Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2017 14.01.1999 yildagi 19-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DORI-DARMON VOSITALARI VA TIBBIYoT BUYuMLARI SOTIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-sonli “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2017-yilning 1-yanvaridan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilish va sotishda koʻplab qonunni buzish, davolash muassasalarida keyinchalik qayta sotish maqsadida kamomadga yoʻl qoʻyish va oʻgʻirlash, dorixona muassasalarida dori-darmonlarga narxlarni asossiz ravishda oshirish hollari, shuningdek isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishining koʻplab turlari aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Salbiy koʻrinishlarga barham berish, respublika aholisini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash va dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini sotishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1999-yil 1-fevraldan boshlab sogʻliqni saqlash davolash muassasalarida va chakana dorixona tarmogʻida dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyalariga ega boʻlgan korxonalar tomonidan import boʻyicha olib kelinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlaridan tashqari) narx belgilashning yagona tartibi joriy qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari, yetkazib berishda qatnashuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, ulgurji savdo uchun 20 foizdan ortiq boʻlmagan, chakana savdo uchun 25 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorlardagi cheklangan savdo ustamalari qoʻllanilgan holda shartnomaviy narxlar boʻyicha ulgurji va chakana savdo tarmogʻi orqali sotilishi belgilansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 354-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 19-son, 150-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq aholiga bepul tibbiy yordam koʻrsatayotgan turgʻun davolash muassasalari uchun dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilish toʻgʻrisidagi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga bepul tibbiy yordam koʻrsatayotgan turgʻun davolash muassasalariga dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni budjetdan qoplash tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotishda ulgurji va chakana tashkilotlar tomonidan savdo ustamalarining qoʻllanilishi tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turgʻun davolash muassasalarida budjet mablagʻlari hisobiga sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini berish, hisobga olish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Bunda kasalxonalarda davolanayotgan shaxslar maxsus daftarlarga ular uchun amalda sarflangan dori-darmon preparatlari uchun imzo chekishi tartibi joriy etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilish yuzasidan tenderlar oʻtkazish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Nazorat inspeksiyasi tashkil etilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. Unga dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilinishi, sotilishi va davolash muassasalarini ular bilan taʼminlash, shuningdek, ularni sotishda cheklangan savdo ustamalari qoʻllanilishi ustidan nazorat qilish vazifalari yuklangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun dori-darmon vositalarini xarid qilish, shuningdek, davlat ehtiyojlari uchun dori-darmon vositalarini import qilish ochiq tender savdolarida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narkoz uchun vaksinalar, zardoblar, preparatlar hamda narkotik moddalarni xarid qilish yopiq tender savdolarida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini respublika ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilish, qoidaga koʻra, davolash muassasalari tomonidan toʻgʻridan toʻgʻrishartnomalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Respublika valyuta birjasida va birjadan tashqari valyuta bozorida sotib olinadigan markazlashtirilgan valyuta resurslari hisobiga import boʻyicha tayyor dori-darmon vositalari, shuningdek, faqat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan asosiy dori-darmonlar roʻyxatiga kiruvchi dori-darmonlarni ishlab chiqarish uchun xomashyo va materiallar xarid qilish tartibini belgilasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 30-son, 387-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish sohasida qonunni buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralarini kuchaytirish haqidagi taklifni bir oy muddatda belgilangan tartibda kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari H.S.Karomatov va B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 14-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 1-son, 4-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 19-son, 150-modda; 2013-y., 30-son, 387-modda)