31.10.2016 yildagi PQ-2647-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.02.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi va tibbiyot muassasalarining arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan taʼminlanganlik darajasini yanada oshirish, ularning narxini belgilash boʻyicha ochiq-oshkora mexanizmni joriy etish, mamlakatimizda arzon va sifatli preparatlar boʻlishiga qaramasdan tashxis qoʻyish va davolash standartlarida koʻzda tutilmagan hamda asosan qimmat import dori-darmon vositalarini tavsiya etish kabi nomaqbul amaliyotning oldini olish va kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2017-yilning 1-yanvaridan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovada qayd etilgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini belgilangan narxlarda sotish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovaga muvofiq roʻyxatda qayd etilgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini chetdan xarid qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan har bir nomdagi dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun belgilanadigan kvotalar doirasida mamlakatimizda tegishli faoliyat bilan shugʻullanish litsenziyasiga ega boʻlgan ulgurji va ulgurji-chakana kompaniyalar oʻrtasida tender oʻtkazish asosida amalga oshirilishi belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni tizimli asosda nazorat qilish uchun Respublika komissiyasi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz farmatsevtika bozorining, jumladan, respublikamizda ishlab chiqarilgan asosiy dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlanganlik darajasini tizimli tahlil etish va shu asosda dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari turlarini diversifikatsiya qilish hamda ichki bozorimizni yanada boyitishga doir takliflar ishlab chiqish, aholini dori-darmonlar bilan taʼminlashga masʼul davlat organlari faoliyatini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatga kiritilgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun qayd etilgan narxlarni belgilash hamda ularni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotadigan tashkilotlarga yetkazishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatga kiritilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari narxlariga rioya etilishini nazorat qilish tadbirlarining amalga oshirilishini monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayd etilgan narxlar belgilanadigan ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari roʻyxatiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, tashxis qoʻyish va davolash standartlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz farmatsevtika sanoatiga yetakchi xorijiy kompaniyalar va investorlarni yanada keng jalb etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar, ulgurji savdo tashkilotlar rahbarlarining dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga narx belgilash masalasi, shuningdek, aholi va tibbiyot muassasalarining, jumladan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojini qondirishga oid amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini muntazam eshitish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tibbiyot muassasalari va aholini dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni nazorat qilish boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari narxini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi zimmasiga roʻyxatga kiritilgan import dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilish uchun tender savdolari oʻtkazish vazifasi yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining jahon narxlari konyunkturasini tahlil qilish asosida Respublika komissiyasiga har chorakda roʻyxatda koʻzda tutilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan cheklangan shartnoma qiymatini belgilashga doir takliflar kiritsin, qiymati ushbu koʻrsatkichdan yuqori boʻlgan tender takliflari koʻrib chiqilmaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda 2016-yil 1-dekabrgacha roʻyxatga kiritilgan import dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilish uchun tender savdolari oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi barcha tibbiyot muassasalari roʻyxatda koʻzda tutilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini oʻrnatilgan tartibda Respublika komissiyasi tomonidan belgilangan ulgurji narxlardan oshmaydigan narxda sotib oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng ilgʻor xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda asosiy kasalliklarga tashxis qoʻyish, ularni davolash va klinik protokollar standartlarini qayta koʻrib chiqish jadvalini ikki hafta muddatda tasdiqlasin, bunda uch oy muddatda tashxis qoʻyish, davolash va klinik protokollarning yangilangan standartlari tasdiqlanishini, shuningdek, zarur hollarda amaldagi tashxis qoʻyish, davolash hamda klinik protokollarni qayta koʻrib chiqishni nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan tashxis qoʻyish, davolash standartlari va klinik protokollarga muvofiq har yili Respublika komissiyasiga roʻyxatni oʻzgartirish boʻyicha, birinchi navbatda, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarining koʻpayishiga qarab ulardan foydalanishni koʻzda tutadigan takliflar kiritsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashxis qoʻyish, davolash va klinik protokollarning yangilangan standartlarini barcha tibbiyot muassasalariga, jumladan, foydalanish uchun ochiq boʻlgan axborot tizimlari orqali oʻz vaqtida yetkazishni taʼminlasin hamda ularga rioya etilishini qatʼiy nazorat qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda eng muhim dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining barcha dorixonalar uchun majburiy yangilangan minimal roʻyxati, shuningdek, shifokor retseptisiz beriladigan dori-darmon vositalari roʻyxatini tasdiqlasin, unga zarurat tugʻilganda belgilangan tartibda har yili oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga narx belgilash tartibi qoʻpol buzilganligi uchun litsenziyani bekor qilish shartlari, shuningdek, minimal roʻyxat boʻyicha majburiy talablarni nazarda tutgan holda, bir oy muddatda Farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi litsenziya shartnomasiga qoʻshimchalar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shifokorlarning dori-darmon vositalarini tavsiya etish va dorixonalarda dori-darmon vositalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin va unda belgilangan tartib buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslarga nisbatan qatʼiy javobgarlik choralarini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz rasmiy veb-sayti, shuningdek, dorixonalar rasmiy veb-saytlarida roʻyxatga kiritilgan barcha dori-darmon vositalari boʻyicha belgilangan narxlar toʻgʻrisida muntazam yangilanadigan axborot eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlimlari zimmasiga dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar ular narxining davlat tomonidan belgilangan tartibga rioya etishini tizimli asosda nazorat qilish vazifasi yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatining oʻziga xos xususiyatini hisobga olgan holda dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar ular narxining davlat tomonidan belgilangan tartibiga rioya etishi ustidan nazoratni tashkil etsin hamda uning buzilishi aniqlanganda qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻrish uchun tegishli materiallarni, shu jumladan tekshirish uchun xarid qilish va nazorat ostida olish boʻyicha materiallarni litsenziyalovchi organga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini muomalaga chiqarishga qarshi kurashish boʻyicha ishlarni kuchaytirsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2773-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 87-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzfarmsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi “2016 — 2020-yillarda respublika farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2595-sonli qaroriga muvofiq roʻyxatda koʻzda tutilgan import oʻrnini bosadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish bilan respublika ehtiyojini maksimal darajada qoplash boʻyicha muhim choralarni koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi yillik, choraklik moddiy va qiymat balansini shakllantirishda Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oʻzfarmsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan asoslangan tayyor dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini, shuningdek, ularni mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarish uchun xom ashyoni chetdan olib kelishga boʻlgan ehtiyojni hisobga olsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-yanvardagi “Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 19- va 2000-yil 5-avgustdagi “Ichki bozorni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 307-sonli qarorlari 2017-yilning 1-yanvaridan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov va Bosh vazir oʻrinbosari A. Ikromov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 31-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2647-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan narxlarda sotiladigan ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

KXT-10 boʻyicha kasalliklar turlari

Belgilangan narxlarda sotiladigan ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining nomi

mahalliy

import qilinuvchi

Jami preparatlar va buyumlar soni

116

227

shu jumladan:

dori-darmon vositalari

98

201

tibbiyot buyumlari

18

26

I. DORI-DARMON VOSITALARI

1. Qon aylanish tizimi kasalliklari

Izosorbid tab. 10 mg, 20 mg, 40 mg N 30

Nitroglitserin tab. 0,5 mg N 50

Atsetilsalitsil kislotasi tab. 500 mg N 10

Nebivolol tab. 5 mg N 14

Bisoprolol tab. 2,5 mg, 5 mg, 10 mg N 30

Streptokinaza liof. inyeksiya uchun 1500000 yed N 1

Alteplaza liof. inyeksiya uchun 50 mg N 1

Geparin eritmasi inyeksiya uchun 5000 birl/ml, 5 ml N 5

Enoksaparin natriysi 4000 anti-Xa ME/ 0,4 ml shpr. N 10

Enoksaparin natriysi 6000 anti-Xa ME/ 0,6 ml shpr. N 2

Atenolol tab. 50 mg N 30

Doksazozin tab. 2 mg, 4 mg N 30

Nifedipin tab. 20 mg N 30

Magniy sulfat eritmasi inyeksiya uchun 25% 5 ml N 10

Enalapril maleati tab. 2,5 mg, 5 mg, 10 mg N 20

Kaliyva magniy asparaginati eritmasi inyeksiya uchun 250 ml

Digoksin tab. 0,25 mg N 50

Amiodaron tab. 200 mg N 30

Drotaverin tab. 40 mg N 50

Klopidogrel tab. 75 mg N 28

Karvedilol tab. 12,5 mg N 30

Amlodipin tab. 5 mg N 30

Lozartan tab. 50 mg N 30

Simvastatin tab. 20 mg N 30

Lizinopril tab. 10 mg N 20

Indapamid tab. 2,5 mg N 10

Spironolakton tab. 25 mg N 20

Allapinin tab. 25 mg N 30

Perindopril kaps. 4 mg N 30

Atorvastatin tab. 20 mg N 30

Rozuvastatin tab. 20 mg N 30

Inyeksiyaga eritma tayyorlash uchun fosfokreatin kukuni 1 g N 1

Verapamil tab. 80 mg N 50

Inyeksiya uchun izosorbid dinitrati konsentrati eritmasi 1 mg / ml 10 ml N 10

Qon tomiriga yuborish uchun norepinefrin eritmasi 8 mg / 4 ml N 10

Metoprolol tab. 50 mg N 30

Valsartan tab. 80 mg N 30

Inyeksiya uchun digoksin eritmasi 0,25 mg / ml 1 ml N 10 dan

Eritma tayyorlash uchun nitroglitserin konsentrati. 1 mg / ml 10 ml N 10

2. Yangi paydo boʻlgan oʻsimtalar

Siklofosfamidliof. kukuni 200 mg N 1

Sisplatin kons. yoki inyeksiya uchun eritma 10 mg, 25 mg, 50 mg, 100 mg N 1

Karboplatin kons. 50 mg, 150 mg, 450 mg N 1

Oksaliplatin liof. 50 mg, 100 mg N 1

Metotreksat tab. 2,5 mg, 5 mg, 10 mg N 50

Inyeksiya uchun kalsiy folinat eritmasi 15 mg, 30 mg, 50 mg, 100 mg N 5

5 ftoruratsil kons. yoki inyeksiya uchun eritma 250 mg, 500 mg N 5

Kapetsitabin tab. 500 mg N 120

Sitarabin kons. yoki inyeksiya uchun eritma 100 mg, 500 mg, 1000 mg N 1

Gemsitabin kukuni 200 mg, 1000 mg N 1

Doksorubitsin kukuni 10 mg, 50 mg N 1

Paklitaksel kons. 30 mg, 100 mg, 210 mg, 260 mg N 1

Dotsetaksel kons. 20 mg, 80 mg N 1

Irinotekan kons. 40 mg, 100 mg, 300 mg N 1

Etopozid kons. 50 mg, 100 mg, 200 mg N 1

Zoledronkislotasi kons. 4 mg/5ml N 1

Tretinoin kaps. 10 mg N 100

L-asparaginaza kuk. 5000 ME, 10000 ME N 5

Tamoksifen tab. 10 mg, 20 mg N 30

Letrozol tab. 2,5 mg N 30

Bleomitsin por. 15 ME N 1

Dakarbazin por. 200 mg N 10

Vinorelbin kons. yoki inyeksiya uchun eritma 10 mg N 1

Inyeksiyaga eritma tayyorlash uchun Ifosfamid + Mesna kuk. 1 gkomplektda eritmasi bilan inyeksiya uchun 200 mg/2 ml 2 ml N 3

Gidroksikarbamid kap. 500 mg N 100

Odam immunoglobulini normal 50 mg/ml 20 ml N 1

3. Endokrin kasalliklar tizimi, ovqat hazm qilish va moddalar almashuvining buzilishi

Insulinlar 100 ME/ml suspenziya 10 ml N 1 (taʼsiri qisqa, uzoq, aralash)

Insulinlar 100 ME/ml kartr N 5da (taʼsiri qisqa, uzoq)

Glibenklamid tab. 1,75 mg, 3,5 mg N 50

Gliklazid tab. 30 mg N 30

Glimepirid tab. 1 mg, 2 mg, 3 mg, 4 mg N 30

Inyeksiya uchun tioktli kislota eritmasi 3% 12 ml N 5

Levotiroksin natriysi tab. 100 mkg N 50

Kaliy yodid tab. 1000 mkg N 100

Metformin tab. 500 mg, 850 mg, 1000 mg N 60

Desmopressin tomchilari 0,05% 5 ml N 1

Tiamazol tab. 5 mg, 10 mg N 50

Inyeksiyauchun oktreotid eritmasi 0,1 mg/ml 1 ml N 5

Kabergolin tab. 0,5 mg N 8

Eritma tayyorlash uchun somatropinliof. 4 ME; 10 ME N 1

Inyeksiyauchun litaglyutid eritmasi
6 mg/ml 3 ml N 2dan

Bromkriptin tab. 2,5 mg N 30

Sitagliptin/metformin tab. 50 mg / 500 mg tab. N 28

Pioglitazon/glimepirid tab. po 30 mg + 2 mg N 10

Etinilestradiol + gestogeni tab. 0,03 mg + 2 mg N 21 (1 x 21)

