17.10.2016 yildagi 346-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan berish va qabul qilish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash uchun berish to‘g‘risidagi konvensiya (Moskva, 1997-yil 28-mart) qoidalarini va ushbu sohada O‘zbekiston Respublikasining boshqa xalqaro shartnomalarini bajarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash uchun berish to‘g‘risidagi konvensiya (Moskva, 1997-yil 28-mart) qoidalari amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi belgilanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan berish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq ruhiy holati buzilgan shaxslar majburiy davolash uchun berilishi va qabul qilinishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash uchun berish va qabul qilish, shu jumladan ichki ishlar organlari va sog‘liqni saqlash xodimlarini xorijiy davlatlarga xizmat safariga yuborish bilan bog‘liq xarajatlari har yili O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash uchun berish va qabul qilish bilan bog‘liq transport xarajatlari har yili O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha ichki ishlar organlari va sog‘liqni saqlash xodimlariga xorijiy davlatlarga chiqish vizalarini, shuningdek ruhiy holati buzilgan shaxslarning majburiy davolash uchun O‘zbekiston Respublikasiga qaytishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va tijorat banklariga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash uchun O‘zbekiston Respublikasidan berish va O‘zbekiston Respublikasiga qabul qilish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini konvertatsiya qilish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Moliya vaziri R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 17-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
346-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 346-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan berish va qabul qilish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash uchun berish to‘g‘risidagi konvensiya (Moskva, 1997-yil 28-mart) va ushbu sohada O‘zbekiston Respublikasining boshqa xalqaro shartnomalari asosida ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash uchun (keyingi o‘rinlarda ruhiy holati buzilgan shaxs deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy davlatga berish va xorijiy davlatdan O‘zbekiston Respublikasiga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ruhiy holati buzilgan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy davlatga berish va xorijiy davlatdan O‘zbekiston Respublikasiga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Bosh prokuraturaning qarori asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ruhiy holati buzilgan shaxslarni berish va qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Bosh prokuraturaning so‘rovi bo‘yicha 15 ish kuni mobaynida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxsni zarur tarzda davolashni va xavfsizlikning tegishli choralarini ta’minlash imkoniyati to‘g‘risida xulosa beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxsni majburiy davolash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida psixiatriya muassasasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash uchun berish to‘g‘risidagi konvensiyada (Moskva, 1997-yil 28-mart) va ushbu sohada O‘zbekiston Respublikasining boshqa xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hujjatlarni hamda boshqa hujjatlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Bosh prokuraturaning ruhiy holati buzilgan shaxsni berish yoki qabul qilish to‘g‘risidagi qarori olingandan keyin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 ish kuni mobaynida Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ruhiy holati buzilgan shaxslarni transportda olib yurish sharoitlarini, berish yoki qabul qilish joyi, vaqti va tartibini belgilaydi hamda xorijiy davlatning vakolatli organi bilan kelishish uchun ular to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga ma’lum qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxsni berish joyidan O‘zbekiston Respublikasi hududida psixiatriya muassasasigacha hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi psixiatriya muassasasidan xorijiy davlatga berish joyigacha transportda olib yuradi va ularga hamrohlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxsni transportda olib yurish xavfsizligini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ruhiy holati buzilgan shaxsni transportda olib yurish vaqtida favqulodda hodisalar yuz berganda Ichki ishlar vazirligi darhol O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga ma’lum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Bosh prokuraturaning ruhiy holati buzilgan shaxsni berish yoki qabul qilish to‘g‘risidagi qarori olingandan keyin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 ish kuni mobaynida ruhiy holati buzilgan shaxsni transportda olib yurishga moneliklarni o‘rganadi. Transportda olib yurishga moneliklar aniqlangan taqdirda ruhiy holati buzilgan shaxsni berish yoki qabul qilishni kechiktirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga va Ichki ishlar vazirligiga asoslangan taklif yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxsni berish joyidan O‘zbekiston Respublikasi hududida psixiatriya muassasasigacha hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi psixiatriya muassasasidan xorijiy davlatga berish joyigacha hamkorlik qiladi va ushbu maqsadlar uchun zarur tibbiyot xodimlarini ajratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 ish kuni mobaynida ruhiy holati buzilgan shaxsga hamrohlik qilish davrida zarur bo‘ladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ro‘yxatini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda ruhiy holati buzilgan shaxsni transportda olib yurish uchun maxsus transport ajratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ruhiy holati buzilgan shaxsning sog‘ayishi yoki ruhiy holati o‘zgarishi hisobga olingan holda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari bekor qilingan yoki o‘zgargan taqdirda Sog‘liqni saqlash vazirligi qabul qilingan qaror to‘g‘risida darhol O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ruhiy holati buzilgan shaxsni berish yoki qabul qilish, shuningdek unga tegishli buyumlar, pul va qimmatbaho narsalar ikki nusxada tuziladigan hamda berayotgan va qabul qilayotgan taraflarning vakillari tomonidan imzolanadigan dalolatnoma bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 42-son, 485-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)