13.09.2016 yildagi PQ-2589-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qa’rini geologik o‘rganish sohasidagi tadqiqotlarni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qa’rini geologik o‘rganish sohasida o‘tkazilayotgan tadqiqotlarning ilmiy saviyasi va samaradorligini tubdan oshirish, ularning respublika mineral-xomashyo bazasini kengaytirishga yo‘naltirilgan amaliy ishlanmalar hamda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish bilan o‘zaro mustahkam aloqasini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qobig‘i geologik tuzilishi va tarkibining chuqur fundamental tadqiqotlarini olib borish, respublika hududining teran yer qa’ri tuzilishini kompleks o‘rganish va shu asosda uch o‘lchovli geologik-geofizik modellarni tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologik tadqiqotlar olib borish dasturlarining nazariy va metodologik asoslarini ishlab chiqish, hududlarning resurs salohiyatini baholash hamda geokimyoviy, geofizik va mineralogik tadqiqotlarning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, geologik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish, shuningdek foydali qazilmalarni qayta ishlashda ilg‘or texnologiyalarni tatbiq qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilma konlarini geologik tahlil etish, prognoz qilish va izlash usullarini takomillashtirishga, geologik va geofizik tadqiqotlar sohasida ilg‘or xorijiy texnologiyalarni aprobatsiya qilish va amaliyotda joriy etishga qaratilgan amaliy tadqiqotlar, ishlanmalar va eksperimentlarni tizimli ravishda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya va geofizika sohasida chet el ilmiy muassasalari va markazlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy konferensiyalar, seminarlar, qo‘shma tadqiqotlar, loyihalar, xodimlarning malaka oshirishi (stajirovka) va o‘qishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya va turdosh tarmoqlar sohasida xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining raisiga, zarur hollarda, Geologiya va geofizika instituti tuzilmasiga xodimlarning umumiy soni doirasida o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Geologiya va geofizika instituti O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Geologiya va geofizika institutining amaldagi shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi, mehnat shartnomalari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari Institut xodimlariga joriy etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish har yillik davlat dasturlari doirasida Davlat geologiya qo‘mitasiga yo‘naltiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar, xo‘jalik faoliyatidan tushumlar, xalqaro tashkilotlar grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar X.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutini moliyalashtirish manbai hisoblanadi.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 07/18/3578/0843-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining qayta tashkil etilayotgan H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti ilmiy va muhandis xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha 2-ilovaga muvofiq tarkibda Komissiya tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya (G‘.I. Ibragimov) bir oy muddatda ilmiy va muhandis xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazsin va uning natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Geologiya va geofizika institutini yuqori malakali mutaxassislar hamda istiqbolli yosh kadrlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Geologiya va geofizika institutining ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geologiya va geofizika instituti Toshkent shahar, Olimlar ko‘chasi, 49-uy manzilida joylashtirilsin, institut binosini rekonstruksiya qilish hamda uni va institutga biriktirilgan boshqa obyektlarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda institutning ilmiy-texnikaviy loyihalari, konstruktor-texnologik ishlanmalari, uskunalari va boshqa mol-mulkining talab mavjudligini va keyinchalik amalga oshirish va foydalanish maqsadga muvofiqligini aniqlash uchun ularni tanqidiy tahlil qilib, to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda geologiya va geofizika institutining 2017 — 2019-yillarga mo‘ljallangan istiqbolli tadqiqotlar dasturini tasdiqlasin va bunda Yer to‘g‘risida jahon ilm-fanining hozirgi zamon darajasiga erishishga alohida e’tibor qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahar, Olimlar ko‘chasi, 49-uyda joylashgan binoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika institutining boshqa obyektlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga operativ boshqarish huquqi bilan topshirishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Geologiya va geofizika instituti Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 13-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2589-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-sentabrdagi PQ-2589-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Direktor



Ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Umumiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari


Litosfera tuzilishi bo‘limi

11

Rudalar hosil bo‘lishi jarayonlarini o‘rganish bo‘limi

11

Buxgalteriya

3


Kanselyariya

1


Litologiya va cho‘kma jinslarni tahlil qilish bo‘limi

7

Geofizika laboratoriyasi

9

Kadrlar bo‘limi

1


Geologiya arxivi

1


Geologik tuzilish va jarayonlarni kompyuterda modellashtirish laboratoriyasi

4

Birinchi bo‘lim

1


Glyatsial geologiya bo‘limi

3


Geologiya muzeyi

2


Yuriskonsult

1


Geodinamika va geotektonika bo‘limi

6


Geotyexnologiyalar, tadqiqotlarning fizik va kimyoviy usullari laboratoriyasi

10


Ko‘kterak tajriba poligoni


Chotqol tajriba poligoni

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning cheklangan umumiy soni (yordamchi xodimlarni hisoblamaganda) 74 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 6 nafar, ilmiy xodimlar — 62 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi xodimlar soni hujjatlarida belgilangan me’yorlar bo‘yicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-sentabrdagi PQ-2589-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geologiya va geofizika instituti xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

G‘.I. Ibragimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, komissiya raisi

I.B. Turamuratov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi, komissiya raisi o‘rinbosari

Sh.N. Fayzullayev

iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari

O.R. Parpiyev

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi ijrochi direktori

M.M. Mirzayev

moliya vaziri o‘rinbosari

B.M. Nizomov

mehnat vaziri o‘rinbosari

B.S. Rudnev

“Navoiy KMK” DK bosh geologi

U.S. Orudjev

“Olmaliq KMK” AJ tog‘-kon ishlari bo‘yicha bosh muhandisining tog‘-kon ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

B.F. Islamov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining Mineral resurslar ilmiy-tadqiqot instituti direktori

B.D. Abdullayev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti direktori

R.M. Mamadaliyev

Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari bo‘yicha ATD mudiri, komissiya kotibi

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 38-son, 443-modda)