Didrogesteron tab. 10 mg N 20

4. Asab tizimi kasalliklari

Inyeksiya uchun piratsetam eritmasi 20% 5 ml N 5

Piratsetam kaps. 200 mg N 10

Nimodipin tab. 30 mg N 30

Inyeksiya uchun L-lizina essinat eritmasi 0,1% 5 ml N 10

Buzoq qonidan olingan deproteinlashtirilgan gemoderivat eritmasi
40 mg / 5 ml N 5

Inyeksiyauchun tiotriazolin eritmasi 2,4 ml N 10

Inyeksiya uchun galantamin gidrobromid eritmasi 0,5% 1 ml N 10

Trigeksifenidil tab. 2 mg N 50

Levodopa/karbidopa tab. 250 / 25 mg N 100

Sinnarizin tab. 25 mg N 10

Galoperidol tab. 1,5 mg, 5 mg N 50

Inyeksiyauchun gloperidol eritmasi
5mg / 1 ml 1 ml N 5

Levomepromazin tab. 25 mg N 50

Inyeksiya uchun levomepromazin eritmasi 2,5 % 2 ml N 5

Klozapin 0,25 g, 0,1 g N 50

Inyeksiya uchun xlorpromazin eritmasi 25 mg/ml 2 ml N 10

Xlorpromazin tab. 50 mg N 20

Xlorpromazin tab. 100 mg N 20

Risperidon tab. 2 mg N 30

Inyeksiya uchun trifluoperazin eritmasi 0,2% 1 ml N 10

Trifluoperazin tab. 5 mg N 50

Amitriptilin tab. 10 mg, 25 mg N 100

Amitriptilin g/x 10 mg/ml 2 ml N 10

Venlafaksin tab. 37,5 mg, 75 mg, 150 mg N 28

Fenazepam tab. 0,5 mg, 1 mg, 2,5 mg N 50

Diazepam tab. 5 mg N 20

Inyeksiyau chun diazepam eritmasi 0,5% 2 ml N 10

Karbamazepin tab. 200 mg, 400 mg N 50

Benzobarbital tab. 100 mg N 50

Fenobarbital tab. 100 mg N 10

Fluoksetin kaps. 20 mg N 16

Inyeksiya uchun sitikolin eritmasi 1000mg/4ml N 5

Valproye kislotasi kaps. 300 mg N 100

Ichish uchun levokarnitin eritmasi 200 mg/ml 10 ml, 25 ml, 50 ml N 1

Atsetazolamid tab. 250 mg N 30

5. Koʻz va uning qoʻshimcha apparati kasalliklari

Pilokarpin koʻz tomchi dorisi 1% 5 ml N 1

Siprofloksatsin koʻz tomchi dorisi 0,3% 5 ml N 1

Taurin koʻz tomchi dorisi 4% 10 ml N 1

Inyeksiya uchun emoksipin eritmasi
10 mg/ml 1 ml N 10

Xloramfenikol koʻz tomchi dorisi 0,25% 5 ml N 1

Tetratsiklin surtmasi 1% 10 g N 1

Deksametazon koʻz uchun suspenziya 0,1% 5 ml N 1

Diklofenak koʻz tomchi dorisi 0,1% 5 ml N 1

Atropin koʻz tomchi dorisi 1% 5 ml N 1

Tropikamid koʻz tomchi dorisi 0,5 va 1% 5 ml N 1

Tetrakain koʻz tomchi dorisi 1% 10 ml N 1

Gidrokortizon koʻz surtmasi 0,5%, 1% 10 g N 1

Atsiklovir koʻz surtmasi 3% 4,5 g N 1

Flukonazol koʻz surtmasi 0,3% 5 ml N 1

Levofloksatsin koʻz tomchi dorisi 0,5% 5 ml N 1

Eritromitsin surtmasi 10000 YED/g 10 g N 1

Buzoq qonidan olingan deproteinlashtirilgan gemoderivat koʻz geli 8,3 mg/g 5 g N 1

Taflupost koʻz tomchi dorisi 15 mkg / ml 2,5 ml N 1

Latanoprost koʻz tomchi dorisi 0,005% 2,5 ml N 1

Brinzolamid koʻz tomchi dorisi 1% 5 ml N 1

Dorzolamid + timolol koʻztomchi dorisi 20 mg/ml + 5 mg/ml po 5 ml N 1

Aminobenzol koʻz tomchi dorisi 0,007 % 5 ml N 1

6. Nafas olish organlari kasalliklari

Inyeksiya uchun sefazolin kukuni 1 g N 1

Inyeksiya uchun seftriakson kukuni
1 g N 1

Azitromitsin tab. 250 mg, 500 mg N 3

Levofloksatsin kaps. 250 mg N 10

Inyeksiya uchun amikatsin kukuni 0,5 g N 1

Ampitsillin 500 mg tab. N 10

Inyeksiya uchun ampitsillin kukuni 0,5 g N 1

Inyeksiya uchun benzilpenitsillin kukuni 1000000 YED N 1

Siprofloksatsin quloq tomchi dorisi

Salbutamol aer. 100 mkg/1 doza 200 doz N 1

Fenoterol + Ipratropiya bromid aer. 20 mkg + 50 mkg/doza 200 doz N 1

Prednizolon tab. 5 mg N 100

Inyeksiya uchun deksametazon eritmasi 0,4% 2 ml N 10

Izoniazid tab. 100 mg, 150 mg, 200 mg, 300 mg N 10

Rifampitsin kaps. 150 mg N 80

Inyeksiya uchun streptomitsin kukuni 1,0 g N 10

Etambutol tab. 400 mg N 100

Pirazinamid tab. 500 mg N 100

Beklometazon aer. 50 mkg/doza, 100 mkg/doza, 250 mkg/doza 200 doz N 1

Inyeksiya uchun tuberkulin eritmasi 2 TE/doza 3 ml N 10

Flutikazona propionat aer. 50 mkg/doza 120 doz N 1

Roksitromitsin tab. 150 mg N 10

Famotidin tab. 20 mg, 40 mg N 20

Amoksitsillin tab. 250 mg, 500 mg N 10

Ornitin konsentrati infuziyalar uchun eritma tayyorlash uchun 500 mg/ml 10 ml N 10

