1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.20.00 Qurilish materiallari sanoati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻoʻzapoyalaridan yogʻoch-payraha qirindi plitalarini ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 4-iyuldagi “Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi F-4668-sonli farmoyishi ijroini taʼminlash, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan, talab yuqori sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan holda gʻoʻzapoyalarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish, shuningdek, respublika hududlarida ilgʻor texnologiyalar asosida import oʻrnini bosuvchi yogʻoch-payraha qirindi plitalar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy korxonalarni barpo etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklarining tanlab olingan, zarur muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasiga ega hamda zamonaviy, yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan mavjud korxonalar negizida gʻoʻzapoyalarni chuqur qayta ishlash va raqobatbardosh yogʻoch-payraha qirindi plitalarini ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga, ularni moliyalashtirishning aniq manbalarini hisobga olgan holda, ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, “Oʻzqurilishmateriallari” AJ “Gʻoʻzapoyalaridan yogʻoch-payraha qirindi plitalar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish” hududiy investitsiya loyihalarini (bundan keyin — investitsiya loyihalari) amalga oshirish uchun bosh masʼul tashkilot hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzqurilishmateriallari” AJga investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishiga (keyingi oʻrinlarda — TIA) doir sifatli texnik topshiriqlarni ishlab chiqish vazifasi yuklatilsin. Bunda zamonaviy energiya tejamkor texnologik liniyalar va uskunalardan foydalanish koʻzda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachilar sifatida — loyiha tashabbuskorlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyiha tashkiloti etib — “Oʻzogʻirsanoatloyiha” aksiyadorlik jamiyatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh pudratchi tashkilot (tashkilotlar)ni — tender oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzqurilishmateriallari” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda parametrlarning yogʻoch-payraha qirindi plitalarni tayyorlashning ilgʻor tajribasini oʻrganish va oʻzlashtirish boʻyicha kompleks tashkiliy-texnik chora-tadbirlar bilan aniq bogʻliqligini taʼminlasin. Bunda har bir texnologik jarayon doirasida mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni hisobga olgan holda ilgʻor resurs va energiya tejaydigan loyiha yechimlarini joriy etishga hamda shu asosda yuqori sifatli, uzoq muddat chidaydigan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda, vakolatli ekspertiza organlari bilan kelishilgan holda, 2016-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asosini tasdiqlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzqurilishmateriallari” AJ gʻoʻzapoyalaridan yogʻoch-payraha qirindi plitalar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun texnologik liniyalar, asbob-uskunalar va butlovchi qismlarni yetkazib beruvchilarni sifatli tanlashni taʼminlasin. Bunda, ilgʻor ishlab chiqaruvchi-yetkazib beruvchilarning eng yaxshi takliflari orasidan, investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslaridagi koʻrsatkichlarga qatʼiy rioya qilgan holda tanlov oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan hamkorlikda yogʻoch-payraha qirindi plitalar ishlab chiqarish uchun gʻoʻza poyalarini tashkil etilgan holda yetkazib berish tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin. Bunda aniq fermer xoʻjaliklarini belgilash va yogʻoch-payraha qirindi plitalar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bilan oʻzaro hisob-kitob qilish mexanizmini shartnoma asosida yaratish koʻzda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzstandart” agentligi “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda ikki oy ichida ishlab chiqarilayotgan yogʻoch-payraha qirindi plitalarga nisbatan yagona texnik talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlash choralarini koʻrsin. Bunda, xalqaro talablarga muvofiq ravishda mahsulotlarning yuqori konstruktiv mustahkamligi va foydalanish xavfsizligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi belgilangan tartibda mahalliylashtirish dasturiga yogʻoch-payraha qirindi plitalar, texnologik uskunalarga asosiy turdagi butlovchi va ehtiyot qismlarni oʻzlashtirish boʻyicha loyihalarni kiritsin hamda keyinchalik ixtisoslashtirilgan mahalliy korxonalar negizida yogʻoch-payraha qirindi plitalar ishlab chiqaruvchi zavodlarning texnologik liniyalarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzqurilishmateriallari” AJ soha xodimlarini, jumladan ishchilar, muhandislar va texniklarni sifatli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishni taʼminlasin. Bunda yogʻoch-payraha qirindi plitalar ishlab chiqarish uchun texnologik uskunalar va mexanizmlarga xizmat koʻrsatishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, ularning ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashi va ixtisoslashgan xorijiy kompaniyalarda maqsadli stajirovkadan oʻtishini tashkil etish koʻzda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Istisno tariqasida, investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga investitsiya loyihalarini bir bosqichli tartibda amalga oshirishga ruxsat berilsin. Bunda texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish, shuningdek, TIA tasdiqlanishidan oldin gʻoʻza poyasidan yogʻoch-payraha qirindi plitalar ishlab chiqarishni tashkil etish doirasida qurilish-montaj va loyihalash ishlarini parallel ravishda olib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Loyiha tashabbuskorlariga xizmat koʻrsatuvchi vakolatli tijorat banklariga tavsiya etilsinki, ular gʻoʻza poyasidan yogʻoch-payraha qirindi plitalar ishlab chiqarish uchun texnologik liniyalarni sotib olish va yetkazib berish boʻyicha xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalarni amalga oshirishni moliyalashtirish maqsadida, xorijiy kredit liniyalari hisobidan chet el valyutasida kreditlar taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari B.I. Zakirovga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 22-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
319-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-sentabrdagi 319-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gʻoʻza poyalaridan yogʻoch-payraha qirindi plitalar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish” mintaqaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish hududlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish