona xizmatlarini majburiy sertifikatlash, shu jumladan turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi mehmonxonalarning (motellarning) tasnifini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlanadigan turizm xizmatlarining normativ hujjatlarda belgilangan majburiy talablar va standartlarga muvofiqligi boʻyicha inspeksiya nazoratini amalga oshirish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlash tizimida akkreditatsiya qilingan turizm xizmatlarini sertifikatlash boʻyicha organlar ham turizm xizmatlarining ayrim turlarini sertifikatlash subyektlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu Farmonda belgilangan turizm sohasidagi davlat siyosatining maqsadlari va ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, oʻrta muddatli istiqbolda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasini, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Konsepsiyani amalga oshirishga doir aniq chora-tadbirlar Dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, 2017-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faqat turizm faoliyatini tashkillashtirishni taʼminlaydigan turizm korxonalari — turizm operatorlari, turizm agentliklari, ekskursiya tashkilotlari, turizm firmalari turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi yuzasidan litsenziyalanadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya olishda turizm xizmatlari sertifikati bilan tasdiqlangan turistlar va ekskursantlarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulki uchun xavfsizlikni taʼminlash tizimining mavjudligi majburiy litsenziya talabi va sharti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehmonxonalarda va joylashtirishning shu kabi vositalarida turizm xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishga litsenziya mavjud boʻlishi boʻyicha talabni bekor qilgan holda, turizm faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan subyektlar — mehmonxonalar, motellar, kempinglar va joylashtirishning shu kabi vositalari tomonidan koʻrsatiladigan turizm xizmatlari majburiy sertifikatlanadi. Bunda 2018-yil 1-yanvardan boshlab xorijiy turistlarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari va avtotransport korxonalarini majburiy sertifikatlash joriy etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidlar (ekskursiya yetakchilari), kuzatib boruvchi-yoʻriqchilarning xizmatlari faqat ular Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan beriladigan malaka sertifikati olgandan keyin jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning xodimlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm korxonalari turizm faoliyati subyektlari bilan faqat ularda muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlgan taqdirda ular tomonidan xorijiy turistlarga turizm xizmatlari koʻrsatish yuzasidan shartnomalar (bitimlar) tuzish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va viza tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida 2017-yil 1-apreldan boshlab:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatga keluvchi Avstraliya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Niderlandiya, Koreya Respublikasi, Singapur, Finlyandiya, Shveysariya va Yaponiya fuqarolari uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55 yoshga toʻlgan va turizm maqsadida 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatga Oʻzbekiston Respublikasiga keluvchi Belgiya Qirolligi, Indoneziya, XXR (turistlar guruhlari tarkibida), Malayziya, AQSH, Fransiya, Vyetnam, Isroil, Polsha, Vengriya, Portugaliya va Chexiyaning fuqarolari uchun viza rejimi bekor qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 1-apreldan boshlab ushbu bandda koʻrsatib oʻtilgan xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda 50 AQSH dollari miqdorida Davlat budjetiga oʻtkaziladigan kirish yigʻimi toʻlaydilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish yigʻimi toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjat mamlakatga kirish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Markaziy bank bilan birgalikda 2017-yil 1-martgacha boʻlgan muddatda xorijiy fuqarolar tomonidan kirish yigʻimi toʻlanishi tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mehnat vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2017-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha mamlakatlar uchun 30 kun muddatga beriladigan yagona turizm vizalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro aeroportlarda va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida vizalarni olish, shu jumladan tranzit vizalarni olish tartibini sezilarli ravishda soddalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislarning Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olish tartib-taomilini soddalashtirish hamda ularga jismoniy shaxslarning daromadlaridan soliq toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vizalarni rasmiylashtirish va berish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, shu jumladan, Tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmasiga va Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga tashrif buyurmasdan viza olishga hujjatlarni topshirish va soʻrovnomalarni toʻldirishda onlayn tizimdan