Ademetionin tab. 400 mg N 20

Inyeksiya uchun etamzilat eritmasi 12,5% 2 ml N 10

Inyeksiya uchun odam albuminieritmasi
10% 100 ml N 1

Inyeksiya uchun aminokislotalar eritmasi 250 ml, 500 ml N 1

Pankreatin tab. N 20

Bisakodil supp. 10 mg N 10

Ketotifen tab. 1 mg N 10

Inyeksiya uchun kanamitsin kukuni 1,0 g N 1

Sikloserin kap. 250 mg N 100

Inyeksiya uchun kapreomitsin kukuni 1,0 g N 1

Inyeksiya uchun sefipim kukuni 0,5 g; 1 g; 2 g N 1

Inyeksiya uchun sefaperazon/sulbaktam kukuni 1 g N 1

Inyeksiya uchun sefuroksim kukuni 0,5 g; 0,75 g; 1,5 g N 1

Amoksitsillin/klavulanat tab. 500 mg + 125 mg; 875 mg + 125 mg N 10;

Sulfametaksazol/trimetoprim tab.480 mg N 20, konsentratiinyeksiya uchun (80 mg + 16 mg)/ml 5 ml N 10

Doksitsiklin kaps. 100 mg, tab. 100 mg; 200 mg N 10

Ambroksol tab. 30 mg N 10, r-r 7,5 mg/ml N 10; 15 mg / 2 ml; sirop 15 mg / 5 ml; 30 mg / 5 ml 100 ml N 1

Inyeksiya uchun aminofillin tab. 150 mg N 10, eritmasi 2,4% 5 ml N 10

Setirizin tab.5 mg; 10 mg N 10

Inyeksiya uchun meropenem kukuni 0,5 g; 1 g N 1

Kleritromitsin tab. 500 mg N 10

Benzatin benzilpenitsillin kukuni 2,4 mln YED N 1

Fenspirid tab. 80 mg N 30

Ipratropiya bromid aer. 20 mkg/doza 200 doz 10 ml N 1

Flutikazon aer. 125 mkg 120 doz N 1

Siklosonid aer. 160 mkg / purkash 5 ml N 1

Tiotropiya bromid kaps. 18 mkg N 30

Moksifloksatsin tab. 400 mg N 10

Protionamid tab. 250 mg N 100

Ingalyatsiya uchun flutikazon + vilanterol dozalangan kukuni 200 mkg / 25 mkg 30 doz N 1

Ingalyatsiya uchun Salmeterol + flutikazon arozoli 25 / 250 mkg / doza 120 doz N 1

