O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga qisman o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyati yanada takomillashtirilishini ta’minlash hamda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni tizimli nazorat qilish samaradorligini oshirish va muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga qisman o‘zgartirishlar kiritilsin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qarori)” 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarorining 2-bandi, shuningdek qarorga 3-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 23-sentabr,
323-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-sentabrdagi 323 -son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 371-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 39-son, 461-modda; 2017-y., 20-son, 371-modda)