Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.07.2021 24.10.2016 yildagi PQ-2640-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.07.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘simliklarni himoya qilish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-sonli “Respublikada o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari bilan ta’minlashning yaxlit tizimini yaratish, qishloq xo‘jaligi ekinlariga agrotexnik xizmat ko‘rsatish hamda zararkunandalar va kasalliklardan saqlash bo‘yicha xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati, shuningdek “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarining “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatini (keyingi o‘rinlarda — “O‘zagrokimyohimoya” AJ) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin, uning tarkibiga quyidagilar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidan chiqarilayotgan “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari (keyingi o‘rinlarda “Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJ), shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning o‘simliklarni himoya qilish markazlari mulkiy qismi negizida tashkil etilayotgan “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJning tuman va tumanlararo bo‘limlari, shuningdek, o‘simliklarni himoya qilish tuman otryadlari negizida tashkil etilayotgan “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining tuman (shahar) bo‘linmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chigirtka bilan kurashish xizmatlari, shuningdek, Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning o‘simliklarni himoya qilish markazlari mulki qismi negizida tashkil etilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining “Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmati” bo‘limlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi Respublika agrokimyo stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar agrokimyo stansiyalari negizida tashkil etilayotgan “Agrokimyo stansiyasi” MChJ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi Respublika o‘quv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasi negizida tashkil etilayotgan “Respublika o‘quv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasi” MChJ;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.02.2021-y., 07/21/4975/0085-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalari bilan ta’minlash, chigirtka, zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va yovvoyi o‘tlarga qarshi kurashish bo‘yicha yagona texnik va texnologik siyosatni olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining buyurtmalarini umumlashtirish yo‘li orqali mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalariga bo‘lgan talabning har yilgi prognozlarini shakllantirish, shuningdek, mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish va taqsimlashni, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va taqsimlanishining har yilgi balanslarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan nazorat va signal maydonlarda radiologik va toksikologik kuzatuvlarni olib borish, agrokimyo kartogrammalarni tuzgan holda, tuproq va qishloq xo‘jalik mahsulotlaridagi og‘ir metallar tuzlari va pestitsidlar, cho‘kindi qoldiqlari, to‘plangan radionuklidlarni tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproqni oziqlash moddalari ta’minotini hisobga olgan holda, qishloq xo‘jaligiga mineral o‘g‘itlarni differensial va agrokimyo kartogrammalarga qat’iyan muvofiq ko‘rinishda yetkazib berishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘simliklarni himoya qilish, zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va yovvoyi o‘tlar bilan kurashish sohasida fermyerlar va dehqon xo‘jaliklari, boshqa tashkilotlar hamda aholiga kompleksli argokimyo xizmatlarini ko‘rsatish, shakllantirilgan buyurtmalar va kafolat shartnomalariga muvofiq qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari bilan kurashishning biologik usullarini keng ko‘lamda rivojlantirish va qo‘llashga ko‘maklashish, biomateriallar sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, biolaboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, biologik preparatlarni ishlab chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududida yer maydonlari, o‘simlik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining fitosanitar holati ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va yovvoyi o‘tlarning rivojlanishi va ko‘payib ketishini prognozlashtirish va monitoring qilish, o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha profilaktika va integratsiya chora-tadbirlarini o‘z vaqtida tashkillashtirishni ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zagrokimyohimoya” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilarning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zkimyosanoat” AJ mulkining qismini balans narxi bo‘yicha hamda uning “Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJlari ustav kapitallaridagi ulushini “O‘zkimyosanoat” AJning ustav kapitaliga berilgan qiymati bo‘yicha davlat foydasiga berish, shuningdek, shuning hisobidan “O‘zkimyosanoat” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini mos ravishda kamaytirish to‘g‘risida “O‘zkimyosanoat” AJ aksiyadorlari taklifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Respublika o‘simliklarni himoya qilishning kimyo vositalar bazasi” AJ aksiyadorlarining jamiyatni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zagrokimyohimoya” AJning ustav kapitali “O‘zkimyosanoat” AJ mulkining qismini balans narxi bo‘yicha hamda uning “Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJlari ustav kapitallarida ulushini “O‘zkimyosanoat” AJning ustav kapitaliga berilgan qiymati bo‘yicha topshirish, Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar o‘simliklarni himoya qilish markazlari, o‘simliklarni himoya qilish tuman otryadlari, chigirtkaga qarshi kurashish bo‘yicha xizmatlar, O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tekshirish instituti, Respublika agrokimyo stansiyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar agrokimyo stansiyalari, Respublika o‘quv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasi mulkining balans qiymati hisobiga shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zagrokimyohimoya” AJ “Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJ va Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar o‘simliklarni himoya qilish markazlari, o‘simliklarni himoya qilish tuman otryadlari, chigirtkaga qarshi kurashish bo‘yicha xizmatlar, O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tekshirish instituti, Respublika agrokimyo stansiyalari, Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar agrokimyo stansiyalari, Respublika o‘quv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zagrokimyohimoya” AJning ijro etuvchi apparati faoliyatini joriy ta’minlash va moliyalashtirish dividendlar, ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati tushumlaridan va boshqa qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chigirtka va qizil kapalakka qarshi profilaktika va kurashish radiologik va toksikologik kuzatuvlarni olib borish, tuproq hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlaridagi og‘ir metall tuzlari va pestitsidlar cho‘kindi qoldiqlari, to‘plangan radionuklidlarni tahlil qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish budjetdan ajratilgan pul mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.02.2021-y., 07/21/4975/0085-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagrokimyohimoya” AJ va “O‘zkimyosanoat” AJ ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zkimyosanoat” AJning ta’sis hujjatlarini ishlab chiqishni va tasdiqlanishini ta’minlasin, belgilangan tartibda uning ustav kapitalini shakllantirsin, yangi aksiyalar chiqarilishini va ularni joylashtirilishini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zagrokimyohimoya” AJning ustav kapitaliga berilgan mulk qismini “Agrokimyosanoat” HAJ va “Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmati”ning hududiy bo‘linmalariga topshirilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zagrokimyohimoya” AJning ustav kapitaliga topshiriladigan mulk va ulushlar qiymati summasiga “O‘zkimyosanoat” AJning ustav kapitalini kamaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zagrokimyohimoya” AJga belgilangan tartibda “O‘zagrokimyohimoya” AJning maxsus taraqqiyot Jamg‘armasini tashkil etishga huquq berilsin, quyidagilar Jamg‘armaning daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy “O‘zagrokimyohimoya” AJning ustav kapitalidagi “O‘zagrokimyohimoya” AJning ulushiga hisoblanadigan dividendlarning 50 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, “O‘zagrokimyohimoya” AJning taraqqiyot Jamg‘armasi mablag‘lari maqsadli ravishda qat’iyan quyidagilarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalari, ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini amalga oshirish, yangi turdagi o‘simliklarini himoya qilish vositalari, mineral, organomineral va kompleks (murakkab) o‘g‘itlarni o‘zlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zagrokimyohimoya” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi laboratoriyalarni tashkil etish faoliyatini amalga oshirish, shuningdek ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlar va laboratoriyalarni zamonaviy asbob-uskunalar va texnika bilan jihozlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zagrokimyohimoya” AJ O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “O‘zagrokimyohimoya” AJning taraqqiyot Jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va maqsadli ishlatish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda 2017 — 2020-yillarda qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy va biologik vositalari bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini himoya qilish bo‘yicha xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlarni strategik xomashyoni ishlab chiqarish va birlamchi qayta ishlash sohasida faoliyat yuritadigan hududiy aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek tabiiy monopoliya subyektlari hamda tartibga solinadigan narxlar bo‘yicha ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Qishloqxo‘jalikkimyo” va Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazini 5-ilovaga* muvofiq tarkibda debitorlik hamda kreditorlik qarzlarining inventarizatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha Komissiya tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya (G.I.Ibragimov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda “Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJ va Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazining debitorlik hamda kreditorlik qarzlarini to‘liq inventarizatsiya qilsin va natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar bo‘yicha takliflar kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJ va Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi oldidagi tugatilgan fermerlik xo‘jaliklarining kreditorlik qarzlarini restrukturizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJ va Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi va uning bo‘linmalarining O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti va davlatning maqsadli jamg‘armalariga bo‘lgan to‘lov qarzlari bo‘yicha qo‘llanilayotgan moliyaviy sanksiyalari summalarini bekor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 2022-yilning 1-yanvarigacha “Elektrkimyozavod” QK AJ, “O‘zagrokimyohimoya” AJ va uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxatlarga ko‘ra olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ta’sir kuchiga ega moddalar, o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy va biologik vositalari, asbob-uskunalar va texnologiyalar bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 07/19/4265/2883-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “O‘zagrokimyohimoya” AJ Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 38-uy manzili bo‘yicha joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda “O‘zagrokimyohimoya” AJni, zarur kommunikatsiya va telefon aloqasi, shu jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zagrokimyohimoya” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 24-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2640-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 24-oktabrdagi PQ-2640-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zagrokimyohimoya” AJ tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI

I. Respublika tashkilotlari

1.

“Respublika o‘quv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasi” MChJ

2.

“Agrokimyo stansiyasi” MChJ

31.

Ifoda agro kimyo himoyaMChJ

II. HududiyAgrokimyohimoyaaksiyadorlik jamiyatlari

4.

“Qoraqalpoq agrokimyohimoyaAJ

5.

Andijon agrokimyohimoyaAJ

6.

“Buxoro agrokimyohimoyaAJ

7.

“Jizzax agrokimyohimoya” AJ

8.

“Qashqadaryo agrokimyohimoya” AJ

9.

“Navoiy agrokimyohimoya” AJ

10.

“Namangan agrokimyohimoya” AJ

11.

“Samarqand agrokimyohimoya” AJ

12.

“Sirdaryo agrokimyohimoya” AJ

13.

“Surxondaryo agrokimyohimoya” AJ

14.

“Toshkent agrokimyohimoya” AJ

15.

Farg‘ona agrokimyohimoya” AJ

16.

Xorazm agrokimyohimoyaAJ

III. Hududiy “Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmati” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari

17.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiQoraqalpoq filiali

18.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiAndijon filiali

19.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiBuxoro filiali

20.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiJizzax filiali

21.

“Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmati” Qashqadaryo filiali

22.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiNavoiy filiali

23.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiNamangan filiali

24.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiSamarqand filiali

25.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiSirdaryo filiali

26.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiSurxondaryo filiali

27.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiToshkent viloyati filiali

28.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiFarg‘ona filiali

29.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiXorazm filiali

30.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiToshkent shahar filiali.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.02.2021-y., 07/21/4975/0085-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 24-oktabrdagi PQ-2640-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJ hamda Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi debitorlik va kreditorlik qarzlarining inventarizatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha Komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

G.I. Ibragimov

Bosh vazir o‘rinbosari, komissiya raisi

Sh.J. Teshayev

qishloq va suv xo‘jaligi vaziri

B.R. Parpiyev

Davlat soliq qo‘mitasi raisi

Sh.N. Fayzullayev

iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari

M.M. Mirzayev

moliya vazirining o‘rinbosari

M.Y. Fayziyev

qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari

B.E. Turayev

Davlat statistika qo‘mitasi raisi

S.S. Xodjayev

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari

A.U. Tamikayev

“Agrobank” ATB boshqaruvi raisi

N.S. Ibragimov

“O‘zkimyosanoat” AJ raisi

X.Sh. Bekbergenov

“O‘zkimyosanoat” AJ raisining o‘rinbosari

R.O. Ochilov

Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi direktori

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 44-son, 511-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son; 22.11.2017-y., 06/17/5250/0284-son; 04.04.2019-y., 07/19/4265/2883-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; 04.02.2021-y., 07/21/4975/0085-son)