Atsetilsistein tab. 200 mg, 600 mg N 20

Inyeksiya uchun atsetilsistein eritmasi 100 mg/ml N 5

Inyeksiya uchun prednizolon eritmasi
30 mg/ml N 3

Montelukast tab. 10 mg N 28

Omeprazol kaps. 20 mg N 30

Natriy para-aminosalitsil kislotasi kukuni 12,5 g N 25

Sofosbuvir tab. 400 mg N 28

Ledipasvir 90 mg + sofosbuvir tab. 400 mg N 28

Entekavir tab. ili kaps. 0,5 mg N 30

7. Tanosil tizimi kasalliklari

Inyeksiya uchun eritropoetin kukuni 2000 ME / 0,3 ml N 6

Inyeksiya uchun furosemid eritmasi 1% 2 ml N 5

Infuziya uchun siprofloksatsin eritmasi 2 mg/ml 100 ml N 1

Furosemid tab. 40 mg N 50

Gidroxlortiazid tab. 25 mg, 100 mg N 20

Nitroksolin tab. 50 mg N 50

Metamizol natriysi tab. 500 mg N 6

Interferon kukuni 1000 ME N 10

Paratsetamol tab. 500 mg N 10

Xloropramin tab. 25 mg. N 20

Mebendazol tab. 100 mg N 10

Siprofloksatsin tab. 250 mg, 500 mg N 10

Foliyli k-ta tab. 1 mg N 50

Naltrekson tab. 50 mg N 10

Inyeksiya uchun deksametazon eritmasi
4 mg / 1 ml 1 ml N 10

Diklofenak natriy tab. 25 mg, 50 mg, 75 mg N 100

Diklofenak natriy geli, surtmasi 1% 30 g N 1

Inyeksiya uchun diklofenak natriy eritmasi 2,5% 3 ml N 5

Ketoprofen tab. 50 mg, 150 mg N 30

Ketoprofen geli 30 g, 50 g N 1

Tamsulozin kaps. 0,4 mg N 10

Inyeksiya uchun seftazidim kukuni
1 g N 1

Inyeksiya uchun sefoperazon kukuni
1 g N 1

Infuziya uchun flukonazol eritmasi 2 mg / ml 100 ml

Flukonazol kaps, va tab. 50 mg, 100 mg N 7, 150 mg N 1

Infuziya uchun levofloksatsin eritmasi 5 mg/ml 100 ml N 1

Solifenatsin tab. 5 mg N 30

Inyeksiya uchun traneksam kislotasi eritmasi 100 mg/ml 5 ml N 5

8. Shoshilinch tibbiy yordam va jarrohlik amaliyotlarida ishlatiladigan

dori-darmon vositalari

Ingalyatsiya uchun izoflyuran suyuqligi 100 ml N 1

Galotan suyuqligi 250 ml N 1

Ingalyatsiya uchun sevofluran suyuqligi 250 ml N 1

Inyeksiya uchun suksametoniya xlorid eritmasi 20 mg/ml 5 ml N 10

Pipekuroniya bromid liof. ampulasi 4 mg N 10

Inyeksiya uchun natriy oksibutirat eritmasi 200 mg / ml 5 ml N 10

Inyeksiya uchun natriy oksibutirat eritmasi 200 mg / ml 10 ml N 10

Inyeksiya uchun tiopental natriy liof. kukuni 0,5 g N 1

Inyeksiya uchun tiopental natriy liof. kukuni 1,0 g N 1

Ketamina gidroxlorid amp. 50 mg / ml 2 ml N 10

Ketamina gidroxlorid amp. 50 mg / ml 10 ml N 5

Inyeksiya uchun propofol emul. 10 mg/ml po 20 ml N 5

Inyeksiya uchun midazolam eritmasi
5 mg/ml 3 ml N 5

Inyeksiya uchun morfin eritmasi 10 mg/ml 1 ml N 5

Inyeksiya uchun omnopon eritmasi 10 mg/ml 1 ml N 5

Inyeksiya uchun omnopon eritmasi 20 mg/ml 1 ml N 5

Inyeksiya uchun trimeperidin eritmasi 10 mg/ml, 20 mg/ml 1 ml N 5

Inyeksiya uchun fentanil eritmasi 0,05 mg/ml 2 ml N 5

Tramadol kaps. 50 mg N 20

Inyeksiya uchun tramadol eritmasi 5% 2 ml N 10

Inyeksiya uchun dopamin konsentrat eritmasi 4% 5 ml N 10

Yogeksol fl. 350 mg yoda/ml 50 ml N 1

Qonni koagulyatsiya qilish omili VIII kukuni 500 ME N 1

Deferaziroks tab. 250 mg N 1

Siklosporin A kapsulalari 25 mg, 50 mg, 100 mg N 30

Takrolimus kapsulalari0,5 mg, 1 mg N 50

Varfarin tab. 2,5 mg, 3 mg, 5 mg N 50

Mikofenolata mofetil tab. 250 mg N 100

Mikofenolata mofetil tab. 500 mg N 50

Inyeksiya uchun famotidin eritmasi
20 mg N 10

Inyeksiya uchun atropin sulfat eritmasi 0,1%, N 10

Inyeksiya uchun amiadaron eritmasi 150 mg / 3 ml N 6

Qonni koagulyatsiya qilish omili IX kukuni inyeksiya uchun 500 ME N 1

Inyeksiya uchun fitomenadion eritmasi 1 mg / 0,5 ml po 0,5 ml N 10

Inyeksiya uchun oksitotsin eritmasi
5 ME/ ml N 10

Mizoprostol tab. 0,2 mg N 3

Inyeksiya uchun metil prednizolon kukuni 500 mg N 1

Inyeksiya uchun nandrolon moyli eritma 50 mg/ml 1 ml N 1

Inʼksiya uchun gidrokortizon sus. 2,5% 2 ml N 10

Inyeksiya uchun verapamil eritmasi 2,5 mg/ml 2 ml N 10

Inyeksiya uchun droperidol eritmasi 2,5 mg/ml 2 ml, 5 ml N 5

Inyeksiya uchun kofein benzoat natriy eritmasi 200 mg/ml 1 ml N 10

Inyeksiya uchun nalokson eritmasi 0,4 mg/ml 1 ml dan N 10

Inyeksiya uchun vankomitsin kukuni 1000 mg N 1

Inyeksiya uchun prozerin eritmasi 0,5 mg/ml 1 ml N 10

Inyeksiya uchun benzogeksoniy eritmasi 2,5% 1 ml N 10

Polimetilsiloksana-poligidrat, ichga qabul qilish uchun pasta 225 g N 1 dan

Inyeksiya uchun bupivakain eritmasi 0,5% 4 ml N 10

Inyeksiya uchun xloropiramin eritmasi 20 mg/ml 1 ml dan N 10

Inyeksiya uchun nalbufin eritmasi 10 mg/ml 1 ml N 10 (ampula), N 1, N 10 (shpritslar, shprits-tyubiklar)

Inyeksiya uchun protamin sulfat eritmasi
10 mg/ml5 ml N 10 dan

Inyeksiya uchun propafenon eritmasi 3,5 mg/ml 10 ml N 10

Inyeksiya uchun fenilefrin eritmasi 10 mg/ml 1 ml N 10

Inyeksiya uchun epinefrin eritmasi 1,8 mg/ml 1 ml N 10

Infuziya uchun suyuq jelatin + natriy xlorid + natriy gidroksid eritmasi 500 ml N 1

Soyayogʻi + oʻrtacha zanjirli yogʻ kislotalar + fosfolipidlar emulsiya infuziya uchun20% 500 ml N 1

Inyeksiya uchun milrinon eritmasi 1 mg/ml 10 ml N 10

Seftriakson + tazobaktam kukuni inyeksiya uchun 1000 mg + 125 mg N 1

Inyeksiya uchun metronizazol eritmasi 0,5% 100 ml N 1

Inyeksiya uchun drotaverin eritmasi
20 mg/ml po 2 ml N 10

Inyeksiya uchun lidokain gidroxlorid eritmasi 2%, 10% 2 ml N 10

Inyeksiya uchun aminokapron kislota eritmasi 5% 100 ml N 1

Inyeksiya uchun difengidramin eritmasi 10 mg/ml 1 ml N 10

Inyeksiya uchun platifillin eritmasi 0,2 % 2 ml N 10

II. TIBBIY BUYUMLAR

Shpritslar 2, 5, 10 gr

Qoʻlqoplar ster., n/s 7, 7,5, 8

Bintlar 5 * 5, 5 * 7, 5 * 10, 7 * 10, 7 * 12, 7 * 14

Paxta 25, 50, 100, 250 gr

Infuzion va transfuzionsistemalar

Bir martalik shpatellar

Traxealnaylar

Endotraxeal, nafas olishnaylari

Traxeotomnaylar

Drenaj kateterlar

Kardiostimulyatorlar

Kanyul va kateterlar

Zondlar

Stentlar

Fistullar

Magistrallar

Oʻtkazgichlar

Transdyuserlar

Introdyuserlar

-

Oksigenatorlar

Dializatorlar

Burun koʻzgusi

Ichki transpedikulyar umurtqa fiksatori komplekti

Ostiosintez uchun bel fiksatorlari, plastinalari va intramedullyar shtiftlari tizimi, ularni oʻrnatish asboblari bilan birga

Ostiosintez uchun vintlar va plastinalar, montaj qilish asboblari bilan birga

Drenaj buyumlari

Ichki tomirlarni protezlash kateterlar toʻplami butlovchi qismlar va uskunalar bilan

Tosostini rekonstruksiya qilish sistemasi (toʻrsimon endoprotez) jihozlari bilan

Soʻriladigan va soʻrilmaydigan atravmatik ignalari bilan yoki ignalarsiz sterillangan jarrohlik iplari