foydalanish, shuningdek 2018-yildan boshlab elektron vizalar tizimini joriy etish boʻyicha aniq takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Oʻzbekistonning chet ellardagi elchixonalari huzuridagi savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilar zimmasiga milliy turizm mahsulotlarini targʻibot qilish va Oʻzbekiston Respublikasiga turistlar oqimi koʻpayishida koʻmaklashish majburiyatini yuklasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarining xalqaro aeroportlarida respublikaga keluvchi (ketuvchi) xorijiy turistlar uchun “yashil yoʻlak” bojxona nazorati tizimini, pasport va bojxona nazoratidan oʻtishning, bagajni olishning, transport xizmati koʻrsatishning soddalashtirilgan tartib-taomilini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika aeroportlari va vokzallarida xorijiy fuqarolarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish hamda pasport nazoratidan oʻtish jarayonini tezlashtirish maqsadida rezidentlar va norezidentlar tomonidan ushbu tartib-taomildan alohida-alohida oʻtishni tashkil etsinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy turistlarni kutib oluvchi yoki kuzatuvchi turizm faoliyati subyektlari xodimlariga rejim va qoʻriqlash choralari talablariga rioya etgan holda belgilangan tartibda berilgan maxsus ruxsatnomalar boʻyicha aeroportlar va vokzallar binolariga kirish huquqini bersinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aeroportlarda va temir yoʻl vokzallarida qulay turizm axborot makonini, shu jumladan turizm-axborot punktlari faoliyatini, turizm navigatsiya tizimini, yoʻnalish olish belgilarini oʻrnatish va boshqa shu kabi tadbirlarni tashkil etish va rivojlantirish hisobiga yoʻlovchilarga, shu jumladan bepul asosda koʻrsatiladigan xizmatlar darajasi va sifatini oshirish chora-tadbirlarini tizimli ravishda amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mehmonxonalarda va boshqa joylashtirish joylarida yashovchilarni elektron shaklda Internet tarmogʻi orqali hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 2017-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehmonxonalarda va boshqa joylashtirish joylarida xorijiy fuqarolarga hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy turar joyiga ega boʻlmagan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, joylashtirish boʻyicha xizmatlarga shu jumladan turizm faoliyati subyektlari orqali haq toʻlash faqat erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiriladi, ular uchun toʻlov respublikaning taklif etuvchi davlat va budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan holatlar bundan mustasno. Bunda turizm yigʻimi xizmatlarga haq toʻlangan valyutada toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan turizm operatorlariga toʻlovni naqd erkin almashtiriladigan valyutada toʻlashga ruxsat etiladi va bu toʻlovlar keyinchalik turizm xizmatlari uchun xorijiy sheriklarga naqdsiz toʻlov uchun inkassatsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm operatorlari ular tomonidan koʻrsatiladigan turizm xizmatlari uchun tushadigan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotishdan ozod qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehmonxonalar va boshqa joylashtirish joylari xorijiy fuqarolarga koʻrsatiladigan turizm xizmatlari uchun tushadigan xorijiy valyutadagi tushumning 25 foizini belgilangan tartibda majburiy sotadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistlarni qabul qiladigan turizm operatorlari, shuningdek ularning xodimlari turistlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi buzilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishiga doir tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat banklari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tavsiya qiladigan turizm infratuzilmasi obyektlarining valyuta toʻlovlarini qabul qilish terminallari bilan jihozlanishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yuridik shaxslar belgilangan tartibda sertifikatlangan kamida 4 yulduzli darajadagi mehmonxona va motellarni foydalanishga topshirganda ular yuridik shaxslarning foyda soligʻi, yer soligʻi va mol-mulk soligʻidan, shuningdek yagona soliq toʻlovidan 5 yil muddatga ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, turizm faoliyati subyektlari tomonidan turistlarni tashish uchun moʻljallangan, sigʻimi 9 kishidan ortiq boʻlgan yangi avtotransport vositalari sotib olinganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻim sotib olingan avtotransport vositalari qiymatining 3 foizi miqdorida undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 27-iyuldagi PF-447-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 2-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-4861-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 49-son, 558-modda, 2017-y., 1-son, 3-modda, 19-son, 332-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2018-y., 06/18/5326/0657-son, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 05.10.2018-y., 06/18/5551/2195-son, 06.01.2019-y., 06/18/5611/2430-son, 29.05.2019-y., 06/19/5731/3200-son, 15.08.2019-y., 06/19/5781/3567-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son; 03.11.2025-y., 06/25/203/1003-son)