Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.06.1999 yildagi 299-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 14.06.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAZIRLAR MAHKAMASINING “SAVDO SOHASIDA MONOPOLIYADAN ChIQARIShNI ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 1997-YIL 24 DEKABRDAGI 561-SON QARORIGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Yunusobod” sport-sogʻlomlashtirish kompleksi Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasi taʼsis yigʻilishi tomonidan tugatilganligi (1997-yil 1-dekabrdagi bayonnoma), uning negizida “Yunusobod-tennis” davlat tennis klubi tashkil etish haqida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasining muassislari — “Goʻsht-sut savdo” davlat-aksiyadorlik birlashmasi, “Savdo nashriyoti” respublika eksperimental savdo-ishlab chiqarish birlashmasi, “Savdo taraqqiyoti” respublika birlashmasi va “Navroʻz” savdo-ishlab chiqarish kompleksining kompaniya tarkibiga “Yunusobod-tennis” tennis klubining kirishi hamda “Savdo taraqqiyoti” respublika birlashmasining yopiq tennis kortini uning balansiga berish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi “Yunusobod-tennis” tennis klubining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirishga, xalqaro, respublika va shahar tennis turnirlarini yuksak darajada tayyorlash va oʻtkazishga, moddiy-texnika bazani rivojlantirish va turnirlarni oʻtkazish boʻyicha xarajatlarni qoplashga korxonalar, tashkilotlarning homiylik yordamini tashkil etishga koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-dekabrdagi 561-son qaroriga 1-ilovaga “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasining tuzilmasi “Yunusobod-tennis” tennis klubi bilan toʻldirilgan holda oʻzgartirish kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 14-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
299-son