Bloklanadigan plastina va fiksatorlarning osteosintez instrumentlari sistemasi

Anesteziologiya

buyumlari

Dializoterapiya buyumlari

Halqali va kassetali jarrohlik tikish apparatlari va klips qoʻyish kassetalari va klips vositalari

Soʻriladigan gemostatik jarrohlik materiali

Shimadigan jelatinli soʻriladigan sterillangan gemostatik gubka

Bir marta ishlatiladigan sterillangan nelaton kateteri

Ikki harakatli, bir martalik, sterillangan foley kateteri

Tomir oʻtkazgichlar

Endourologik operatsiyalar uchun kateter va stentlar: siydik yoʻllariga

Krovatga oʻrnatilgan t-shaklidagi quyiladigan va quyilmaydigan klapanli sterillangan bir martalikpeshob yigʻgich

Bir martalik, sterillangan universal skarifikator

Bir martalik kindik qisqich

Intraokulyar linzalar

Nafas olish filtrlari

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni nazorat qilish boʻyicha respublika komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

A. I. Ikramov

Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisi

A.V. Alimov

sogʻliqni saqlash vaziri, komissiya raisi oʻrinbosari

J.A. Qoʻchqorov

moliya vaziri oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

Sh.A. Tulaganov

tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vaziri oʻrinbosari

D.R. Turdiyev

iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari

A.A. Yuldashev

Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

M.O. Saliyev

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

E.S.Xaitmetov

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktori

B.K. Yusupaliyev

Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari ATD mudiri

M.M.Doʻsmuratov

AK “Oʻzfarmsanoat” AK raisi

A.A. Kamilov

“Dori-Darmon” kompaniyasi raisi

T.M. Axmedov

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti direktori

X.K. Jalilov

Sogʻliqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi boshligʻi, komissiya kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot muassasalari va aholini dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni nazorat qilish boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Tibbiyot muassasalari va aholini dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni nazorat qilish boʻyicha Respublika komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) faoliyat yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan shaxsiy tarkibdagi kollegial organ hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari, korxona va tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majbur hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Komissiyaning vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz farmatsevtika bozorining, jumladan respublikamizda ishlab chiqarilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlanganlik darajasini tahlil etish, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari turlarini diversifikatsiya qilish hamda ichki bozorni ular bilan yanada toʻldirishga doir takliflar ishlab chiqish, aholini dori-darmonlar bilan taʼminlashga masʼul davlat organlari faoliyatini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import shartnomalari boʻyicha xarid qilinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga cheklangan shartnoma qiymatini, shuningdek, Dori vositalari va tibbiyot buyumlarning roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) boʻyicha import va mahalliy dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga qayd etilgan ulgurji va chakana narxlarni belgilash orqali har chorakda narxlari qayd etishda maxsus tartib belgilanadigan, har yili tasdiqlanadigan Roʻyxatga kiritilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini davlat tomonidan belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatni hamda dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun qayd etilgan narxlar miqdorini ulgurji va chakana savdo tashkilotlarga yetkazishni, shuningdek, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-sayti va dorixonalarning rasmiy veb-saytlarida joylashtirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatga kiritilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga narx belgilash tartibiga rioya etilishini nazorat qilish tadbirlari amalga oshirilishini monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Narxlarni qayd etishda maxsus tartib belgilanadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari roʻyxatiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, tashxis qoʻyish, davolash standartlari va klinik protokollarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ulgurji, ulgurji-chakana tashkilotlar va dorixonalarning oʻzaro hamkorligini tashkil etishni inobatga olgan holda dorixonalar tarmogʻini optimallashtirish hamda dorivor oʻsimliklarni yetishtirish uchun yer uchastkalari ajratish boʻyicha takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlanadigan Roʻyxatga kiritiladigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga narx belgilash sohasida huquqiy tartibga solishni takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar, ulgurji savdo tashkilotlarining dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga narx belgilash masalalari, shuningdek, aholi va tibbiyot muassasalarining, jumladan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojini qondirishga oid amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini muntazam eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va sogʻliqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalarini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash boʻyicha boshqa masalalarni koʻrib chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Komissiya huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida Komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga yuklangan vazifalar ijrosini taʼminlash uchun zarur boʻlgan axborotni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxonalar, tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, shuningdek, Komissiya aʼzolarining oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hisobotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan taqdimnomasiga binoan Roʻyxatni qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda import shartnomalari boʻyicha xarid qilinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga nisbatan shartnoma qiymatini tasdiqlash va mahalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilariga berish uchun qayd etilgan narxlarni hamda Roʻyxat boʻyicha tasdiqlangan qayd etilgan ulgurji va chakana narxlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzfarmsanoat” AK, “Dori-darmon” kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarining dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxlarini davlat tomonidan tartibga solish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish masalalariga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakati yoki harakatsizligi dori-darmon va tibbiyot buyumlarining narxlarini davlat tomonidan tartibga solinishining buzilishiga olib kelgan rahbarlar va mansabdor shaxslarga nisbatan chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni takomillashtirish masalalarini oʻrgani va takliflar tayyorlash maqsadida ishchi guruhlar tuzish, shuningdek, Komissiya ishiga davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va tashkilotlari vakillarini jalb qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Zarur hollarda aholini va sogʻliqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalarini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash sohasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishda Komissiya raisi topshirigʻiga koʻra vazirlik va idoralar Komissiyaga belgilangan tartibda takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Komissiya ishini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya ishiga rais boshchilik qiladi va uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning samarali ishini taʼminlash va Komissiya aʼzolarining yuklatilgan vazifalarni bajarish boʻyicha ishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlislari kun tartibini belgilash va ularni chaqirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilinishini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiya raisi ikki oʻrinbosarga ega boʻlib, ular Komissiya raisi boʻlmagan vaqtda oʻrnini bosadi va Komissiya raisining topshirigʻiga koʻra Komissiya majlislarini oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Komissiya majlisi bayonnomasini tasdiqlash huquqi faqat Komissiya raisiga tegishli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya majlislari zaruratga qarab, biroq har chorakda kamida bir marta manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarini taklif qilgan holda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlislari aʼzolarining kamida yarmi ishtirokida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiya qarorlari majlisda ishtirok etayotgan Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan hollarda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qarorini tezkorlik bilan qabul qilish maqsadida ular soʻrovnoma tarzida qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiya qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, u majlisda ishtirok etgan aʼzolar bilan kelishiladi va Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya aʼzolari bayonnomani imzolashda oʻzining alohida fikrini ilova qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilingan qarorlar bir hafta muddatda Komissiya aʼzolariga, manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarga yuboriladi. Komissiya bayonnomasining asl nusxasi va uning ilovalari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Komissiyaning navbatdan tashqari majlisi Komissiya aʼzosi yoki ishchi organ tashabbusi bilan oʻtkazilishi mumkin. Komissiya aʼzosining navbatdan tashqari majlis oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi asoslangan talabi yozma ravishda ishchi organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Navbatdagi majlisda koʻrib chiqish uchun Komissiya kun tartibiga kiritilgan masalalar ishchi organi tomonidan Komissiya aʼzolariga majlis oʻtkazilishiga kamida uch kun qolganda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kun tartibiga oʻzgartirish kiritilgan taqdirda, ishchi organ Komissiya aʼzolarini majlis oʻtkazilishidan kamida ikki kun oldin xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Komissiyaning ishchi organi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagilar Komissiyaning ishchi organlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy masalalar, Roʻyxatni qayta koʻrib chiqish va shakllantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning qatʼiy narx belgilash boʻyicha takliflarini yigʻish va umumlashtirish boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining jahon narxlari konyunkturasini tahlil qilish va Roʻyxatga kiritilgan dori-darmon va tibbiyot buyumlariga qayd etilgan shartnoma qiymatini belgilash boʻyicha takliflar kiritish boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari narxlarini tartibga solish qoidalariga rioya qilish boʻyicha Komissiyaga batafsil maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Komissiyaning ishchi organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlislariga barcha zarur materiallar oʻz vaqtida tayyor boʻlishini tashkil qiladi, Komissiya aʼzolariga koʻrib chiqish uchun kun tartibidagi masalalar boʻyicha hujjatlar va tahliliy materiallarni taqdim qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qarorlarining ijrosini tizimli ravishda oʻrganadi va koʻrib chiqadi, zarur hollarda Komissiya raisiga tegishli takliflarni kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Komissiyaning ishchi organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarni oʻz vaqtida va toʻliq bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqti-vaqti bilan, biroq har chorakda kamida bir marta qabul qilingan qarorlar ijrosining yakunlari toʻgʻrisida Komissiyani xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlislarini chaqirishning barcha tashkiliy masalalarini hal qilish majburiyatiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari narxini tartibga solish toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom

1. Mazkur Nizom:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorga 1-ilova bilan tasdiqlangan Ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) kiritilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun qatʼiy belgilangan ulgurji (tibbiyot muassasalariga) va chakana narxlarni (dorixonalarga);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotuvchi tashkilotlar uchun cheklangan savdo ustamalarini hisobga olgan holda Roʻyxatga kiritilmagan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining nazorat qilinuvchi narxlarini oʻrnatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilish mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Roʻyxat boʻyicha dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga qatʼiy belgilangan narxlarni oʻrnatish Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni nazorat qilish respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji-chakana sotuvchi barcha tashkilotlar hamda ishlab chiqaruvchilar mazkur Nizomga rioya qilishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga xarid va sotish qiymatini belgilash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Import qilinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun xarid qiymati mazkur Nizomga muvofiq import mahsulotga nazorat qilinadigan narx belgilash bazasi boʻlib xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xarid qiymati quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Q = Shq + B + Bx, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Q — import qilingan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining xarid qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shq — import qilingan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining bojxona yuk deklaratsiyasi toʻldirilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursidan kelib chiqib belgilangan shartnomaviy qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
B — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha belgilangan tartibda hisoblab chiqilgan bojxona toʻlovlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bx — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 1.1 va 1.2-bandlariga muvofiq shakllantiriladigan, tovarni sotib olish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki har chorak tugashidan bir oy oldin Komissiya va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga kelgusi davr uchun dollarning oʻrtacha choraklik kursini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Respublika hududida ishlab chiqariladigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining sotish qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq ishlab chiqaruvchilar tomonidan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ishlab chiqarilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining sotish qiymati mazkur Nizomga muvofiq mahalliy ishlab chiqariladigan mahsulotga keyinchalik qatʼiy belgilangan yoki boshqariladigan narx oʻrnatish bazasi boʻlib xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Qatʼiy belgilangan ulgurji va chakana narxlarni shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaga keyinchalik, zarur hollarda har chorakda aniqlashtirgan holda, Roʻyxatga muvofiq Xalqaro patentlanmagan nomlar (XPN) boʻyicha ularning Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan savdo nomlarini koʻrsatgan holda axborot taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan har yilgi ehtiyojini Roʻyxat boʻyicha aniqlaydi va keyingi yil boshlanishidan ikki oy oldin Komissiyaga taqdim etadi. Import qilinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari boʻyicha ehtiyojni balanslarda keyinchalik hisobga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tomonidan tasdiqlangan Roʻyxat hamda unga kiritilgan tuzatishlarni har yili Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muntazam ravishda Roʻyxatga kiritilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining jahon narxlari konyunkturasini tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilgan tahlil asosida har chorakda hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Roʻyxatga kiritilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga cheklangan import shartnoma qiymatini belgilash boʻyicha kelishi uchun Komissiyaga taklif kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining xarid qiymatini, qayd etilgan ulgurji va chakana narxlarini aniqlash boʻyicha ishchi guruhining hisob-kitoblari asosida Roʻyxatga kiritilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining cheklangan kontrakt qiymatlarini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhning tarkibi Komissiya raisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Markaziy bank, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi vakillari orasidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Roʻyxatga kiritilgan barcha import qilinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari ularni ulgurji sotuvchi tashkilotlar va dorixonalar tomonidan quyidagi formula boʻyicha tegishli ravishda qatʼiy belgilangan ulgurji va chakana narxlarda sotiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Un = Q x 1,15, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Un — ulgurji narx;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Q — sotish qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1,15 — ulgurji savdo ustamasining cheklangan miqdorini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ch = Q x 1,15 x 1,2, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
R — qayd etilgan chakana narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Q — sotish qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1,15 i 1,2 — ulgurji va chakana savdo ustamalarining cheklangan miqdorini hisobga oluvchi koeffitsiyentlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Roʻyxatga kiritilgan, mahalliy ishlab chiqarilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga qatʼiy belgilangan ulgurji va chakana narxlar Komissiya tomonidan quyidagi formula asosida tasdiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Un = S x 1,15, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Un — ulgurji narx;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
S — sotish narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1,15 — ulgurji savdo ustamasining cheklangan miqdorini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ch = O x 1,15 x 1,2, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ch — qayd etilgan chakana narx;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
S — sotish narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1,15 va 1,2 — savdo ustamalarining cheklangan miqdorini hisobga oluvchi koeffitsiyentlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Narxlar har bir shartnoma (sotish) partiyasi uchun belgilanadi. Qayd etilgan narxlar dorixonalar tomonidan Roʻyxat boʻyicha har bir dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari oʻramida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Tartibga solinadigan narxlarni shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Roʻyxatga kiritilmagan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga ulgurji va chakana narxlar yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar xarid (import qilinadigan mahsulotlar) va sotish (mahalliy mahsulotlar uchun) qiymatiga oʻrnatilgan cheklangan ulgurji va chakana ustamalar darajasini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini yetkazib berishda dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji sotuvchi bir nechta ulgurji savdo tashkilotlari ishtirok etgan taqdirda, qoʻllaniladigan ustamaning jami miqdori qonunchilikda oʻrnatilgan cheklangan miqdordan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji sotish va oʻz xususiy chakana tarmoqlari orqali chakana sotish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar xarajatlarni alohida hisobga olish sharti bilan har bir boʻgʻin ustama haqining tegishli miqdorini qoʻllagan holda savdolarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ulgurji va chakana dorixona tarmoqlari tashkilotlari Roʻyxatga kiritilmagan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari boʻyicha savdo ustamasini qonunchilikda oʻrnatilgan miqdordan past darajada qoʻllashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari narxlarini tartibga solish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Farmatsevtika mahsulotlarini (TIF TN 30 tovar guruhi) va tibbiy maqsadlar uchun moʻljallangan mahsulotlarni (TIF TN 9018 tovar pozitsiyasi) kelgusida realizatsiya qilish uchun “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida olib kiruvchi tashkilotlar ularni bojxona yuk deklaratsiyasida deklaratsiyalashda majburiy tartibda savdo nomlari, xalqaro patentlanmagan nomlari, modellari, texnik tavsiflari, dori-darmonlarni chiqarish shakllari, dozasi, ishlab chiqaruvchisi va ishlab chiqarilgan davlatni koʻrsatadi. Bunda, agar bitta bojxona yuk deklaratsiyasida yuqorida koʻrsatilgan parametrlardan hattoki bittasi boʻyicha farq qiluvchi tovarlar rasmiylashtirilayotgan boʻlsa, ular turli xil tovarlar sifatida alohida deklaratsiyalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi har oy Komissiyaga hisobot davrida import qilingan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari boʻyicha batafsil maʼlumot kiritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sotiladigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirishda quyidagilar majburiy tartibda koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo ustamalarini hisoblab chiqish bazasi boʻlgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining mahalliy ishlab chiqaruvchilari uchun sotish qiymati va import mahsulotlar uchun xarid qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik savdoni amalga oshiruvchi tashkilot uchun xarid narxi va u tomonidan qoʻllaniladigan savdo ustamasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Hududiy sogʻliqni saqlash boshqaruvi organlari qonunchilikda belgilangan tartibda dorixonalarda dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga narxlar shakllanishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji sotuvchi tashkilotlar tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari narxlarini davlat tomonidan tartibga solish qoidalariga rioya etilishi boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda har chorakda tanlab tekshiruvlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari narxlarini tartibga solish qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan Komissiyaga batafsil axborotni hamda qoidabuzarlarga qonunchilikda nazarda tutilgan sanksiyalarni qoʻllash toʻgʻrisida takliflarni taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini narxini tartibga solish toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMAsi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqich

