O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “SAVDO SOHASIDA MONOPOLIYADAN ChIQARIShNI ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 1997-YIL 24 DEKABRDAGI 561-SON QARORIGA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Yunusobod” sport-sog‘lomlashtirish kompleksi O‘zbekiston — Amerika qo‘shma korxonasi ta’sis yig‘ilishi tomonidan tugatilganligi (1997-yil 1-dekabrdagi bayonnoma), uning negizida “Yunusobod-tennis” davlat tennis klubi tashkil etish haqida qaror qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasining muassislari — “Go‘sht-sut savdo” davlat-aksiyadorlik birlashmasi, “Savdo nashriyoti” respublika eksperimental savdo-ishlab chiqarish birlashmasi, “Savdo taraqqiyoti” respublika birlashmasi va “Navro‘z” savdo-ishlab chiqarish kompleksining kompaniya tarkibiga “Yunusobod-tennis” tennis klubining kirishi hamda “Savdo taraqqiyoti” respublika birlashmasining yopiq tennis kortini uning balansiga berish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2006-y., 22-son, 195-modda)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1999-yil 14-iyun,
299-son