Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.09.2003 27.03.2001 yildagi 152-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.09.2003
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

MARKAZLAShTIRILGAN MANBALAR HISOBIGA QURILAYoTGAN OBʼEKTLARNI OʻZ VAQTIDA MABLAGʻ BILAN TAʼMINLAShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-sonli “Kapital qurilishda xoʻjalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilayotgan obyektlarni kafolatli va oʻz vaqtida mablagʻ bilan taʼminlash, mablagʻ bilan taʼminlashning markazlashtirilgan manbalaridan samarali va maqsadli foydalanish, qurilish qiymatining asossiz ravishda oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2001-yil 1-apreldan boshlab quyidagi tartib belgilansin, unga muvofiq mablagʻ bilan taʼminlashning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilayotgan obyektlar boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlar qurilishi yuzasidan pudrat shartnomalari (kontraktlar) keyinchalik oʻzgartirilmaydigan shartnomaviy narx boʻyicha tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlar qurilishida qatnashuvchi pudrat (bosh pudratchi va subpudratchi) tashkilotlariga avans berish uchun xizmat koʻrsatuvchi bankda ularga belgilangan tartibda maxsus maqsadli hisob raqamlari ochiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat tashkilotlariga moddiy-texnika resurslariga boʻlgan asosli ehtiyojlar hisobga olingan holda pudrat tashkilotining maxsus maqsadli hisob raqami orqali buyurtmachi tomonidan har oyda, boʻlgʻusi chorakda kutilayotgan qurilish-montaj ishlari hajmining 20 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda, avans beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus hisob raqamlariga tushuvchi mablagʻlar pudrat tashkilotlari tomonidan faqat yetkazib berilayotgan moddiy-texnika resurslari uchun haq toʻlashga va obyektlar qurilishida qatnashayotgan subpudrat tashkilotlariga avans berishga sarflanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki bozordan qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalar asosan haq toʻlashning akkreditiv shaklini qoʻllash orqali sotib olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarilgan ishlar uchun, ishlarning amalda bajarilgan bosqichlari va turlarining foiz nisbati hisobga olingan holda, qatʼiy kontrakt narxlari asosida hisob-kitob qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar bajarilgan ishlar hajmi uchun pudrat tashkilotlarining asosiy depozit (hisob-kitob) hisob raqamidan belgilangan tartibda toʻlanadi (maxsus hisob raqamlariga tushgan avans mablagʻlar hisobga olinmaydi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet mablagʻlari va markazlashtirilgan kreditlar hisobiga qurilayotgan obyektlarda bajarilgan, biroq haq toʻlanmagan ishlar boʻyicha soliqlar toʻlanmaganligi uchun hisoblangan penya va jarimalarni undirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi tashkilotlarning rahbarlari markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarni mablagʻ bilan taʼminlashga ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat budjeti mablagʻlari va markazlashtirilgan kreditlar hisobiga respublika investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar qurilishiga avans berish va hisob-kitob qilish tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlar qurilishining ikkinchi yili va keyingi yillariga shartnomaviy narxlarni aniqlash tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudratchilarning tanlov (tender)da qatnashish toʻgʻrisidagi buyurtmanomasida qurilish-montaj ishlari hajmining kamida 50 foizi albatta pudratchilarning oʻz kuchlari bilan bajarilishi, shuningdek buyurtmachi va pudratchining keyinchalik oʻzgartirilmaydigan shartnomaviy narxlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitob qilish toʻgʻrisidagi majburiyatlari mavjud boʻlishiga oid talabni joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachilar pudrat shartnomalarini hamda qurilishlarning aniq roʻyxatlarini tuzishda foydalanishlari uchun, ichki va tashqi bozorlarda qurilish materiallari narxini tahlil qilish asosida, obyektlar qurilishining joriy narxlarda hisoblangan qiymatini aniqlash boʻyicha bir oy muddatda tavsiyalar tayyorlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishga tushirilayotgan quvvatlar birligi qurilish qiymatining mintaqalarning oʻziga xos shart-sharoitlariga qarab tabaqalashtirilgan normativlarini uch oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi qurilish qiymati normativlarini ishlab chiqishga doir ishlarni normativ hujjatlar ishlab chiqishga ajratiladigan budjet mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlashni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2001-yil 1-apreldan boshlab, bir yil muddatga, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarning ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha respublikada ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarning asosiy turlariga narxlar oshishini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi organlarida majburiy asoslashi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S.Azimov va A.N.Isayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 27-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
152-son

Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 27-martdagi 152-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Narxlari moliya organlarida asoslanadigan qurilish materiallari va asbob-uskunalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Suv-gaz oʻtkazish quvurlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Barcha turdagi gʻishtlar, shlak bloklar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Keramik va plastmassa quvurlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻquv mebeli va asbob-uskunalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Transformator kichik stansiyalari, elektr ishga tushirish apparatlari, elektr shchitlar, elektr javonlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Keramzit
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yigʻma temir-beton buyumlar va konstruksiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tabiiy toshdan ishlangan qoplama plitkalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Keramika bezak plitkalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Plastmassa, alyuminiydan tayyorlangan deraza va eshik bloklari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Lok-boʻyoq mahsulotlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Santexnika buyumlari va asbob-uskunalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ohak
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Alebastr
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 6-son, 34-modda)