Masʼul

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasida Roʻyxatga kiritilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojini aniqlash va Komissiyaga taqdim qilish

Kelgusi yil boshlanishidan ikki oy oldin

Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan savdo nomlarini koʻrsatgan holda Xalqaro patentlanmagan nomlar (XPN) boʻyicha roʻyxat shakllantirish hamda Tashqi savdo vazirligiga taqdim qilish

Chorakdagi oxirgi oyning
5-sanasiga qadar, har chorakda

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning qayd etish narxini belgilashga doir takliflarini yigʻish va umumlashtirish hamda ularni Komissiyaga taqdim qilish

Chorakdan keyingi oyning
5-sanasiga qadar, har chorakda

Tashqi savdo vazirligi

Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining jahon narxlari konyunkturasini tahlil qilish, Komissiyaga shartnomalarning cheklangan import qiymatini belgilashga doir takliflar berish

Chorakdan keyingi oyning
5-sanasiga qadar, har chorakda

Markaziy bank

Komissiyaga dollarning oʻrtacha choraklik kursini taqdim qilish

Chorakdan keyingi oyning
5-sanasiga qadar har chorakda

DBQ

Hisobot davrida import qilingan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari boʻyicha Komissiyaga batafsil maʼlumot berish

Hisobot davridankeyingi oyning
10-sanasidan kechiktirmasdan har oyda

3-bosqich

Respublika komissiyasi

Qayd etilgan narxlarni tasdiqlash

Tashqi savdo vazirligidan takliflar olingandan soʻng 2 hafta ichida

4-bosqich

Sogʻliqni saqlash davlat tizimi tibbiyot muassasalari

Roʻyxat boʻyicha dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilish qayd etilgan ulgurji narxlarda amalga oshiriladi

Zarur hollarda

5-bosqich

Hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasi organlari

Dorixonalarda dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga baho belgilashni nazorat qilish

Belgilangan tartibda

Davlat raqobat qoʻmitasi

Ulgurji va chakana muassasalari tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari narxlarini davlat tomonidan tartibga solish tartibiga rioya etilishi boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda tanlab tekshiruvlar oʻtkazish

Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari narxlarini tartibga solish tartibiga rioya qilinishi boʻyicha Komissiyaga batafsil maʼlumot berish

Har chorak

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 583-modda, 2016-y., 52-son, 599-modda; 2017-y., 7-son, 87-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son; 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son; 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)